Шакли ўзгарган ерости новдалар.
Shakli o‘zgargan yerosti novdalar muhim biologik ahami yatga ega. Ular o‘simliklarni noqulay tashqi muhitdan saqlaydi, o‘zida ko‘p miqdorda oziq moddalar to‘playdi va ular vegetativ yo‘l bilan ko‘payishi uchun xizmat qiladi.
Shakli o‘zgargan yerosti novdalar tuproq orasida shakllanadi va ularda novdalardagi singari kurtaklar hosil bo‘ladi. Bunday novdalarga piyozbosh, tugunak va ildizpoyalar kiradi.
O‘simliklar bargida boradigan murakkab biologik jarayonlar natijasida organik (oziq) moddalar hosil bo‘ladi va ular turli organlarda to‘planadi. Bu moddalar o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun sarfl anadi. Oziq moddalar, asosan, o‘simliklarning yerusti va yerostidagi organlarida to‘planadi. Odatda, bunday organlar o‘ziga xos shaklda bo‘ladi. Shakli o‘zgargan yerosti novdali o‘simliklarga bosh piyoz, sarimsoq piyoz, anzur piyoz, lola va boychechak kabilar kiradi.
Tuproq orasida piyoz hosil qiladigan o‘simliklar piyozboshli o‘simlik deyiladi.
Bosh piyozning piyozini hammamiz yaxshi bilamiz. U kurtak singari, tashqi tomondan quruq qobiq bilan o‘ralgan. Bu qobiq uni yozda issiqdan va qishda sovuqdan saqlaydi. Agar u uzunasiga kesib qaralsa, tubida qisqargan kalta poyacha borligini ko‘rish mumkin. Piyozning tubidagi kalta poyacha asosidan pastga qarab qo‘shimcha mayda ildizlar, yuqoriga qarab esa seret barglar, gulbandlar o‘sib chiqadi, ular o‘rtasida esa kurtaklar joylashadi. Piyozning ana shu seret barglari shakli o‘zgargan barglar bo‘lib, ularning hujayralarida oziq moddalar to‘planadi. Vaqt o‘tishi bilan gulb andning uchida to‘pgul paydo bo‘ladi. Demak, piyozbosh shakli o‘zgargan yerosti novdadir.
Ekiladigan piyoz inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Uning tarkibida shakar, darmondori va kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarni yo‘qotuvchi moddalar ko‘p. Shu tufayli u ko‘p iste’mol qilinadi va undan turli taomlar tayyorlashda foydalaniladi.
O‘rta Osiyoda, xususan, O‘zbekistonning tog‘li rayonlarida yovvoyi piyozning juda ko‘p turi o‘sadi. Ulardan ayrimlari O‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»iga kiritilgan. Ekma piyoz navla ri ana shu yovvoyi piyozlardan kelib chiqqan. Shuning uchun tabiat qo‘yniga chiqqanda muhofazaga olingan piyoz boshli o‘simliklarni ehtiyot qilishni unutmang.
Yuqorida qayd qilingan lola kabi o‘simliklar ham pi yozlarga o‘xshab tuzilgan (42-rasm).
![42-rasm. Kesib ko‘rsatilgan bosh piyoz:1–tubi; 2–kurtaklari; 3–sersuv barglar; 4–quruq qobiqlari; 5–qo‘shimcha ildizlar.](https://talaba.su/chandrasona/2023/03/42-rasm.-kesib-ko-rsatilgan-bosh-piyoz.jpg)
1–tubi; 2–kurtaklari; 3–sersuv barglar; 4–quruq qobiqlari; 5–qo‘shimcha ildizlar.
Shunday qilib, bosh piyoz shakl i o‘zgargan yerosti novd adan iborat. Unda kurtaklar joyl ashadi, oziq moddalar to‘p lanadi va u vegetativ yo‘l bilan ko‘payish uchun xizmat qiladi.
- Shakli o‘zgargan yerosti novda deb nimaga aytiladi?
- Piyozboshli o‘simliklarning qaysi organlarida oziq moddalar to‘planadi?
- Piyozboshi qanday qismlardan tashkil topgan?
- Piyoz inson hayotida qanday ahamiyatga ega?
- Piyozboshli o‘simliklardan qaysilarini bilasiz?