Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi

0

Ёмгир / ёмғир чувалчангининг ички тузилиши. Ҳазм қилиш системаси. Хазм килиш системаси.


Hazm qilish sistemasi

Chuvalchangning og‘iz teshigi tanasi oldingi uchida, birinchi tana bo‘g‘imi ostida joylashgan. Og‘iz qisqa halqum orqali qizilo‘ngachga tutashgan (26-rasm).

Qi zilo‘n gachning kengaygan keyingi qismi jig‘ildon deb ataladi. Jig‘ildon esa kichikroq oshqozonga ochiladi. Oshqozondan tana ning keyingi tomoniga qarab ichak ketadi.

Chuvalchanglar chiri yotgan o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi; chirindini tuproq bilan birga ichagidan o‘tkazadi. Oziq ichakda hazm shirasi ta’sirida o‘zlashtiriladi. Oziq tarkibidagi moddalar qonga so‘riladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi anal teshigi orqali tashqariga chiqariladi.

Qon aylanish sistemasi

Qon aylanish sistemasi dastlab halqali chuvalchanglarda paydo bo‘lgan. Yomg‘ir chuvalchangi qon aylanish sistemasi o‘zaro tutashgan yirik orqa va qorin qon tomirlaridan iborat (26-rasm). Bu ikki yirik qon tomir halqa tomirlar orqali o‘zaro tutashgan. Qizilo‘ngach atrofida joylashgan 5–6 ta yo‘g‘on halqa tomirlarning devori muskullar bilan ta’minlangan.

Bu tomirlar qisqarish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli «yurak» deb ataladi. Halqa va yirik qon tomirlardan ta nadagi turli organlarga mayda qon tomirlar tarqaladi. Bu tomirlar organlarda juda mayda tomirlarga ajraladi. Eng mayda qon tomirlar kapillyarlar deb ataladi. Kapillyar tomirlar terida va ichak devorida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Qon orqa tomir bo‘ylab tananing oldingi tomoniga, qorin tomir bo‘ylab orqa tomoniga oqadi. Chuvalchangning qoni faqat qon tomirlarda oqadi. Shu sababdan qon tomirlar yopiq qon aylanish sistemasini hosil qiladi. Qon orqali kislorod va oziq moddalar tashiladi.

Nafas olishi

Yomg‘ir chuvalchangi terisi orqali nafas oladi. Kislorod teri orqali kapillyarlardagi qonga o‘tib, hamma organlarga tarqaladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan karbonat angidrid ham teri orqali chiqib ketadi. Chuvalchang terisi shilimshiq modda bilan namlanib turadi. Nam teri kis lorodni yaxshi o‘tkazadi.

Ayirish sistemasi

Yomg‘ir chuvalchangining ayirish sistemasi tana bo‘g‘imida bir juftdan joylashgan, sirtmoqqa o‘xshash ingichka uzun naychalardan iborat (27-rasm).

27-rasm. Yomg‘ir chuvalchangining ayirish sistemasi: 1 – ayirish naychalari; 2 – naychalar tana bo‘sh lig‘iga ochiladigan uchi; 3 – naychalarning teri sirtiga ochiladigan uchi
27-rasm. Yomg‘ir chuvalchangining ayirish sistemasi: 1 – ayirish naychalari; 2 – naychalar tana bo‘sh lig‘iga ochiladigan uchi; 3 – naychalarning teri sirtiga ochiladigan uchi

Naychalarning bir uchi tana bo‘shlig‘iga, ikkinchi uchi esa teri orqali tashqariga ochiladi. Naychalarning tana bo‘shlig‘iga ochilgan uchi voronkaga o‘xshab kengaygan bo‘lib, juda ko‘p kiprikchalar bilan ta’minlangan. Bu kiprikchalarning harakati tufayli zararli moddalar tana suyuqligi bilan birga naychalarga o‘tadi va teridagi teshikchalar orqali chiqarib yuboriladi.

Halqali chuvalchanglarning xilma-xilligi va ahamiyati

Halqali chuvalchanglar tabiatda katta ahamiyatga ega. Yomg‘ir chuvalchanglarining 180 dan ortiq turi bor. Ular tuproqni yumshatib, suv va havo o‘tishini yaxshilaydi, chirindiga boyitadi. Bir gektar maydonda chuvalchanglar bir yil davomida 250–600 t tup roqni qayta ishlab berishi aniqlangan. Yomg‘ir chuvalchanglari ning ayrim turlaridan chorvachilik va uy-ro‘zg‘or chiqindilarini qayta ishlab, sabzavot va poliz ekinlari uchun qimmatli o‘g‘it hisoblanadigan biogumus olishda foydalaniladi. Yomg‘ir chuvalchanglarining o‘zi ham qushlar, ayrim sutemizuvchilar va tup roq hayvonlari uchun oziq bo‘ladi. Ular uy parrandalari uchun oqsilga boy bo‘lgan to‘yimli oziq hisoblanadi. Parrandalar ozig‘iga chuvalchanglar qo‘shib berilganda ular ko‘p tuxum qiladi.

Chuchuk suvlarda yashaydigan kam tukli qizil chuvalchanglar (28-rasm) suvni har xil ifloslikdan tozalab, sanitarlik vazifasini bajaradi. Ular turli suv hayvonlari, shu jumladan, baliqlar uchun asosiy oziq hisoblanadi. Chuchuk suv chuvalchanglari akvarium baliqlari uchun yemish sifatida ko‘paytiriladi.

28- rasm. Har xil halqali chuvalchanglar: 1 – nereida; 2 – o‘troq yashovchi den giz ko‘p tuklisi; 3 – qizil chualchang
28- rasm. Har xil halqali chuvalchanglar: 1 – nereida; 2 – o‘troq yashovchi den giz ko‘p tuklisi; 3 – qizil chualchang

Ko‘p tuklilar sinfi

Ko‘p tuklilar dengizda suzib yuradi yoki dengiz tubida yopishib yashaydigan 5 000 turni o‘z ichiga oladi.

Dengizlarning tubida hayot kechiradigan halqali chuvalchang nereidaning boshi tanasidan alohida ixtisoslashgan; tanasi ko‘p miqdorda uzun tuklar bilan qoplangan. Tuklar tananing ikki yonidagi muskulli o‘simtalarda to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Chuvalchanglar o‘simtalar yordamida suzadi yoki suv tubida o‘rmalab yuradi. Bu o‘simtalar ilk bor paydo bo‘lgan oyoqlar hisoblanadi. Ular baliqlar uchun asosiy oziq hisoblanadi.

Zuluklar sinfi

Zuluklarga chuchuk suvlarda yashab, umurtqali hayvonlar qonini so‘radigan yoki yirtqich hayot kechiradigan 400 ga yaqin tur kiradi. Tibbiyot zulugidan tibbiyotda qon tomiri kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Bu zuluk maxsus zavodlarda ko‘paytiriladi.

Halqali chuvalchanglarning kelib chiqishi

Halqali chuvalchanglar erkin yashovchi qadimgi yassi chuvalchanglardan kelib chiqqan. Dengizlarda yashovchi ko‘p tukli halqalilar lichinkalari tanasida kipriklar bo‘lishi, uning ayirish sistemasi ning kiprikli yassi chuvalchanglar sistemasiga o‘xshash bo‘lishi ana shundan dalolat beradi. Kam tukli halqali chuvalchanglar esa ko‘p tukli halqalilardan kelib chiqqan.


Savol

  1. Yomg‘ir chuvalchangi hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?
  2. Qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan?
  3. Qon qanday vazifani bajaradi?
  4. Yomg‘ir chuvalchangi qanday nafas oladi?
  5. Chuvalchangning ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
  6. Halqali chuvalchanglar qanday ahamiyatga ega?
  7. Halqali chuvalchanglar qanday kelib chiqqan?

1. Yomg‘ir chuvalchangining ayirish sistemasi:

a) ko‘p shoxlangan naychalardan iborat;
b) orqa chiqarish teshigiga ochiladi;
c) sirtmoqsimon egilgan ingichka naychalardan iborat.

2. Yomg‘ir chuvalchangida yurak vazifasini:

a) ichak usti qon tomiri bajaradi;
b) halqum halqa qon tomirlari bajaradi;
c) ichak osti yirik qon tomiri bajaradi.

Previous articleYomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi, nerv sistemasi va rivojlanishi
Next articleQorinoyoqli mollyuskalar sinfi