O’g’itlar (Ugitlar, Ogitlar)

0

O’simliklar yaxshi o’sishi, mo’l hosil berishi va uzoq yil yashashi uchun tuproqqa o’g’it solish kerak. O’g’it tarkibida turli mineral tuzlar, mikroelementlar va boshqalar bo’ladi. O’simliklar tuproqdan o’zi uchun kerakli tuzlarni oladi. Agar kerakli mineral tuzlar yetishmasa, ularda ichki va tashqi o’zga- rishlar sodir bo’lishi yoki ular qurib qolishi mumkin.

O’simliklarning mineral tuzlarga bo’lgan ehtiyojini aniq- lashga doir ko’pgina ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Natijada, ularda qaysi tuz yetishmasligi sababli, qanday o’zgarishlar sodir bo’lishi aniqlangan.

O’g’itlar, asosan, ikki gu- ruhga bo’linadi. Birinchi- si, hammamizga ma’lum bo’lgan organik o’ g’ itlar, ya’ni go’ng. Ular tuproqda chirib, uning holatini yax- shilaydi va hosil dorligini oshiradi, o’simliklar uchun zarur bo’lgan moddalarni. hosil qiladi. Ikkinchisi – mineral o’g’itlar. Bu o’g’itlar kimyo zavodlarida maxsus tayyorlanadi. O’zbekistonda Na- voiy, Chirchiq va boshqa joylarda mineral o’g’itlar ishlab chiqaradigan zavodlar bor. Mineral o’g’itlar har xil bo’ladi. Ular azotli (selitra), fosforli va kaliyli o’g’itlardir (34-rasm).

34-rasm. Mineral o’g’itlar
34-rasm. Mineral o’g’itlar

Ular o’simliklarga har xil ta’sir qiladi. Masalan, azotli o’g’it I ar o’simliklarning o’sishini tezI ashtirsa, fosforli va kaliyli o’g’itlar mo’l hosil to’planishiga va uning tez pishib y etilishiga yordam beradi. Qisqa qilib aytganda, o’g’itlar mo’l hosil garovidir. Lekin o’g’it solishda uning me’yoriga qat’iy rioya qilish zarur. Agar tuproqqa mineral o’g’itlar me’yoridan ortiqcha solinsa, uning ekologik holati yomonlashadi. Chu- nonchi, me’yoridan ortiqcha solingan o’g’it tuproqdagi tirik mavjudotlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi va uning tarkibini bu- zadi. Eng muhimi, ko’p miqdorda mineral o’g’it solingan yer- da yetishtirilgan hosil (qovun, tarvuz, kartoshka va boshqaiar) tez buziladi, uni iste’mol qilgan odam zaharlanishi mumkin.

Demak, me’yorida ishlatilgan o’g’itlar tuproqning holatini yaxshilaydi va o’simliklarning hosildorligini oshiradi.


  1. T uproqqa nima uchun o’g’it solinadi?
  2. O’g’itlar necha xil bo’ladi?
  3. Agar o’ si ml i kl arga zarur mi neral tuzl ar yeti shmasa, ul arda qanday o’ zgari shl ar sodi r bo’ I adi ?
  4. Eki nga orti qcha mi neral o’ g’ i t sol i sh qanday sal bi у oqibatlarga olib keladi?
Previous articleIldizning tuproqdan. Suv va mineral moddalarni shimishi
Next articlePoya. Novda