Yahudiylik. Yahudiyllar dinining xususiyatlari

0

Yahudiylik. Yahudiylik dinining xususiyatlari. Yahudiylik dini bayramlari. Yahudiylik dinining muqaddas kitobi. Yahudiylik dini qayerda paydo bo’lgan.

Яҳудийлик. Яҳудийлик динининг хусусиятлари. Яҳудийлик дини байрамлари. Яхудийлик динининг муқаддас китоби. Яхудийлик дини каерда пайдо булган.


иудаизм yahudiylik din
Yahudiylik
Faollashtirish uchun savol va topshiriqlar
  1. Yahudiylarning Markaziy Osiyoga kirib kelishi qachondan boshlangan?
  2. Yahudiylarning qadimda Markaziy Osiyoda yashaganini ko‘rsatuvchi topilmalar qachon va qayerdan topilgan hamda ular qaysi davrga tegish li?
  3. Markaziy Osiyodagi yahudiylar nima uchun «Buxoro yahudiylari» deb ataladi?

Yahudiylik dini tarixdan (Yahudiylik dini qayerda paydo bo’lgan)

Yahudiylik dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri bo‘lib, taxminan, miloddan avvalgi 2-mingyillikda Yaqin Sharqda paydo bo‘lgan. U faqat yahudiy xalqiga xos millat dini hisoblanadi. Abu Rayhon Beruniy o‘zi ning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida yahudiylar nomi somiy tillardagi «hoda», ya’ni «tav ba qilmoq, tavba qilganlar» so‘zidan kelib chiqqan, degan fikrlar mavjud ekanini aytib o‘tgan. Keng tarqalgan fikrga ko‘ra esa, «yahudiy» so‘zi Ya’qub payg‘am barning o‘g‘li Yahudo nomidan olingan.

Yahudiy xalqining yana bir nomi Banu Isroildir. «Isroil» so‘zi Ya’qub payg‘ambarning ikkinchi nomi bo‘lib, «banu»-bolalar deb tarjima qilinadi. Demak, Banu Isroil nomi «Isroil avlodlari» ma’nosini beradi.

Fanlarning  foydasi — ular yordamida oltin va kumush to‘plash emas, balki insoniylik va donishmand likka erishishdir. Abu Rayhon Beruniy

Rivoyatlarga ko‘ra, Ya’qub payg‘ambarning 12 o‘g‘li bo‘lib, ularning to‘rtinchisi Yahudo edi. 12 o‘g‘ildan keyinchalik 12 ta qabila tarqaldi. Yahudo avlodlari bo‘lgan yahudiylar boshqa qabilalarni o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Shundan so‘ng bu qabilalarning barchasi «yahudiy» deb atala boshladi.

Yahudiy xalqiga nisbatan «yevrey» so‘zi ham ishlatiladi. Bu qadimiy somiy tillaridagi «ibriy» so‘zining o‘zgargan shaklidir. Arab manbalarida bu so‘z «abara, ya’bu- ru» — «kechib o‘tmoq» fe’lidan kelib chiqqan, deb hisoblanadi. Mazkur din manbalariga ko‘ra, ilk yahudiy qabilalari Mesopotamiyada yashagan edilar. Ular miloddan avvalgi XV asrlarda Ibrohim payg‘ambar boshchiligida Dajla va Furot daryolaridan kechib o‘tganlar.

Tavrot, Injil va Qur’onda xabar berilishicha, Ibrohim payg‘ambarning nabirasi bo‘lgan Ya’qubning o‘n birinchi o‘g‘li Yusuf edi. Yusuf va uning akalari o‘rtasidagi munosabatlar sababli Banu Isroil qavmi Misrga ko‘chib kelgan.  Ular ancha vaqt Misr yerlarida yashaganlar. Keyinchalik Misr fir’avni Banu Isroil qavmiga zulm qilgach, Muso payg‘ambar boshchiligida bu xalq yana Kan’on (Falastin) yerlariga qaytdi.

Miloddan avvalgi 722-yilda Isroil podshohligi Ossuriya tomonidan, 586-yilda esa Bobil davlati tomonidan bosib olingach, yahudiy xalqining bir qismi o‘lkadan haydab chiqarildi.


TARIXGA NAZAR

Bibliya rivoyatlariga ko‘ra, mil avv. 1250-yilda yahudiylar Muso boshchiligida Misrni tark etdilar. Mil. avv. 1000-yilda podshoh Saul vafotidan so‘ng uning kuyovi podshoh Dovud Falastinni birlashtirib, Yahudiy podshohligini tashkil qildi.

Tanax birlamchi manba bo‘lib, u Tavrot (Tora), Payg‘ambarlar (Neviim) va Kitoblar (Xetuvim) deb ata­ luvchi uch bo‘limdan iborat.

Talmud (ibroniycha — «o‘rganish») Tavrotning shar­hi sifatida e’tirof etiladi.


Markaziy Osiyoga Yahudiylik dinining kirib kelishi va rivojlanishi

Miloddan avvalgi VIII asrlarda ba’zi yahudiylar Isroilni tark etib, Misr, Eron kabi o‘lkalardan boshpana topdilar. Markaziy Osiyoga yahudiylar So‘g‘diyona davlati davrida, ya’ni miloddan avvalgi II asrda kirib kelganlar. Ular Eron orqali Marvga kelib, u yerdan Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarga tarqaldilar.

Tadqiqotchilar ularning bu yerga ko‘chib kelib, joylashishlarini «Buyuk Ipak yo‘li» faoliyati bilan bog‘laydilar. Yahudiylarning bo‘yoqchilik bo‘yicha mutaxassis bo‘lganlari ularning xomashyo manbalariga yaqinroq mintaqalarga o‘rnashishlariga sabab bo‘lgan.

Markaziy Osiyoda milodiy IX–X asrlarda yahudiy jamoalari ko‘p sonli va erkin bo‘lganlar. Ulardan faqat urushga yaroqli bo‘lgan erkaklargina jizya solig‘ini to‘laganlar. Yig‘ilgan soliqlarning faqat yarmi davlat xazinasiga topshirilgan, qolgan qismi esa jamoa boshlig‘i ixtiyorida qolgan.

Yahudiylarning Markaziy Osiyoda yashaganliklariga guvohlik beruvchi arxeologik topilmalar ilk bor tadqiqotchi tomonidan 1954-yili Turkmanistonning Marv va Bayramali shaharlaridan topilgan. Bular qadim gi sinagoga qoldiqlari, yahudiy yozuvida yozilgan sopol buyumlardir. Topilmalar Yunon-Baqtriya va Parfiya davlatlari hukmronlik qilgan miloddan avvalgi II – milodiy I asrlarga tegishli bo‘lgan.

IX–X asrlarda Markaziy Osiyoda karaimlar deb ataladigan yahudiy sektasi paydo bo‘ladi. Bu oqim ta- rafdorlari faqat Torani (Tavrotni) tan olar, Talmudni esa inkor qilar edilar. Ular mahalliy yahudiylarni kashrut (ruxsat etilgan ovqatlarnigina yeyish) qoidasini bu zish, yerli aholi bilan aralashib ketish va yahudiy dinini bid’atlar bilan buzishda ayblay boshladilar.

Toshkentdagi Ashkenazi sinagogasi (1930­yilda yopilgan, 1966­yilda yer qimirlaganda buzilib ketgan).
Toshkentdagi Ashkenazi sinagogasi (1930­yilda yopilgan, 1966­yilda yer qimirlaganda buzilib ketgan).

XIII asr boshiga kelib qadimgi yahudiy jamoalari ham inqirozga uchradi. Saqlanib qolgan kam sonli yahudiylar Buxoro va uning atroflarida yashaganlar. Mo‘g‘ullar davrida esa Xorazmda yahudiylarning bir shaharda 100 uydan oshiq bo‘lishlari taqiqlangan edi.

Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr mintaqasiga Erondan ko‘pgina yahudiy jamoala- ri ko‘chirib keltirilgan. Ularning  bir qismi Buxoroda yashagan. XVIII asrning boshlarida yahudiylar Eron, Afg‘oniston, Xiva, Qo‘qon va Buxoro jamoalariga bo‘linib ketdi.

XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo yahudiylari Buxoro amirligi hududlarida yashaganliklari tufayli «Buxoro yahudiylari» nomi bilan tanilgan bo‘lsalar-da, ularning asosiy qismi Samarqandda yashagan.

XIX asrga kelib yahudiylar Markaziy Osiyoning Qarshi, Marv, Xatirchi, Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Karmana, Marg‘ilon, Dushanba shaharlarida bir mavzega jam bo‘lib umr kechirganlar.

1932-yilda Samarqandda yahudiylar teatri tashkil qilingan. 1940-yilgacha Markaziy Osiyoda yahudiylarning ivrit tilidagi maktablari, davriy va maxsus nashrlari mavjud bo‘lgan.

Sovetlar davrining keyingi yillarida yahudiy tilida o‘qitish va madaniy faoliyat yuritish to‘xtatilgan. Lekin yahudiylik yagona millatga xos din bo‘lganligi sababli, ular qayerda yashashmasin, biri ikkinchisidan qancha uzoqda bo‘lmasin, o‘z dini va muqaddas kitoblariga e’tiqod qilishni davom ettiraverganlar.

1991-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha dinlar, shu jumladan, yahudiy diniga ham erkin e’tiqod qilish uchun keng sharoitlar yaratib berildi.


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
  1. Bugungi kunda mamlakatimizda boshqa diniy konfessiyalar qatorida ro‘yxatdan o‘tgan «Yahudiylar jamoasi» faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu jumlani diniy va milliy bag‘rikenglik tamoyili bilan bog‘lab tushuntiring.
  2. «1170-yilda birgina Samarqandda 30 ming yahudiy yashagan». Mazkur jumla asosida yurtimizdagi diniy bag‘rikenglik tamoyillari azaliy qadriyat ekanligi yuzasidan fikr bildiring.
  3. Isroil davlati qachon tashkil topganligini va tashkil topish shart-sharoitlarini aniqlang.
Previous articleShamanizm (shomonlik) nima?
Next articleYahudiylik marosimlari va oqimlari. Yahudiylik ta’limoti