Geografiyada tabiat va jamiyat munosabatining asoslari

0

Iqtisodiy geografiya tom ma’noda (masalan, AQSH-da) qishloq xo’jaligi, tog’-kon, o’rmonchilik va baliq sanoatidan iborat.

Demak, uning tadqiqot doirasi bevosita tabiyat va tabiiy resurslar foydalanish bilan bog’liq. Hozir ham tabiiy sharoit va boyliklarga iqtisodiy baho berish, tabiyatdan foydalanish iqtisodiyoti:

  • iqtisodiy geografiya fanida muhim o’rinni egallaydi. Fransiyada vujudga kelgan possibilizm (Fidal de La Blash ) tabiyatga bo’lgan munosabatni biroz “yumshatilgan” yo’nalishi hisoblanadi.

Ushbu go’ya asosida tabiiy sharoitning undan foydalanish uchun imkoniyat yaratishi, unga moslashgan va muvofiq holda xo’jalik yuritish yotadi.

  • Tabiat qonunlari ijtimoiy-iqtisodiyot taraqqiyot qonunlaridan vujudga kelishi,davomiyligi,tezligi va boshqa jihatlari bilan farq qiladi.

Shu nuqtai nazardan tabiat jamiyat oldida zaif, passivga o’xshab ko’rinadi. Ammo bu I.V.Michurin aytganidek, “Tabiatdan inom-ehson kutmasdan, undan ko’proq olish kerak”degan ma’noni bildirmaydi.

Tabiat – qo’zg’olsa, uyg’onsa undan qudratli kuch yo’q. Masalan, yer qimirlashlar, yong’in, suv toshqini, sunnami va bo’ronlar har qanday taraqqiy etgan mamlakatni, jamiyatni ham halokatga keltirish mumkin. Bizning har birimizdan qandaydir uzoqda, olisda-okeanda, tog’ yoki tekislikda cho’l, o’rmonzor voha va vodiyda, daladagina emas, balki u bevosita atrofimizda va doimo bizga ta’sir qilib turibdi. Binobarin, Yer barcha xalq va millatning umumiy uyi va tabiatni e’zozlash, tozaligini saqlash, unga oqilona munosabatda bo’lish jahon xamjamiyatidagi barcha davlatlarning burchidir.

v Tabiatda issiq mintaqa bilan bevosita sovuq iqlim mintaqasining yonmayon turmaganidek, dunyo siyosiy xaritasi va geoiqtisodiy makonida ham rivojlanish darajasi tubdan bir-biridan farq qiluvchi davlatlarning o’zaro qo’shnichiligi kam uchraydigan holatdir.

Shu bilan ba’zi tabiiy geografik qonuniyatlar iqtisodiy geografiyaga ham ma’lum darajada xosdir. Chunonchi, tog’ vertikal mintaqalari faqat tabiyati bilan emas, balki xo’jalik yuritish, hududiy mehnat taqsimoti bilan ham farqlanadi,hatto tekislik, iqlim mintaqalari ularga xos va mos iqtisodiyot va aholi joylashuv, xo’jalik ixtisoslashuv tizimga ega.

Insonni tabiatga ta’siri ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishiga bog’liq. Fan va texnika taraqqiyotini rivojlanishi bilan insonni tabiatga ta’siri ortib borgan.

F.N.Milkov (1990) ma’-lumotiga binoan insonni tabiatga ta’siri taxminan 2.3-3.0 mln yil avval boshlangan. Hozirgi paytda insonni tabiatga ta’siri juda katta miqyoslarda ro’y bermoqda. Ayrim texnogen jarayonlar tabiiy jarayonlar miqyosidan katta, ayrimlari tabiiy jarayonlar miqyosiga tenglashib qolgan, ayrimlari esa tenglashish arafasida turibdi. Shu munosabat bilan G .I.TerStepanyan (1988) yerni geologik rivojlanish davrida yangi alohida davrni, ya’ni texnogen yoki beshlamchi davrni ajratish kerak, mazkur davrni boshlanishiinsonni paydo bo’lgan davridan boshlash kerak degan g’oyani ishlab chiqdi.

F.N.Milkov (1990) insonni tabiatga ta’sirini eng qadimgi,qadimgi, yangi va hozirgi davrlarga bo’ladi.Eng qadimgi davr 30000-yil davom etgan va golotsenni boshlanishida tugagan. Mazkur davr yuqori paleolitga mos keladi.

Olov yoqishni sun’iy usulini kashf qilinishi, boshpana qurishva kiyim tikishni o’rganish, ovchilikni yangi usullarini o’rganishyuqori paleolit odamini tabiatdan mustaqil bo’lib yashashini ta’minladi. Uning landshaftlarga ta’siri sezilarli bo’la boshladi. Ovchilik va o’rmonlarni kesilishi natijasida tabiatda turli xil o’zgarishlar sezila boshladi. Ovchilik natijasida ayrim hayvonlarning soni kamayib ketdi. Mamontlar va yunglishoxburunlar qirilib ketdi. O’rta dengiz bo’yida o’rmonlarni kesib yuborilishi yuqori paleolitda tashlandiq yerlarni bosh bo’lishiga olib keldi.

Qadimgi davr 7000-yil davom etgan va mezolit (o’rta toshMazkur davr muz bosishdan keyingi davrni o’z ichiga oladi.Tabiiy sharoiti oldingi davrga nisbatan qulay bo’lgan. Shuninguchun yangi-yangi hududlar inson tomonidan o’zlashtirilaboshlandi.Mazkur davrda avval toshdan, so’ngra bronzadan yasalganbolta paydo bo’ldi. Neolitda esa so pol idish paydo bo’ldi. Baliqchilik salmog’i oshdi, chorvachilik va dehqonchilik shakllandi.

Natijada insonni tabiatga ta’siri kengaya bordi. Yirik shaharlarnipaydo bo’lishi ham insonni tabiatga bo’lgan ta’sirini kuchaytirib yubordi. Ulkan inshootlar qurila boshladi (Misr piramidalari).Yangi davr temir asridan XX asrni o’rtalarigacha bo’lgandavrni o’z ichiga oladi va taxminan 3000-yil davom etgan. Jamiyatda va ishlab chiqarishda temir asosiy o’rinni egallaydi.

Mehnat taqsimoti kuchayadi, hunarmandchilik vujudga keladi, shaharlar soni o’sdi, sinfiy jamiyat shakllandi. Landshaftlarni antropogen o’zgarishi kuchaydi. Antropogen o’zgarganlandshaftlar juda katta maydonlarni tashkil qila boshladi. Sanoat inqilobidan so’ng o’limni kamayishi va umrni uzayishi munosabati bilan aholi soni tezlik bilan o’sa boshladi. Eramiz boshida yer yuzida aholi soni 0,2-0,3 milliard kishi bo’lgan.

1820-yili I milliard, 1927-yili 2 milliard, 1959-yili 3 milliardni tashkil O’rmonlar maydoni qisqara boshladi, temir asrida o’rmonlar quruqlikni 47% ni tashkil qilgan bo’lsa hozirgi paytda 27% ni tashkil qiladi. Sut emizuvchilarni 36 turi (4226 turidan) tamoman yo’q qilindi, 120 turi esa yo’qolish arafasida. Qushlarning 94 turi (8684 turidan) yo’q qilingan, 187 turi esa yo’q bo’lish arafasida.

Yerni shudgorlash natijasida tuproqning fizik va ximik xossalari o’zgarib ketgan. Mineral boyliklardan foydalanish jarayonida tabiat komponentlarining deyarlihammasi u yoki bu darajada o’zgarishga uchraydi.

Hozirgi davr yoki FTI davri. XX asrning o’rtalaridan boshlab insonni tabiatga ta’sirining miqyosi planetar tabiiy jarayonlar miqyosiga tenglashib qoldi. Moddalarning antropogenaylanma harakati tabiiy aylanma harakatiga tenglashib qoldi. Masalan, har yili ho’jalik ishlari uchun daryo suvlarini 10% (3,5 ming km3 ) olinadi, yerni shudgorlash jarayoniga 3 ming km tuproq ag’dariladi, yer bag’ridan 100 mlrd tonna ruda va qurilish materiallari qazib olinadi, konlarni ochish va qurilish jarayonida yuz milliardlab tonna tog’ jinslari ko’chiriladi, 300 mln t. mineral o’g’itlar solinadi, 4 mln t. zaharli (gerbitsid va pestitsid) moddalar sochiladi. Insonni faoliyatihozirgi paytda ekzogen omillar ta’siridan ortib ketdi. Qazib olingan ximiyaviy elementlar yer yuzasi bo’ylab sochilib ketadi, oksidlanadi, harakatda bo’ladi, ma’lum sharoitlarda to’planadi. Tuproqning temirlashuvi kuchayadi. Yer yuzasiniinson zich va yaxshi o’zlashtirgan joylarida 1980-yilda har birkvadrat kilometriga 270 t. temir tushgan. XX asrda esa mazkur ko’rsatgich har yili 6 tonnaga ortib bormoqda. Qo’rg’oshin va misning texnogen migratsiyasi tabiiy migratsiyadan ortiq, ruxva marganesniki esa tabiiyga yaqin.

Ko’mir yoqilganda atrof-muhitga tabiiy aylanma harakatga nisbatan simob 700, mishyak 125, uran 60, kadmiy 40 marotaba ko’p tushadi.

Inson suv resurslariga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Har yili jahon ishlab chiqarishi jarayonida 100 mln km3ga yaqin suv bug’lanadi, bu esa mantiyadan keladigan yillik suvlar miqdoriga teng. Ba’zi davlatlarda daryo oqimini 50% qismi ishlatiladi. Ishlatilib bo’lgan va tabiiy suv havzalariga tashlanayotgan suvlarning hammasi kuchli ifloslangan bo’ladi. Suvlardan IES va AES larda agregatlarni sovitish maqsadida foydalanilganda ham ular ifloslanadi, chunki ular issiq bo’ladi, va issiqholda suv havzalariga tashlanadi. Bu esa flora va faunaga salbiyta’sir qiladi. Sanoatni rivojlanishi va sug’orma dehqonchilik qilinadigan joylarni kengayishi suv resurslarini qaytadantaqsimlash zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.

Energetika sanoati tabiatga ta’sir etadigan eng faol omillardan hisoblanadi. Elektroenergiya ishlab chiqarish hajmi har yili muntazam ravishda ortib bormoqda. Ayrim, sanoati yuksak darajada rivojlangan hududlarda ishlab chiqarilgan energiya hajmi juda katta ko’rsatkichni tashkil qilmoqda. Masalan, Yaponiyada olimlarning hisoblashlari bo’yicha, atmosferaga issiqlikning chiqarilishi shu hududga keladigan Quyosh issiqligini 2% ini, g’arbiy Yevropada esa 0,5% tashkil qilishi mumkin, ba’zi joylarda esa Quyosh issiqligiga teng yoki ortib ketishi mumkin. Hozirgi paytda yuqori darajada rivojlangan davlatlarda rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan aholi jon boshiga 2 marta ko’p energiya ishlab chiqariladi. Energetika muammosining eng asosiy muammosi ishlab chiqarilgan energiyani oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun sarflashdir. Mazkur muam-asri), neolit (yangi tosh asri) va bronza asriga mos keladi. Buni amalga oshirish uchun qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan energiyani 80% ini sarflash zarur.

Demak, oziq-ovqat muammosini yechish uchun energiya ishlab chiqarish sur’atini va hajmini keskin oshirilishi ekologik sharoitning o’zgarishiga olib keladi, ya’ni atrof-muhitni issiqlik bilan ifloslanishi sodir bo’ladi. Issiqlikning ajralib chiqishi geografik qobiqda energiya o’zgarishining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Mazkur bosqichdan so’ng issiqlik geografik qobiqda tarqala boshlaydi. Bu esa issiqlikni antropogen oqimini kuchaytirib yuboradi.

Issiqlikning to’planishi iqlimni kichik hududlarda, ya’ni shaharlarda sezilarli o’zgarishga olib keladi. Shaharlarda havo harorati tabiiy haroratdan 1,4 % ortiq bo’ladi. Energetika sanoatini rivojlanishi atmosferada CO2 miqdorini ortib ketishiga olibkeladi (M.I.Budiko, 1977). Atmosferada CO2 miqdorini 2 barobar ortishi munosabati bilan yer yuzasida harorat 30 ga ko’tarilishi mumkin. Hozirgi paytda hosil bo’ladigan kislorodning 25% organik yoqilg’ilarni oksidlanishiga sarflanadi.

Agar mazkur jarayon shunday davom etsa atmosferada kislorod muvozanati manfiy bo’lib qolishi mumkin.Insonning xo’jalik faoliyati natijasida geografik qobiqningyer fondi tuzilishi ham o’zgarmoqda (l2-jadval)

(A.M.Ryabchikov bo’yicha, 1969) NQ Yerning turlari Maydoni Quruqlik maydon mln km nisbati

  1. O’rmonlar va sun’iv o’rmonlar 40,3 27,0
  2. Tabiiy o’tloqlar va o’tli butali 28,5 19,0 yaylovlar
  3. Dehқonchilik maydonlari 19,0 13,0
  4. Sug’orilmaydigan arid hududlar, 18,2 12,2
  5. Muzliklar 16,3 11,0
  6. Tundra va o’rmon-tundra 7,0 4,7
  7. Qutbiy va baland tog’ subnival 5,0 3,3 hududlar
  8. Антропоген бедlend 4,5 3,3
  9. Botqoqlar (tundradan tashoari) 40 2,7
  • Ko’lIar, darvolar, suv omborlari 3,2 2,2
  • Sanoat va shahar verlari 3,0 2,0 insonning xo’jalik faoliyatini tabiatga ta’sirini to’rt guruhga bo’lish mumkin:
  1. Maqsadli to’g’ridan-to’g’ri ta’sir. Mazkur ta’sir insonni xo ‘jalik faoliyatini oldindan rejalashtirilgan va loyihalashtirilgan ta’siri.
  2. Nomaqsadli to’g’ridan-to’g’ri ta’sir. Birinchi turdagi ta’sir natijasida kelib chiqadi. Masalan, konni ochiq usulda qazib olish uchun yer osti suvlarini sathi pasaytiriladi, natijada yer osti suvlarining me’yori o’zgaradi. Mazkur ta’sir nomaqsadli, ammo to’g’ridan-to’g’ri ta’sirdir.
  3. Maqsadli bilvosita ta’sir. Masalan, Antarktida muzlarini eritilishi bilvosita iqlimning o’zgarishiga olib keladi. Yer osti suvlari satxini pasaytirish bilvosita yerlarni meliorativ holatini yaxshilashga olib keladi.
  4. Nomaqsadli bilvosita ta’sir. Har qanday boshqa ta’sir natijasida sodir bo’ladi. Masalan, atmosferada changlar miqdorini ko’payishi Quyosh nurlarini tarkibiga ta’sir qiladi.

Insoniyat jamiyatining rivojlanishi davomida uning tabiatga ta’sirini ko’lami va miqyosi doimo o’sib borgan va bormoqda.

Natijada turli xiI Antropogen va tabiy-antropogen komplekslar vujudga kela boshladi. Mazkur komplekslar tabiiy antropogen va antropogen landshaftlardir.

Antropogen landshaftshunoslik F.M.Milkov va uning shogirdlari tomonidan rivojlantirildi.

Antropogen landshaftlarning turli xii sinflashtirish sxemalari mavjud. Ulardan eng keng tarqalgani inson faoliyati turiga va kelib chiqishiga ko’ra sinflashtirishdir.

Insonni faoliyati turiga qarab 8 ta antropogen landshaftlar turi ajratiladi:Qishloq xo’jalik landshaftlari, o’z navbatida to’rtta sinfchalard an iborat: sug’orma dehqonchilik, o’tloq-yaylov, bog’ va aralash. Sanoat landshaftlari sinfi sanoat ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladi. Eng keng tarqalgan turlari: karer, tashlama, terrikon, karer-tashlama va h.k. Chiziqli yo’llandshaftlari turli xiI yo’llarni qurilishi natijasidahosil bo’ladigan landshaftlardir. Antropogen o’rmon landshaftlari sinfi madaniy o’rmontarva kesilgan o’rmonlar o’rnida vujudga kelgan ikkilamchi o’rmonlardan iborat. Gidrogen landshaftlar sinfi suv omborlaridan, hovuzlardan,kanallardan iborat. Rekreatsiya landshaftlari sinfi dam olish zonalari va turizmta’sirida vujudga keladi. Qadimdan odamlar tabiatda ro’y beradigan hodisalarning qaytarilib turishini kuzatib borishgan. Tabiiy jarayonlarning davriy harakatlarini aniqlash ulami bashorat qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Davriy harakatlar ma’lum vaqt davomida qaytarilib turadigan jarayonlardir, agar bu jarayonlarni tarixan bo’lib turishi aniqlangan bo’lsa, ularni kelgusida yana bo’lishehtimoli katta.

Previous articleOperatsion tizimlar va ularning turlari (referat)
Next articleTabiiy sharoit va tabiiy resurslarning xo’jalik tarmoqlarini joylashtirishga ta’siri