Telegrafning ixtiro etilishi

0

Telegraf turli xabarlarni uzoq masofalarga yozuv orqali tez uzatishga mo‘ljallangan qurilBunday qurilmani birinchi bo‘lib 1832-yilda rus olimi Pavel Shilling ixtiro qildi. Qurilma xabarlarni nuqta va tirelar (chiziq) ko‘rinishida uzatgan.

1837-yilda amerikalik olim SemyuelMorze ham shunday qurilma va unda foydalaniladigan maxsus alifbo yaratdi. Bu alifbo tarixga «Morze alifbosi» nomi bilan kirdi.

Bu alifboda harflar o‘rniga nuqta va tire (chiziq)lar  ishlatiladi.

Masalan, nuqta va bitta tire A harfini; tire va uch nuqta «B» harfini; nuqta, tire va yana ikki nuqta «V» harfini anglatgan. Bu alifbo dunyo xalqlari uchun ko‘p yillar xizmat qildi.

Hozirgi kunda esa undan hamon dengiz halokati ro‘y berganligi haqidagi xabarni berish chog‘ida foydalanilmoqda.

Balki siz dengiz halokati ro‘y berganligini anglatuvchi belgi «SOS» ekanligini bilarsiz? Dengizlarda halokatga uchragan kemalar «SOS» xabarini yuborish uchun Morze alifbosidagi «Uchta nuqta, uchta tire va yana uchta nuqta» belgisi – (signali)ni yuboradilar.

Bu belgilarni qabul qilib olgan boshqa kema yoki qirg‘oq qutqaruv guruhi tezda yordamga yetib kelish choralarini ko‘radi. Xalqaro qoidalarda shunday tartib o‘rnatilgan.

Dengizda uzatilgan halokat xabarlarini qabul qilib olish uchun har 5 daqiqada «radiosukunat» vaqti joriy qilingan.

Morze qurilmasida nuqta va tirelar telegraf kaliti yordamida uzatiladi. Xabar beruvchi kalitni bosganida qurilmadagi batareya qurilma tarmog‘iga tok beradi.

Elektr toki suyuq bo‘yoq ichiga botirib qo‘yilgan g‘ildirakcha (harf bosuvchi)ni harakatga keltiradi. G‘ildirakcha esa tasmaga o‘xshab tayyorlangan qog‘ozga harflar belgisini tushiradi.

Kalit bosilgach darhol qo‘yib yuborilsa «nuqta», uzoqroq bosib turilsa «tire» belgisini tushiradi. Har bir belgining qaysi harfni anglatishini bilib olgan kishi Morze alifbosida yozilgan yozuvni bemalol o‘qiy oladi. Hozirgi kunda Morze alifbosiga moslashtirilgan telegraf qurilmasi o‘rniga teletayp qurilmasidan foydalanilmoqda.

Teletayp qurilmasi

Teletayp (TTY) nima?

Teletayp –  yozuv mashinkasiga o‘xshash klaviaturali, uzoqdan yuborilgan axborotlarni qog‘oz lentaga avtomatik ravishda yozib oladigan mexanizmli telegraf apparati.

Teletaypda kalit yo‘q, lekin yozuv mashinasidagi yoki kompyuterdagiga o‘xshash harf klavishlari bor. Xabar jo‘natuvchi uzatuvchi qurilmaga xabar matnini yozadi.

Qabul qiluvchi qurilma esa xabarni qog‘oz tasmasi (lentasi)ga yozib oladi. Olimlarning izlanishlari natijasida ushbu qurilma takomillashdi.

Bugungi kunda qulay aloqa vositalaridan yana biri faksdir. U matnli, jadvalli, rasmli va boshqa shu kabi xabarlarni qanday bo‘lsa shundayligicha belgilangan joyga yetkaza oladi. Aloqaning bu vositasi deyarli barcha yirik korxona va tashkilotlarda mavjud. Faks qurilmasi yana ko‘p narsalarga qodir. Masalan, u istalgan rasm va hujjatdan nusxa (kopiya) ham olishi mumkin. Bundan tashqari, istalgan tilda yozilgan xabarni ham qabul qila oladi.

Faks (bajar) – matn, jadval, rasm va boshqalarning tasvirlarini telefon tarmog‘i orqali uzatish.[1]

[1] O‘TIL. – T.: «¤çÌÝ». 2008. 4-jild. 59-bet.

Previous articleSamolyotning yaratilishi
Next articleTelefonning yaratilishi