O’simliklar poyasi ular qaysi sistematik birlikka kirishi (tuban va yuksak, bir va ikki urug’pallali) va qaysi hayotiy shaklda (bir yillik o’t, buta yoki daraxt) bo’lishiga qarab tur- licha tuzilgan bo’ladi (38-rasm).
Daraxtlar tanasining tuzilishi bir yillik o’t o’simliklar poyasining tuzilishidan tubdan farq qiladi. Daraxtlarning ta- nasi qanday qismlardan tuzilganligini bilish uchun quyida tut daraxtining yosh poyasi ichki tuzilishi bilan tanishamiz.
Poyaning yuzasi bir qavat huj ayralardan tashkil topgan epiderma bilan qoplangan. Epiderma ostida ko’p qavatli tirik hujayralardan hosil bo’lgan po’st parenximasi (asosiy to’qima) joylashgan.
Po’st ostidagi qavat lub – (floema), undan ichkarida kambiy, kambiydan keyin esayog’ochlik (ksilema), uning o’rtasidao’zak joylashgan (38-rasm).
Yozning ikkinchi yarmida tut poyasi po’stining sirtida qo’ng’ir rangli yasmiqchalar hosil bo’ladi. Poya ichidagi tirik hujayralar ana shu yasmiqchalar orqali nafas oladi.
Po’st asta-sekin po’kaklasha boradi va po’stloq hosil qiladi. Po’kak qalinlashgan sari po’stloqdagi tirik hujayralar kamaya boradi.
Tanada va eski shoxlarda po’stloq qavati qalin bo’ladi. Qalin po’stloq ichkaridagi tirik hujayralarni qishki sovuqdan, yozgi issiqdan va turli zararli kaisalliklar ta’siridan himoya qiladi.
Tut novdasining po’stlog’i egiluvchan va pishiq bo’ladi. Uning pishiqligi lub tolalariga bog’liq. Bu tolalar ham- ma o’simliklarda ham bir xil rivojlangan bo’lmaydi. Tut daraxtida lub tolalari juda ko’p.
Lub tolalari kanop, zig’ir poyasida yaxshi rivojlangan bo’lib, ulardan ip tayyorlanadi, arqon, qop, gazlama to’qishda foydalaniladi. Lub tolalari orasida teshikli to’siqlar bilan bo’lingan cho’ziq, ingichka naychalar bo’ladi. Ular elaksimon naychalar deyiladi. Bu naychalar orqali barglardan o’simlikning boshqa organlariga organik moddalar o’tadi. Po’stloq shilib olinsa, novdaning yog’ochlashgan oq rangli qismi qoladi. O’sim I iklarning yog’ochlashgan bu qismi ularning turiga qarab qattiq (qayrag’och, zarang, saksovul, yulg’un, yong’oq, eman, o’rik), yumshoq (tol, terak, jiyda), og’ir va yengil bo’ladi. Yog’ochi qattiq daraxtlardan mebel va boshqa uy-ro’zg’or buyumlari tayyorlashda foydalaniladi.
Yog ‘ochlik qavati shakli, o’lchami har xil bo’lgan hujayralardan tashkil topgan. Yog’ochlikda uzun naylar bo’lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o’simlikning barcha organlariga tarqaladi.
Novdadan ajratib olingan po’stloqning ichki silliq, nam va yopishqoq qismida hujayra shirasi (sitoplazma) bo’ladi. Po’stloq bilan yog’ochlik orasidagi yosh, nozik hujayralar kambiy qavatini hosil qiladi. Mikroskopda ko’rinadigan bu hujayralar doimo bo’linib (ko’payib) turadi. Poya ana shu hujayralar hisobiga eniga o’sadi. Agar yog’ochlik ko’ndalangiga kesib qaralsa, uning markaziy qismida joylashgan o’zakni ko’rish mumkin.
Ayrim daraxtlarning o’zagi bo’sh, yumshoq yoki chirigan bo’ladi. Ba’zan esa daraxt tanasining ichi kovak bo’lib qola- di. Yosh novdalarning o’zak hujayralari tirik bo’ladi. Ularda, odatda organik moddalar to’planadi.
Xulosa qilib aytganda, poya ichki tuzilishiga ko’ra po’st yoki po’kak, lub, kambiy, yog’ochlik va o’zakdan iborat.
- Poyaning ichki tuzilishi qanday qismlardan tashkil topgan?
- Po’ stl oq o’ si ml i kl ar uchun qanday ahami yatga ega?
- Novdal ar ni ma uchun pishiq vaegil uvchan bo’ I adi ?
- Lub tolalari va o’simlikning yog’ochlashgan qismidan xalq xo’jaligida qanday maqsadlarda foydalaniladi?
- Kambiy qavat o’simlikning qaysi qismida hosil bo’ladi?
- Poya eniga o’sadimi? Nima uchun?