Undosh tovushlar – Ундош товушлар

0

O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ining ma’lum bir joyida yoki bo‘g‘izda to‘siqqa uchrashidan hosil bo‘lgan tovushlar undosh tovushlar sanaladi.

Tilimizda quyidagi 24 ta undosh tovush bor: b, v, g, d, z, j, dj, y, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g, h, ng.

348-mashq. Nuqtalar o‘rniga tegishli undosh tovushni qo‘yib, so‘zlarni daftaringizga ko‘chirib yozing va ularga izoh bering.

Odo…, farzan…, …arq, mi…bar, ma…sad, ozo…, obo…, to‘…son, dori…ona, ayti… keldi, …alq.

349-mashq. Tarkibida bir xil undoshlar qatnashgan dada, bobo, jajji kabi so‘zlarga misol toping.


Savol va topshiriqlar

  1. Undosh tovush deb qanday tovushlarga aytiladi?
  2. Tilimizda nechta undosh tovush bor?
  3. To‘rtta so‘z yozing va bu so‘zlarda ishtirok etgan unli hamda undoshtovushlarni aniqlang.
Previous articleUnli tovushlar – Унли товушлар
Next articleNutq a’zolari – Нутқ аъзолари