O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari

0

O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari. Узбекистон / Ўзбекистон Республикасининг давлат рамзлари


O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, o‘z qiyofasini xalqaro me’yorlar asosida namoyon qilishi lozim edi. Davlatning qiyofasi esa uning ramzlarida aks etadi. Ramzlar davlatning, xalqning o‘ziga xos jihatlarini ifodalov- chi timsollar bo‘lib, davlatni xalqaro miqyosda tanitadi. Uning mustaqil ekanligini namoyish etadi. Davlatlarni bir-biridan farqlantirib turadi. Xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bolganligini anglatadi. O‘zida xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini, orzu-maqsadlarini aks ettiradi. Shuning uchun O‘zbekiston ham qisqa vaqt ichida o‘z davlat ramzlarini qabul qilishga kirishdi.

E’tibor bering!

O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 5-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i

Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i 1991-yilning 18-noyabrida, Davlat gerbi 1992-yil 2-iyulda, Davlat madhiyasi esa 1992-yil 10-dekabrda tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi

Siz davlatimiz ramzlarining mazmunini ularda aks etgan har bir tasvirning qanday ma’noni anglatishini «Konstitutsiya olamiga sayohat» darslarida bilib olgansiz.


Batafsil >> O‘zbekiston mustaqilligining qo‘lga kiritilishi

Previous articleO‘zbekistonning birinchi Prezidenti
Next articleQoraqalpog‘iston Respublikasi – Қорақалпоғистон Республикаси