O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining asosiy mundarijasi

0

O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining asosiy mundarijasi. Ўзбекистон республикаси конституциясининг асосий мундарижаси. Узбекистон республикаси конституциясининг асосий мундарижаси.


Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni bo’lib, konstitutsiyaviy tuzum, davlat va jamiyat qurilishi asoslarini belgilab beradi; qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari tashkillashtirilishini tartibga solib turadi; saylov tizimini belgilaydi; fuqarolarning huquq va erkinliklarini, davlat ramzlarini mustahkamlab qo’yadi; Konstitutsiyaga o’zgartirishlar kiritish tartibini belgilaydi.

Konstitutsiya xususiy mulk va bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi ijtimoiy-siyosiy tizim poydevorini qurib berdi. Xususiy mulk mulkchilikning boshqa shakllari qatorida davlat muhofazasi ostidadir.

Konstitutsiyada mafkuraviy xilma-xillik, ko’ppartiyaviylik, ya’ni biror muhim muammoni hal etish bo’yicha fikrlar xilma-xilligi ko’zda tutiladigan siyosiy plyuralizm mustahkamlab qo’yilgan.

Konstitutsiya davlatni emas, balki insonni birinchi o’ringa qo’ydi. Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyatlar deb e’lon qilindi.

Konstitutsiya, shuningdek, fuqaro va davlatni o’zaro huquqlar va burchlar bilan bog’lovchi prinsipni ham mustahkamlab qo’ydi.


Batafsil >> 2-§. O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi mundarijasi va tavsifi

Previous articleO’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining qabul qilinishi
Next articleKonstitutsiya Muqaddima: maqsad va vazifalari