Qadimgi odamlarning turmush tarzi

0

Qadimgi odamlarning mehnat qurollari

Qadimgi odamlar toshga ishlov berib uni mehnat quroliga aylantirganlar. Ishlov berilib, bodom shaklida yasalgan va foydalanilgan tosh qurolning uzunligi 10–20 santimetrni tashkil etgan. Og‘irligi esa besh yuz grammdan bir kilogrammgacha bo‘lgan. Bu dastlabki mehnat qurolining ikki tomoni boshqa tosh bilan tarashlangan.

Toshdan va tayoqdan yasalgan mehnat qurollari

Undan biror narsani urish, kesish, o‘yish va ko‘zlangan masofaga irg‘itish quroli sifatida foydalanilgan. Qadimgi odamlar o‘z mehnatlarini yengillashtirish maqsadida  mehnat qurollarini yanada takomillashtirib borganlar. Masalan, sinantroplar oldingi ajdodlariga qaraganda qirralari o‘tkirroq uchli  hamda ushlash uchun undan ham qulayroq qurollar yarata olganlar. Bu qurollardan foydalanish ancha qulay bo‘lgan.

Neandertal odami toshdan uchi yanada uchqurroq ish qurolini yaratgan. Suyakdan esa kundalik hayotiy ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan turli xildagi o‘tkir uchli mayda mehnat qurollari yaratgan. Kromanyon odami toshdan pichoq, nayza, turli xil keskich, qirg‘ich, bigiz, suyakdan esa igna, qarmoq, sanchqi yaratgan. Suyakdan igna yasab tikishni kashf etdi. Sun’iy olov hosil qilishni o‘rganib oldi. Keyinchalik o‘q-yoy ixtiro qildi. Bu insoniyat tarixidagi yirik ixtiro edi. Ayni paytda odamlarning itni qo‘lga aylantira borishi natijasida chorvachilik vujudga keldi.

Bora-bora odamlar kulolchilikni o‘rgandilar va o‘rgatishi, kundalik iste’moldan ortiqcha hayvon ovlana boshlagach esa yovvoyi hayvonlarni uy hayvonlariga o‘zlarining kuzatuvchanliklari bois tabiatda uchraydigan mis, qalay va qo‘rg‘oshindan mehnat qurollari tayyorlay boshladilar. Keyinchalik metallar aralashmasidan tayyorlangan bronza (jez)ni ixtiro qilishgan. Shuningdek, g‘ildirakli arava, o‘ziga xos qo‘l tegirmoni, charxpalak ixtiro qilingan. Vaqtlar o‘tishi bilan inson temir uchli omoch, temir bolta va boshqa muhim mehnat qurollari yaratadi. Bu esa dehqonchilikning rivojlanishiga yordam beradi.

Qadimgi odamlarning mashg‘ulotlari

Qadimgi odamlar dastlab qo‘llaridagi oddiy mehnat qurollari  (tosh va tayoq) yordamida tabiatdagi tayyor mahsulotlar bilan hayot kechirishgan. Uchi o‘tkirlashtirilgan tosh yordamida mayda-mayda hayvonlarni ovlaganlar. Uchi o‘tkirlashgan tayoq yordamida esa turli o‘simliklarning ildizlarini kovlab olganlar. Uzun tayoqlar yordamida daraxtlarning mevalarini qoqib yeyishgan. Shu tariqa, terib-termachilab oziq-ovqat topish va ov qilish odamlarning eng qadimgi mashg‘uloti bo‘lib qolgan.

Terib-termachilab oziq-ovqat topish va ovchilik o‘zlashtiruvchi xo‘jalik deb ataladi.

O‘zlashtiruvchi xo‘jalik orqali hayot kechirish juda uzoq yillar davom etdi.

Ovlangan hayvonlarning iste’moldan ortiqchasini asrab uy hayvoniga aylantirish chorvachilikning vujudga kelishiga zamin tayyorladi. Odamlar bora-bora o‘troq hayotga o‘ta boshladilar.

Bu esa dehqonchilik va chorvachilikning yanada  rivojlanishiga olib keldi. Termachilikdan dehqonchilik, ovchilik va hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishdan esa chorvachilik, ya’ni ishlab chiqaruvchi xo‘jalik vujudga keldi.

Odamlarning bir joyda doimiy yashashlariga o‘troq hayot deyiladi.

O‘troq hayotning asosini dehqonchilik tashkil etadi.

Hunarmand

Odamlar endi o‘z hayotlari uchun zarur mahsulotlarni o‘zlari ishlab chiqaradigan bo‘ldilar. Turli uy-ro‘zg‘or buyumlariga ehtiyoj seza boshladilar. Bu esa hunarmandchilikni vujudga keltirdi.

Vaqtlar o‘tishi bilan ayrim odamlar, asosan, dehqonchilik bilan, ayrimlari esa chorvachilik yoki hunarmandchilik bilan shug‘ullana. boshladilar. Bu hodisa insoniyat taraqqiyotini yanada tezlashtirdi.

Qadimgi odamlarning yashash joylari

Qadimgi odamlar dastlab ulkan daraxtlarning kovaklarida va g‘orlarda yashaganlar. G‘orlar odamlarni yomg‘ir, shamol va sovuqdan saqlagan.

Qadimgi odamlarning uy-joyi

Kechalari dahshatli yirtqich hayvonlar hujumidan saqlanish uchun g‘orga kiraverishda gulxan yoqib qo‘yilgan.

G‘orlar yo‘q joylarda esa odamlar dastlab yarim  yerto‘la qurishdi. Uning ustini tuproq bilan bekitdilar.

U qish paytida eng sodda boshpana vazifasini bajardi. Iqlim isishi bilan kichik daryo bo‘ylari va buloqlarning yonlarida suyaklardan, mamontlarning qoziq tishlaridan va xodalardan sodda kulbalar qurishgan.

Previous articleEng qadimgi odamlar va ularning manzilgohlari
Next articleFizika taraqqiyoti tarixidan ma’lumotlar