Tanlov va uning muqobil qiymati

0

Танлов ва унинг муқобил қиймати.


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

Shohjahonning tug‘ilgan kuniga dadasi o‘ziga yoqqan biror narsa olishi uchun 100 000 so‘m pul berdi. U anchadan beri futbol formasi, yangi oyoq kiyimi (krossovka) va futbol to‘pi sotib olmoqchi bo‘lib yur- gan edi. Shohjahon do‘konlarni aylanib yurib, bu pulga o‘zi xohlagan narsalardan faqat bittasini olish imkoniyati borligini aniqladi va nima olsam ekan, deb o‘ylanib qoldi. Shohjahon uchta imkoniyatdan faqat bittasini tanlashga majbur. Iqtisodiyotda bunday imkoniyatlar muqobil imkoniyatlar deb yuritiladi.

Aytaylik, Shohjahon uchun bu narsalarni sotib olish quyidagi tartibda qoniqish hissini beradi: 1) krossovka; 2) futbol to‘pi; 3) futbol formasi. Shu bois, u krossovkani sotib oldi, chunki unga bu eng katta qoniqish hissini beradi. Shohjahonning bu tanlovi futbol to‘pi ola olmasligi bilan unga “qimmatga tushadi”. Iqtisodchilar buni — tanlovning muqobil qiy- mati deb atashadi. Demak, Shohjahon tanlovining, ya’ni krossovkaning muqobil qiymati — futbol to‘pi bilan o‘lchanadi.

  1. Aytingchi, Shohjahon nima sababdan uch imkoniyatdan birini tanlashga majbur bo‘ldi?
  2. Shohjahon nima sababdan krossovkani tanladi?
  3. Nega Shohjahon tanlovining muqobil qiymati futbol formasi bilan o‘lchanmayapti?
  4. Siz Shohjahonning o‘rnida bo‘lganingizda bu uch imkoniyatdan qay birini tanlagan bo‘lar edingiz? Nega?
  5. Tanlovingizning muqobil qiymatini aniqlang.

Insoniyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan barcha tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishning imkoni yo‘q. Chunki iqtisodiy resurslar cheklangan. Shu bois, nafaqat alohida olingan shaxs, balki korxonalar va firmalar, davlat va jamiyat miqyosida ham cheklanganlik muammosiga duch kelinadi.

Har qanday firma ham o‘z faoliyatini kengaytirish payida bo‘lib, ko‘proq sifatli mahsulot turlarini ishlab chiqarishga intiladi. Davlat ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalariga va atrof-muhit muhofazasiga imkoni boricha ko‘proq mablag‘ ajratishni xohlaydi. Lekin afsuski, imkoniyat- lar, to‘g‘rirog‘i, ishlab chiqarish resurslari cheklangan.

Cheklanganlik muammosi bor ekanki, mavjud imkoniyatlardan birini tanlashga, ya’ni cheklangan resursni nimaga sarflash haqida bir qarorga kelishga to‘g‘ri keladi. Tanlov deb cheklangan resurslardan foydalanish imkoniyatlari orasidan birini tanlashga aytiladi.

Tanlov — cheklangan resurslardan foydalanish imkoniyatlari orasidan birini tanlash.

Bankdan qarz olmoqchi bo‘lgan firma oldida bu pullarga yangi dast- gohlar sotib olib, ishlab chiqarishni kengaytirish yoki eski dastgoh va binolarni ta’mirdan chiqarib, ishchilarining mehnat sharoitlarini yaxshi- lash muammosi turadi.

Davlatdan 10 gektar yer olgan fermer xo‘jaligi oldida esa, bahorda yerga qaysi ekinlarni ekish muammosi ko‘ndalang turadi. Shahar hokimligi o‘z ixtiyoridagi ma’lum miqdordagi mablag‘ni yo‘llarni ta’mirlash yoki yangi maktab qurishga sarflash haqida bosh qotiradi.

Davlat miqyosida esa sog‘liqni saqlash sohasiga ko‘proq pul ajratish kerakmi yoki neftni qayta ishlash zavodini qurish kerakmi, degan muammoga duch kelinadi.

Yuqorida keltirilgan misollarda bir nechta imkoniyatdan bittasini tan- lashga, qolganlaridan esa voz kechishga to‘g‘ri keladi. Tanlov natijasida voz kechilgan imkoniyatlar ichidan eng katta naf keltiruvchi imkoniyatga tanlovning muqobil qiymati deb aytiladi.

www.talaba.su

Muqobil imkoniyatlar — birini tanlaganda qolganlaridan voz ke- chiladigan imkoniyatlar.

Tanlovning muqobil qiymati — tanlov natijasida voz kechilgan im- koniyatlar ichidan eng katta naflisi.

Tanlov amalga oshirilayotgan hamma hollarda ham imkoniyatlar- ning biri tanlanib, qolganlaridan voz kechilmaydi. Shunday hollar ham bo‘ladiki, tanlov amalga oshirilayotgan vaqtda hamma imkoniyatlar bilan ham murosa qilishga to‘g‘ri keladi, ya’ni barcha imkoniyatlardan ham qisman-qisman foydalaniladi. Aytaylik, tijorat bilan shug‘ullanuvchi xususiy do‘kon egasi Abdullayev 10 800 000 so‘mga ulgurji savdo fir- masidan krem va shampun sotib olmoqchi.

Shampunning narxi 27.000 so‘m bo‘lib, 10.800.000 so‘mga undan jami 400 dona sotib olish mumkin. Kremning narxi esa 18.000 so‘m bo‘lib, 10.800.000 so‘mga jami 600 dona krem olish mumkin. Lekin Abdullayev shampun ham, krem ham xarid qilishi kerak. Shu bois Abdullayev yarim puli — 5.400.000 so‘mga 200 dona shampun, qolgan yarmiga esa 300 dona krem sotib olishga qaror qildi. Ya’ni har ikkala imkoniyati bilan ham murosaga borib, ulardan qisman-qisman bo‘lsa-da foydalandi. Bunday tanlov usuli iqtisodiyotda murosali (yoki aralash) tanlov deb yuritiladi.

  1. Abdullayev 10.800.000 so‘m pulning hammasiga yana qanday miqdorlarda shampun va krem sotib olishi mumkin edi? Bunday imkoniyatlarning 4- 5 tasini aniqlab jadvalni to‘ldiring.
  2. Jadvaldan foydalanib, koordinatalar tekisligida nuqtalarni belgi- lab, tutashtirib chiqing. Koordinata o‘qlari va bu chiziq bilan chegaralangan soha ishlab chiqarish imkoniyatlari sohasi
  3. Ushbu soha nima sababdan bunday nom bilan ataladi?
  4. Bu soha ichida yotgan (150; 250) nuqtaga mos kelgan imkoniyatni tavsiflab bering. Bu holatda pul mablag‘idan samarali foyda- lanilyaptimi? Javobingizni asoslab bering.
  5. Bu soha tashqarisida yotgan (250; 350) nuqtaga mos kelgan imkoniyat haqida nima deya olasiz? Bu holat Abdullayevning imkoniyat doirasidami? Javobingizni asoslab bering.
  6. Pul mablag‘idan to‘liq foydalanilgan imkoniyatlarga mos kelgan nuqtalardan bir nechtasini ko‘rsating va grafikda belgilang.

Murosali tanlov — bir vaqtning o‘zida bir necha imkoniyatlardan qisman-qisman foydalanish.


Buni yodda tuting!
  • Cheklanganlik muammosi odamlardan ehtiyojlari uchun zarur tovar va xizmatlar orasidan ba’zilarini tanlashni taqozo etadi.
  • Xuddi odamlarga o‘xshab, butun davlat va jamiyat ham tanqislik sezadi, chunki ularning ham ehtiyojlari cheksiz, resurslari esa cheklangan bo‘ladi.

Qadriyatlar!

  1. Mashhur ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Iqtisod deb, pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o‘rinsiz yerga bir tiyin ham sarf qilmas, o‘rni kelganda so‘mni ham ayamas”, degan so‘zlarini sharhlang.
  2. Ota-bobolarimizning “bir kam dunyo” degan naqli nima haqida ekanligi bo‘yichao‘z fikringizni bildiring.
  3. “Rizq” va “nafs” so‘zlarini qanday tushunasiz?

Bilimingizni sinab ko‘ring!
  1. O‘quv qurollari do‘koniga kirdingiz. Cho‘ntagingizda 1000 so‘m pul bor. Pulingiz bitta umumiy daftar yoki bitta ruchka olishga yetadi. Siz bu narsalarning qaysi birini sotib olgan bo‘lar edingiz? Nima sababdan bunday tanladingiz? Tanlovingizning muqobil qiymati nimadan iborat bo‘ladi?
  2. Nima sababdan odam uchun tanlovning muqobil qiymatini bilish zarur?
  3. Aytaylik, tumaningiz markazida bo‘sh yer maydoni bor. Hokimiyat bu yerga kasalxona, bozor, tennis korti yoki maktab qurishi mumkin. Afsuski, bu maydonga faqat bitta muassasani qurish mumkin. Ikkin- chi tomondan esa, hokimiyatning faqatgina bitta muassasani qurishga mablag‘i bor. Tanlash imkoniyati sizga berilsa, siz nimani qurishga qaror qilgan bo‘lar edingiz? Tanlovingizni asoslang va uning muqobil qiymatini aniqlang.
Previous articleHuquq sohasi (tarmog‘i) nima?
Next articleTanlov nima? (Iqtisodiyot bilim)