Konstitutsiyaviy tuzum prinsiplari

0

Konstitutsiyaviy tuzum prinsiplari. Конституциявий тузум принциплари.


Demokratik davlatning eng muhim konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri hokimiyatning bo’linishi prinsipidir (O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda).

Ushbu prinsipga muvofiq davlat hokimiyati qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyat organlariga bo’linadi.

Bu shuning uchun kerakki, bunda har qaysi hokimiyat tarmog’i hokimiyat vakolatlari doirasidan chetga chiqish va uni suiiste’mol qilish imkoniyatiga yo’l qo’ymagan holda boshqasini tiyib turishi zarurdir. Hokimiyatlardan birontasi boshqasining faoliyatiga aralashmasligi kerak. Bu prinsipning amaldagi ifodasi qandaydir bir guruh yoki alohida shaxs tomonidan hokimiyat egallab olinishiga yo’l qo’ymaslikka qaratilgandir. Faqat qonunga bo’ysunishlari shart bo’lgan sudlov organlari faoliyatiga aralashish alohida xavf-xatar tug’diradi.

Asosiy qonun belgilaydi

O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimi- yatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanadi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda.

Yakunlarni chiqaramiz

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy prinsiplari:

  • suverenitet – davlatning ichki va tashqi ishlarda mustaqilligi;
  • xalq hokimiyatchiligi: referendum, saylov, yig’ilish va boshqalar;
  • demokratiya: bevosita (to’g’ridan to’g’ri), bilvosita (vakillik K
  • hokimiyatlar bo’linishi: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud;
  • davlat ramzlari: bayroq – 1991-yil 18-noyabr, gerb — 1992-yil 2-iyul, madhiya — 1992-yil 10-dekabr.
  • 1991-yil 29-dekabrda O’zbekiston Prezidenti saylovi muqobillik asosida bo’lib o’tdi;
  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.

Batafsil >> O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasining asosiy prinsiplari

Previous articleDemokratiya – xalq hokimiyatchiligi
Next articleYangi yil sherlari 2024 – Янги йил шеърлари