Xivchinlilar sinfi

0

Xivchinlilar sinfi. Xivchinlilarni yashil evglena misolida o’rganamiz. Xivchinlilar tanasi qattiq qobiq bilan qoplangan bir hujayrali hayvonlardir. Ularning tipik vakili yashil evglena hisoblanadi (6-rasm). Ular bitta yoki bir nechta xivchinlar yordamida harakatlanadi.

Рис. 6. Строение зеленой эвглены: 1 – клеточная оболочка; 2 – жгутик; 3 – цитоплазма; 4 – ядро; 5 – хроматофоры; 6 – частица запасных питательных веществ; 7 – глазок; 8 – сократительная вакуоль; 9 – резервуар вакуоли.
6-rasm. Yashil evglenaning tuzilishi: 1 – hujayra qobig‘i; 2 – xivchin; 3 – sitoplazma; 4 – yadro; 5 – xromatoforalar; 6 – zaxira oziq zarralari; 7 – «ko‘zcha»; 8 – qisqaruvchi vakuola; 9 – qisqaruvchi vakuolaning suyuqlik to‘plovchi bo‘shlig‘i

Harakatlanishi va tuzilishi

Yashil evglena ko’lmak suvlarda va hovuzlarda hayot kechiradi. U juda mayda, amyobaga nisbatan 5–10 marta kichik hayvon. Tanasining shakli duksimon bo’lib, oldingi va keyingi tomoni ingichkalashgan. Xivchini vintga o’xshash buralib, uni oldinga siljitadi. Evglena hujayrasi qattiq va qayishqoq yupqa qobiq bilan qoplanganligi tufayli doimiy shaklga ega. Evglena sitoplazmasida bitta yirik yadro, qisqaruvchi vakuola va qizil dog’ga o’xshash «ko’zcha» joylashgan.

Oziqlanishi

Evglena sitoplazmasida yashil tanachalar shaklidagi xromatoforalar bo’ladi. Ulardagi xlorofill pigmenti yordamida evglena fotosintez qiladi. Yorug’lik ta’sirida uning xromatoforala rida organik moddalar hosil bo’ladi. Bu moddalar evglenaning o’sishi, rivojlanishi va ko’payishi uchun sarf bo’ladi. Evglena qorong’ida hayvonlar singari tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. Agar uzoq muddat qorong’i joyda saqlansa, evglena xlorofili yemirilib, hujayrasi rangsiz lanadi; endi u suvda erigan organik moddalarni tana yuzasi orqali shimib oziqlana boshlaydi.  Evglenaning fotosintez qilish xususiyati o’simliklar bilan hay vonlarning bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan ligidan darak beradi.

Nafas olishi va ayirishi. Evglena ham amyoba singari suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Sitoplazmadagi ortiqcha suv va zararli almashinuv mahsulotlari qisqaruvchi vakuola orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.

Ta’sirlanishi. Evglena qizil dog’ ko’zchasi yordamida yorug’likni sezish xususiyatiga ega. Shuning uchun u suvning yorug’ tushib turgan tomoniga qarab harakat qiladi.

Ko’payishi. Evglena amyoba singari ikkiga bo’linish orqali jinssiz ko’payadi. Bo’linish boshlanishi bilan eski xivchinning yonida ikkinchi yangi xivchin hosil bo’ladi. Bo’li nish butun tana bo’ylab shu ikki xivchin hamda yadro o’rtasidan o’tadi.

Sista hosil qilishi. Noqulay sharoit tug’ilganda evglenaning xivchini tushib ketadi; tanasi qisqarib, yumaloqlanadi va qalin qobiq bilan o’ralib sistaga aylanadi.

Volvoks – koloniya bo’lib yashovchi bir hujayrali hayvon

Iflos suvli hovuz va ko’llarda diametri 1 mm keladigan yashil sharga o’xshash volvokslar uchraydi (8-rasm). Volvoks koloniyasi mingga yaqin noksimon ikki xivchinli hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar sharning sirtida joylashgan bo’lib, sitoplazmatik ipchalar yordamida o’zaro bog’langan. Sharning ichi quyuq dildiroq modda bilan to’lgan.

Ayrim xivchinlilar parazit hayot kechiradi. Tripanosoma tropik Afrikadagi xalqlar qoni zardobida yashab, uyqu kasalligini keltirib chiqaradi. Leyshmaniya O’zbekistonning janubidagi ayrim hududlarda va tropik mamlakatlarda uchraydi, odam yuzi va ba’zan qo’l terisida uzoq vaqt tuzalmaydigan yara hosil qiladi.


  1. Xivchinlilar tuzilishi soxta oyoqlilardan qanday farq qiladi?
  2. Evglena yorug’likda qanday oziqlanadi?
  3. Qisqaruvchi vakuola qanday ahamiyatga ega?
  4. Evglena qanday ko’payadi?
  5. Nima sababdan volvoks koloniyali hayvonlarga kiritiladi?
  6. Tripanosoma odamga qanday yuqadi?
  7. Xivchinlilarning qaysi xususiyatlari o’simlikka o’xshaydi?
Previous articleJuma namozi – Juma kuni, uqish tartibi va rakatlari
Next articleInfuzoriyalar va sporalilar sinflari