Odamzod uzoq-uzoq davrlardayoq osmonga parvoz qilishni orzu qilgan. XIX asrning oxiri – XX asr boshlariga kelib odamning bu orzusi ushaldi.

Rus olimi Aleksandr Fyodorovich Mojayskiy 1885-yilda ikkita bug‘dvigateli o‘rnatilgan birinchi samolyotni yaratdi.
Samolyot (ruscha so‘z – sam – o‘zim, letat – uchmoq) – o‘zi uchadigan, havodan og‘ir, uchuvchi mashina.
Olimlar va konstruktorlar dvigateli yonilg‘i (benzin, kerosin) bilan ishlaydigan samolyot yaratish ustida ham bosh qotirdilar.
Nihoyat, 1902-yilda amerikalik aka-uka Uilber va Orvill Raytlar dunyoda birinchi shunday samolyot yaratdilar. Ular 1903-yilda 3 metr balandlikda birinchi parvozni amalga oshirdilar. Parvoz atigi 12 sekund davom etdi.

Shu vaqt ichida 30 metr masofa bosib o‘tildi. Parvoz juda qisqa davom etgan bo‘lsa-da, bu katta tarixiy hodisa edi. Chunki, bu ham uchib, ham qo‘nilgan birinchi haqiqiy parvoz bo‘ldi.
Keyingi yillarda aka-ukalar samolyotni takomillashtirishni davom ettirdilar va soatiga 60 km. tezlik bilan uchadigan samolyot yaratdilar.
1913-yilda esa rossiyalik konstruktor. Igor Sikorskiy «Ðóññêèé Âèòÿçü» (Rus pahlavoni) deb atalgan ajoyib samolyot yaratdi. U dunyodagi birinchi 4 dvigatelli samolyot edi.
Bugungi kunda samolyot millionlab kishilarning uzog‘ini yaqin qilmoqda. Ming-minglab tonna yuklar tashilmoqda.
Ular safida «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasining samolyotlari ham bor.