Abu Nasr Forobiy hayoti va ijodi

0

Abu Nasr Forobiy qomusiy bilim egasi bulgan. U yoshligidanok urta asr fanlarini chukur o‘rgangan. Forobiyning ayniqsa, til o‘rganish sohasidagi muvaffaqiyatlari tarixchilarni hayratga solgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra u etmishdan ortiq tilni bilgan. Kunlardan bir kun Forobiydan: « – Siz ulug olimmi yoki Aristotelmi?» deb so‘raganlarida, u: «Agar men Aristotelь zamonida yashaganimda, uning eng yaxshi shogirdlaridan biri bo‘lar edim», – deb javob bergan ekan. Shark mamlakatlarida Forobiyni ulug‘lab, «Al-Muallim assoniy» (Aristoteldan keyingi ikkinchi muallim), «Shark Arastusi» deb atashgani ham bejiz emas. Forobiy aynikea, Aristotelь asarlariga ko‘p sharh yozgan. Buyuk alloma Ibn Sino ham uning sharhlaridan foydalanganini yozadi.

Forobiyning falsafa, mantiq, matematika, fizika, kimyo, tabobat, tabiat hodisalari, tilshunoslik, she’riyat, notiklik san’ati, axlok, ta’lim-tarbiya va boshka sohalarga oid asarlari keyinchalik boshka tillarga tarjima qilinib, dunyoga keng tarkalgan.

Forobiy ham Beruniy kabi fanlarning inson amaliy faoliyati uchun xizmat etishi lozimligini ko‘p ta’kidlagan edi. Yulduzlar haqidagi kitobida osmon jismlari bilan erdagi hodisalar o‘rtasidagi tabiiy boglanishlarni, masalan, quyosh issiqligi ta’siridagi buglanishlar bulut va yomg‘ir paydo bo‘lishiga sababligini, oy tutilishi Erning Quyosh bilan Oy o‘rtasiga tushib krlishiga boglikligini kursatgan.

Forobiy 160 dan ortik asar yaratgan bo‘lsada, afsuski ular dan bizga 40 ga yakinigina etib kelgan xolos. Forobiy kamtar va kamsukum inson bo‘lib, faqirona kun kechirgan. Saroy olimi bulishni istamagan. Umri oxirida Misrda, sung Damashqda yashab o‘sha erda vafot etgan.

Previous articleXusrav Dehlaviy hayoti va ijodi
Next articleГрипп: Аломатлар, олдини олиш ва даволаш усуллари