Uyadosh so‘zlar. Уядош сўзлар / сузлар.
1-topshiriq. Meva guruhiga kiruvchi otlarni sanang.
2-topshiriq. Parranda guruhiga kiruvchi otlarni sanang.
Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo‘lgan so‘zlar uyadosh so‘zlar deyiladi.
Tilimizdagi barcha so‘zlar ongimizda ma’lum mazmuniy uyalarga birlashgan holda saqlanadi. Bu esa so‘zlarning xotirada oson saqlanish va nutqiy jarayonda ulardan qiynalmasdan foydalanish imkonini beradi. |
1-mashq. Quyida berilgan so‘zlarni qo‘y va qoramol so‘zlari ostiga birlashtirib yozib chiqing.
Buzoq, qo‘zichoq, qorako‘l terisi, sigir, sovliq, novvos, qo‘chqor, jun, buzoqboqar, qo‘ychivon.
2-mashq. G‘o‘za so‘zi uyasiga birlashadigan so‘zlarni aniqlang. Bu uyaga yana qanday so‘zlarni kiritish mumkin?
G‘o‘za tolasi uchun ekiladigan texnika ekinlaridan biri. Paxta tolasidan ip yigiriladi, undan xilma-xil gazmol to‘qiladi.
Chigitidan moy olinadi, undan sovun ham tayyorlanadi.
Chigit chiqindisidan olinadigan kunjara mahsuloti chorva hayvonlari uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi.
3-mashq. Ikki guruhga bo‘lining. Har bir guruhdan bittadan o‘quvchi sinf taxtasi yoniga chiqsin. Birinchi guruh vakili uy hayvonlari, ikkinchi guruh vakili yovvoyi hayvonlar sarlavhasi ostida misollar yozsin.
Namuna: 1-guruh 2-guruh ot yo‘lbars
Savol va topshiriqlar
- Qanday so‘zlarga uyadosh so‘zlar deyiladi?
- Uy-ro‘zg‘or buyumlari uyasiga oid so‘zlarni ayting.







