Odam organlari sistemasi

0

Odam organlari sistemasi. Одам органлари системаси.


Avvalgi darslarda o’rganganimizdek, har qanday tirik organizm hujayralardan tashkil topgan. Bir xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig’indisi to’qimani hosil qiladi.

Bir nechta to’qimalar birlashib organni, organlar esa organlar sistemasini hosil qiladi. Organlar sis- temasi birgalikda yaxlit organizmni hosil qiladi. Masalan, odamda ham hujayralar yig’indisidan iborat biriktiruvchi to’qima, muskul va epiteliy to’qimalari birlashib, qon tomir devorini va yurakni hosil qiladi. Yurak, kapillyarlar, vena va arteriya qon tomirlari qon aylanish sistemasini tashkil qiladi (71-rasm).

71-rasm. Hujayra, to’qima, organ, organlar sistemasi
71-rasm. Hujayra, to’qima, organ, organlar sistemasi

Odamda quyidagi organlar sistemasi mavjud.


Tayanch-harakatlanish sistemasi

1. Tayanch-harakatlanish sistemasi skelet va muskullardan tashkil topgan (73-rasmga qarang, 1,4). Skelet bosh, tana, qo’l va oyoq suyaklaridan iborat. Miya qutisi bosh miyani, ko’krak qafasi o’pka va yurakni himoya qiladi. Suyakning ko’mik qismida qonning shaklli elementlari hosil bo’ladi. Organizm harakatini skelet mus- kullari amalga oshiradi. Skelet muskullari odam ixtiyoriga bog’liq holda ishlaydi. Yelkadagi ikki boshli muskulning qisqarishi va uch boshli muskulning bo’shashishi natijasida qo’limizni bilakdan buka olamiz. Yelkadagi ikki boshli muskulning bo’shashishi, uch boshli muskulning qisqarishi natijasida esa bilak yoziladi (72-rasm).

72-rasm. Yelka muskullarining harakati tufayli bilakni bukish va yozish
72-rasm. Yelka muskullarining harakati tufayli bilakni bukish va yozish

Qon aylanish sistemasi

2. Qon aylanish sistemasi. Odamda 4 kamerali yurak na- sos singari butun tanaga qonni haydab beradi. Qon tomirlar 3 xil bo’ladi: arteriya – yurakdan chiquvchi qon tomir, vena – yurak- ka kiruvchi qon tomir, kapillyar – to’qimalar orasida joylashgan mayda qon tomirlar.

Odamda qon aylanish sistemasi yopiq, ya’ni qon tomirlardan tashqariga chiqmaydi. Ikkita qon aylanish doirasi mavjud: katta qon aylanish doirasi va kichik qon aylanish doirasi (73-rasm, 2).


Ovqat hazm qilish sistemasi

3. Ovqat hazm qilish sistemasi. Ovqat hazm qilish og’iz bo’shlig’idan boshlanadi. Og’iz bo’shlig’ida ovqatni maydalashga yordam beradigan tish, til joylashgan va so’lak bezlarining yo’li ochilgan. Hazm sistemasiga og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngach, oshqozon, ichak kiradi (73-rasm, 3).


Nerv sistemasi

4. Nerv sistemasi. Markaziy va pereferik qismga bo’linadi. Markaziy nerv sistemasiga bosh miya va orqa miya kiradi. Bosh miya miya qutisida, orqa miya umurtqa pog’onasi kanalida joy- lashgan.

Bosh va orqa miyadan chiquvchi nervlar va ichki organlardagi nerv tugunlari yig’indisi pereferik nerv sistemasini hosil qiladi. Organizmni boshqarishda nerv sistemasi katta ahamiyatga ega (73-rasm, 5).

73-rasm. Odam organlari sistemasi. 1-skelet; 2-qon aylanish sistemasi; 3-ovqat hazm qilish sistemasi; 4-muskul; 5-nerv sistemasi; 6-nafas olish sistemasi; 7- limfa sistemasi
73-rasm. Odam organlari sistemasi. 1-skelet; 2-qon aylanish sistemasi; 3-ovqat hazm qilish sistemasi; 4-muskul; 5-nerv sistemasi; 6-nafas olish sistemasi; 7- limfa sistemasi

Nafas olish sistemasi

5. Nafas olish sistemasi burun bo’shlig’i, halqum, traxeya, bronx, alveola va o’pkadan iborat (73-rasm, 6). Nafas yo’llarida havo ilib, mikroblardan tozalanib o’tadi. O’pka alveolalari va kapillyar orasida gazlar almashinuvi sodir bo’ladi. Odam nafas olganda kislorod yutib, karbonat angidrid chiqaradi. O’quvchilar ko’pchilik bo’lib yopiq xonada uzoq vaqt o’tirsa, kislorod yetish- masligi tufayli boshi og’riydi. Shu sababli, sinf xonalaridagi havo tez-tez almashtirib turiladi.


Limfa sistemasiga

6. Limfa sistemasiga limfa tugunlari, limfa tomirlari, limfa su- yuqligi va taloq kiradi. Ular organizmning immunitetini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Limfa sistemasi ochiq bo’lib, to’qima va organlardan boshlanadi. Limfa organizmdagi ortiqcha suyuqlik va zararli mahsulotlarni to’qimadan olib ketadi. Limfa suyuqligi organ- lar oralig’ida joylashgan limfa tugunlaridan o’tib filtrlanadi. Limfa tugunlari bakteriya va viruslarni ushlab qoladi va zararsizlantirib beradi. Taloqda limfa sistemasining hujayralari – limfotsitlar hosil bo’ladi (73-rasm, 7).


Endokrin sistema

7. Endokrin sistema ichki sekretsiya bezlaridan iborat. Or- ganizmni gumoral boshqarishda ishtirok etadi. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon, ayrisimon, buyrak usti bezl ari kiradi. Ular qonga ishlab chiqaradigan suyuqlik gormon deyiladi. Gormon biologik faol modda bo’lib, juda oz miqdorda ham moddalar almashinuviga ta’sir ko’rsatadi.

Masalan, buyrak usti bezidan ajraladigan adrenalin gormoni qo’rquv vaqtida ko’p ajraladi. Natijada himoya refleksi ishga tushadi. Deylik oldingiz- dan katta it chiqib qoldi. Yuragingiz to’xtab qolgandek bo’ladi, keyin birdan orqaga qaramay qochasiz, har qanday to’siqdan ham bir zumda o’tib ketasiz. Bunday javob reaksiyasi adrenalin gormoni hisobiga sodir bo’ladi.

Barcha organlar sistemasi o’z funksiyasini to’liq bajarganda- gina organizm sog’lom bo’ladi. Biror organ yoki organlar sis- temasining ishdan chiqishi qolgan organlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.


  • arteriya
  • vena
  • kapillyar
  • endokrin sistema
  • gormon

Savollar

  1. Qaysi organlar qon aylanish sistemasini hosil qiladi?
  2. Nafas olish sistemasiga qaysi organlar kiradi?
  3. Ikki boshli muskulning qisqarishi, uch boshli muskulning bo’shashi natijasida qanday o’zgarish sodir bo’ladi?
  4. Umurtqa pog’onasi kanalida qaysi organ joylashgan?
  5. Limfa tuguni qanday vazifani bajaradi?
  6. Adrenalin organizmga qanday ta’sir ko’rsatadi?
Previous articleSutemizuvchilar sinfi – Сутэмизувчилар синфи
Next articleShakli o‘zgargan yerosti novdalar