Jismlarning mexanik harakati. Trayektoriya

0

Jismlarning mexanik harakati. Trayektoriya. Жисмларнинг механик ҳаракати. Траектория.


Siz fizika darsida o‘qituvchingiz berayotgan saboqni tinglab o‘tiribsiz. Bundan oldin uyingizdan chiqib maktabga kelgansiz. Siz o‘tirgan stol, maktab binosi esa joyida turibdi. Derazadan qarasangiz o‘tib ketayotgan kishilarni, avtomobillarni ko‘rasiz. Ularga qarab ayrimlarini harakatda, ayrimlarini harakatsiz, degan xulosa chiqarasiz. Bunday xulosani chiqarishda biz nimalarga e’tibor berdik?

Har bir narsa yoki predmet berilgan vaqtda ma’lum bir joyda bo‘ladi. Masalan, sinfda siz o‘tirgan parta eshikdan 3 m uzoqlikda joylashgan. O‘qituvchi esa sizdan 2 m uzoqlikda o‘tiribdi. O‘qituvchi o‘rnidan turib doska oldiga bordi. Endi u sizdan 2,5 m uzoqlikda. Demak, o‘qituvching izning sinfda turgan o‘rni vaqt o‘tishi bilan o‘zgardi. Xuddi shunday mashinalarning ham sizga nisbatan o‘rni vaqt o‘tishi bilan o‘zgarganligi tufayli ularni harakatda degan xulosaga borasiz. Sinf devorining o‘rni esa o‘zgarmaydi. Bu harakatlarning hammasini mexanik harakat deb ataymiz.

  Mexanik harakat deb, jismlarning vaqt o‘tishi bilan fazoda joylashgan o‘rnining boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishiga aytiladi.

Bu yerda biz boshqa jismlar deganda daraxtni, binoni, poyezd vagoni o‘rindig‘ini va h.k.larni tushunamiz. Jismning turgan o‘rni mana shu tanlan gan jismga nisbatan vaqt davomida qaralganligidan uni sanoq jismi deb ataymiz. Tanlangan sanoq jismi bir jismga nisbatan harakatsiz bo‘lsa, boshqa jismga nisbatan harakatda bo‘lishi mumkin. Masalan, sanoq jism sifatida Toshkentd an Samarqandga borayotgan poyezdni olsak, unda odam poyezd vagoniga nisbatan harakatsiz bo‘ladi. Lekin vagonning o‘zi yerga nisbatan harakatda. Shu sababli jismlarning harakatini o‘rganishda, albatta, sanoq jismi tanlanishi kerak.

Jismlar harakatlanganda fazoda iz qoldiradi. Bu izlar ko‘zga ko‘rinishi yoki ko‘rinmasligi mumkin. Ko‘rinishi yoki ko‘rinmasligidan qat’i nazar shu izga trayektoriya deyiladi.

Dalada yurgan avtomobil, traktor yoki osmonda uchayotgan samolyot qoldirgan izlar bunga misol bo‘la oladi.

Trayektoriyaning shakliga qarab harakat togri chiziqli yoki egri chiziqli bo‘ladi.

Avtomobil g‘ildiragining o‘qi B yerga nisbatan to‘g‘ri chiziqli, gardishidagi A nuqta g‘ildirak o‘qi B ga nisbatan egri chiziqli harakatda bo‘ladi (21-rasm). Stadionda yugurayotgan sportchining trayektoriyasi 1 va 2 oraliqda egri, 3 va 4 oraliqda to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi (22-rasm).

21-rasm
22-rasm

Trayektoriyaning shakli qaralayotgan sanoq jismiga nisbatan turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, Oyning Yerga nisbatan harakati aylana shaklida bo‘lsa, Quyoshga nisbatan murakkab shaklda bo‘ladi. Chunki Yer Oy bilan birgalikda Quyosh atrofida harakatlanadi. Xuddi shunday avtomobil dvigatelida sovituvchi parrak uchining harakat trayektoriyasi dvigatelga nisbatan aylanadan iborat bo‘lsa, yerga nisbatan vintsimon bo‘ladi.

Harakatlanayotgan jismni har doim ham rasmda ifodalash noqulay. Shunga ko‘ra, trayektoriya uzunligi jism o‘lchamla ridan juda katta bo‘lgan hollarda jismni moddiy nuqta deb qaraladi. Masalan, Toshkentd an Buxoroga qarab uchayotgan samolyotni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Lekin ko‘prikdan o‘tayotgan poyezdni moddiy nuqta deb qarab bo‘lmaydi. Moddiy deyil ishiga sabab o‘lchamlari hisobga olinmasa-da, uning massasi, tezligi va boshqa fizik kattaliklari mavjudl igicha qoladi.


  1. Mexanik harakat deb nimaga aytiladi?
  2. Sanoq jismi deganda nimani tushunasiz?
  3. Yozayotganingizda ruchkangizning uchi qanday harakatda bo‘ladi?
  4. Harakatlanayotgan jismlarni moddiy nuqta deb qarash mumkin bo‘lgan hollar uchun misollar keltiring.
Previous articleMexanik hodisalar haqida dastlabki ma’lumotlar
Next articleTrayektoriya nima? Траектория нима?