«Zarbulmasal» asari haqida

0

«Зарбулмасал» асари ҳақида, «Зарбулмасал» асари хакида, «Zarbulmasal» asari haqida.


Ta’kidlanganidek, zarbulmasal masallar yig’indisi demakdir.

Masal so’zi bir vaqtlar maqol qo’shib gapirish, o’xshatishlar qilish, dalil keltirish ma’nolarini ham anglatadi.

Zarbulmasalda u yoki bu hikoya tarkibida, ularning xulosasi o’rnida maqol, matallar keltiriladi. Zarbulmasal adabiyotimiz tarixida o’ziga xos ta’sirchan adabiy janr sifatida yashab kelgan. Zarbulmasal ko’proq axloqiy-ta’limiy hikoyalardan iborat bo’lib, maqol, matallar, ularning tarbiyaviy xulosasini o’zida mujassam etadi. Bu janrdagi asarlarning asosiy xususiyati ularda majoziy usul qo’llanilishi, ya’ni voqea va hodisalar hayvonlar, qushlar tilidan hikoya qilinishini bilib oldingiz. Asarlarning mualliflari tanqid qilinajak kishilar ta’qibidan cho’chib shu usulni qo’llaganlar.

Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarida ham garchi Buxoro, Qo’qon singari joy nomlari aniq ko’rsatilsa-da, u yerlarni boshqargan hukmdorlar, turli darajadagi zodagonlar fe’l-atvori qushlar timsolida ifoda etiladi.

«Zarbulmasal» tarkibidagi mashhur masallardan biri «Maymun bilan Najjor» masali hisoblanadi. Bu masalda tasvirlanishicha, Hindistonning Kashmir viloyati atrofidagi tog’da bir maymun rohat-farog’atda, o’rmondagi daraxtlarning behisob mevalaridan xohlaganicha totinib, umrguzaronlik qilar edi. Nogoh bu tog’ o’rmoniga bir najjor, ya’ni duradgor yog’och kesish uchun keladi. U bir daraxtni kesib, boshqasiga ketar ekan, u joyda teshasini unutib qoldiradi. Najjorning yumushini kuzatib turgan maymunga uning hunari oddiy bir ishdek tuyuladi. Xayoliga keladiki, bu ishni o’zi qoyillatib, kelgusi avlodlariga ham osongina o’rgatib qo’ysa. Najjorning yo’qligidan foydalangan maymun chala qolgan daraxtni kesmoq uchun uning ustiga minib, ishni o’zicha davom ettiradi. Shunda daraxt tanasi orasiga qistirilgan pona chiqib ketib maymunning dumini qisib qoladi. Jon holatda bu ahvoldan qutulmoqni istagan maymun dumining bir qismi daraxt orasida qolib ketadi.

Harqalay, shoir bu masal orqali aytmoqchi bo’lgan fikrni angladingiz. Har qanday hunarning o’ziga xos sir-u sinoati, yillar davomida o’zlashtiriladigan nozik jihatlari bo’lishini anglamaguncha kishi biror natijaga erishishi mumkin emasligi ma’lum, albatta. Ustoz ko’rmagan shogird har maqomga yo’rg’alar deganlaridek, masaldagi o’zbilarmon maymun ham ayanchli, ham kulgili holga tushadi. Hamma zamonlarda bo’lgani singari, Gulxaniy zamonida ham qo’lidan kelmagan ishga urinib dovruq topmoqchi bo’lgan, natijada ham o’zini, ham xalqni qiynaydigan turli darajadagi kishilar ko’plab uchragan. Mazkur masalni mana shunday kishilarga nisbatan shoirning achchiq kinoyasi, xolis bahosi deb tushunish to’g’ri bo’ladi.


Savol va topshiriqlar

  1. Gulxaniy haqida bilganlaringizni gapirib bering.
  2. «Kabutar bilan Zog’» hikoyatidan qanday ma’no uqdingiz?
  3. Qo’lidan kelmagan ishga uringan kishi, albatta, sharmandabo’ladi degan fikr qaysi masalda aks etgan?
  4. «Tuya bilan Bo’taloq» hikoyati nima haqida? Bo’taloq onasidan nega xafa bo’ldi? Ona tuyaning javobini sharhlang.
  5. «Toshbaqa bilan Chayon» hikoyati mazmuni orqali qandayibratli fikr ilgari surilgan? Tushuntirib bering.
  6. O’z ahvolidan doim shikoyat qilib yurish, noshukurlik illatlarifosh qilingan hikoyani topib sharhlashga urinib ko’ring-chi.
  7. «Yodgor po’stindo’z» hikoyalarida qanday xulqli odamlarhajv qilinadi?
  8. «Zarbulmasal»dan keltirilgan naqllardagi odamlarning latifanamo holatini sharhlang.
  9. «Zarbulmasal» deb qanday asarga aytiladi?
  10. Daftaringizga «Zarbulmasal»dagi maqol va iboralarni ko’chirib oling. Ularni hozirgi maqollar bilan taqqoslang.
Previous article«Zarbulmasal» masalia
Next articleAvaz O’tar hayoti va ijodi