Zahiriddin Muhammad Bobur haqida to’rtliklar

0

Заҳириддин Муҳаммад Бобур ҳақида қитъалар Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qit’alar Захириддин Мухаммад Бобур хакида китъалар


To’rtliklar

Tutmag’il, ey gul, ravokim, ishqing ichra har g’arib,
Erga bosh qo’yg’ay xazon yafrog’i yanglig’ sarg’arib.
Shaxrdin bezor bo’lsa, ne ajab, bezar kishi,
Ishq aro bemor bo’lsa, tong emas, bemar g’arib.

YOr ko’b bemehrdur, tole’ base noi’tamid,
Vahki, kun-kundin bo’lurmen o’z-o’zimdin noumid.
Vasl borgondek ko’nguldin, bordi ilgimdin ko’ngul,
Ne menga andin xabardur, ne anga mundin navid.

Kelki, bormay, seni ko’rmay yuz tuman armon bila,
Maqdamingda naqdi umrum sarf aylay jon bila.
Necha istarsen mening dardimg’a darmon, ey tabib,
Ishq dardi yaxshi bo’lg’aymu ekin darmon bila?

Necha mehrsizliktin hijron yo’lig’a borg’ay?
Kim bu yo’ldin, ey ko’ngul, ul quyoshni qaytarg’ay?
Hech eshitmayin so’zni, g’amga soldilar o’zni,
YO ko’ngulni, yo qo’zni, — qaysi birisin qarg’ay?

Abdussamadi Tarxon, ishrat bila bo’l beg’am,
Abdussamadi Tarxon, ishrat bila bo’l xurram.
El xamdami bo’lg’anda, ishqingda g’amu mehnat,
Abdussamadi Tarxon, ishrat bila bo’l hamdam.

Xayol etsam ul belni, hol eltadur,
Meni beli sori xayol eltadur.
Qadining xayolin ko’z asrab magar,
Ko’ngul ravzasig’a nix,ol eltadur?

Ey xush ulkim, qilsa g’amdin ko’nglini ogoh, ishq,
Aylasa beg’amlig’ining qissasin ko’tox, ishq.
Vah, ne kun bo’lg’ayki, qovlab aqlu donish xaylini,
Bo’lsa jon birla ko’ngulning kishvarida shoh ishq.

Safar azmini qilding, men boraolmay turub qoldim,
Nazar lutfini qilding mendinu men telmurub qoldim.
Aningdek tund surdi xajr raxshin ul qaroko’zluk,
Yiroqtin yuz alam birla qarosini ko’rub qoldim.

Seni ko’rmaslik ko’ngulga g’am edi, jonimg’a xam,
G’ayrning ko’rmakligi bo’ldi alam uzra alam.
YO sening ko’rmakligingdin g’ayr bo’lsa erdi daf’,
YO seni ko’rmaydururmen, g’ayrni xam ko’rmasam.

Qadi furqati meni duto qilur,
Qoshi xajri qomatimni yo qilur,
Necha g’ayrg’a ul oy vafo qilur?
Necha jonima mening jafo qilur?


  1. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida g’azallari va ruboyilari
  2. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ruboiylar
  3. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qit’alar
  4. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida to’rtliklar
  5. Zahiriddin Muhammad Bobur Masnaviylari
  6. Zahiriddin Muhammad Bobur Fardlar
Previous articleZahiriddin Muhammad Bobur haqida qit’alar
Next articleZahiriddin Muhammad Bobur Masnaviylari