Yerning quyosh atrofida aylanishi

0

Yer Quyosh atrofini 365 sutka va 6 soatda bir marta to‘liq aylanib chiqadi. Hisobga to£g‘ri bo‘lsin deb bir yil 365 kun deb qabul qilingan. Shunda har yili 6 soatdan yig‘ilib, 4 yilda 24 soat, ya’ni bir sutka bo‘ladi. Shuning uchun har uch yildan keyin to‘rtinchi yil 366 kun bo‘ladi. Bu yil kabisa yili deyiladi. Shu yili fevral oyi 28 kun emas, 29 kun hisoblanadi.

Nega yil fasllari almashinib turadi? Buni tushunish uchun 14-rasmni tahlil qilamiz. Rasmda Yerning Quyosh atrofida aylanayotgan turli vaqtlaridagi holati tasvirlangan. Iyun oyida Shimoliy yarimshar Quyoshga ko‘proq qarab turadi. 22-iyunni yozgi Quyosh turishi kuni deyiladi. Quyosh ufq ustida eng baland ko‘tariladi. Shimoliy yarimsharda yoz, Janubiy yarimsharda esa qish bo‘ladi. 21-mart va 23-sentabr kunlari esa Quyosh ikkala yarimsharni bir xilda yoritadi. Bu kunlarni bahorgi va kuzgi teng kunlik deyiladi. 22-dekabrda esa Yer Janubiy yarimshari bilan Quyoshga qarab turadi. Shimoliy yarim sharda kun eng qisqa, tun esa eng uzun bo‘ladi. Bu vaqtda Janubiy yarimsharda yoz, Shimoliy yarimsharda esa qish bo‘ladi. 22-dekabrni Quyoshning qishki turish kuni deyiladi.

14-rasm. Yerning Quyosh atrofida yillik aylanishi
14-rasm. Yerning Quyosh atrofida yillik aylanishi

Qutbiy doiralar qutb kuni va qutb tuni bo‘ladigan joylarning (66,5° shimoliy va janubiy kengliklar) chegarasidir. Shu chegarada yozda bir sutka qutb kuni va qishda bir sutka qutb tuni bo‘ladi. Qutblarda esa qishda yarim yil tun, yozda yarim yil kunduzi bo‘ladi.

Tropik chiziqlar

Tropik chiziqlar. Globus, Yarimsharlar xaritalarida 23,5° shimoliy va 23,5° janubiy kengliklardan uzuq-uzuq chiziqli parallel o‘tkazilgan. Bu parallel tropik chiziqlardir. Shimoliy yarimshardagisi Shimoliy tropik, Janubiy yarimshardagisi Janubiy tropik deyiladi.

Quyosh yozgi turishi kunida Yer yuzining shu kengliklarida tush vaqtida qoq tepa(zenit)ga keladi. Ertasidan boshlab Quyoshning P ufqdan balandligi asta pasaya boshlaydi. Janubiy va Shimoliy tropik chiziqlari oralig‘ida bir yilda Quyosh ikki marta qoq tepaga keladi. Shimoliy tropikdan shimolda va Janubiy tropikdan janubda esa QuO yosh hech qachon qoq tepa(zenit)ga kelmaydi. Q yerning issiqlik mintaqalari. Quyoshdan keladigan issiqlik va So yorug‘lik Yer yuzida bir xilda taqsimlanmaydi (Nimaga?). Ekvatorning ikki yonida Shimoliy va Janubiy tropiklargacha bo‘lgan joylarga eng ko‘p issiqlik va yorug‘lik keladi. Bu yerlarda Quyosh ufqdan baland ko‘tarilib, yil bo‘yi quruqlik va okeanlarni qattiq isitadi. Bu joylar Yerning issiq (tropik) mintaqasidir.

Tropik chiziqlar bilan qutbiy doiralar oralig‘i Quyoshdan kamroq yorug‘lik va issiqlik oladi. Bu yerlar mo tadil (o‘rtacha) mintaqalardir.

Qutbiy doira (66,5° shimoliy va janubiy kenglik)lardan qutblargacha I bo‘lgan joylarga Quyoshdan yanada kam yorug‘lik va issiqlik yetib pq keladi. Bu yerlar qutbiy (sovuq) mintaqalar deb ataladi.


  1. 1. Kabisa yili qanday yil? Kabisa yilidagi ortiqcha bir kun qa- yerdan kelib qolgan?
  2. Quyosh turishi kunlari deb qaysi kunlarga aytiladi?
  3. Tropik chiziqlar qaysi geografik kengliklarga to‘g‘ri keladi?
  4. Yerda qanday issiqlik mintaqalari bor?
Previous articleBiosfera va noosfera to’g’risidagi ta’limot
Next articleZoologiya fani va uning vazifalari