Qarshi shahri haqida. Қарши шаҳри ҳақида. Карши шахри хакида.

Shahar dastlab Naxshab, keyinchalik Navtaka va Nasaf nomlari bilan atalgan. XIV asrdan boshlab esa Qarshi deb atala boshlangan. «Qarshi» so‘zi saroy, qasr ma’nolarini bildiradi.
| Yodda tuting! «Naxshab» — suv obod qilgan manzil, «Navtaka» esa yangi bino degan ma’nolarni anglatadi. Arablar Naxshabni «Nasaf» deb talaffuz qilganlar. |
Shahar milloddan avvalgi VII asrda bunyod etildi.
Qarshi shahri bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining markazi- dir. O‘zbekiston mustaqilligi yillarida Qarshi shahrida ham katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 2006-yilda shaharning 2700 yilli- gi nishonlandi.










