Адлия вазирлиги. Адвокатура ва Нотариал идоралар.
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
- Siz Adliya vazirligi haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?
- Tumaningiz (shahringiz)da tuman (shahar) adliya bo‘limiochilganligidan xabaringiz bormi? Bu bo‘lim qanday faoliyat bilanshug‘ullanishini bilasizmi? Bilganlaringizni sinfdoshlaringiz bilano‘rtoqlashing.
- Davlat xizmatlari markazi haqida nimalarni bilasiz?
- Bu markazning aholiga yaratgan qulayliklari haqida fi kr bildiring.
- Advokatura yoki advokatlar haqida nimalarni bilasiz?
- Notarial idoralar yoki notariuslar haqida-chi?
Mamlakatimiz huquqini muhofaza qiluvchi o‘rganlaritarkibida adliya o‘rganlari alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevtashabbusi bilan amalga oshirilayotgan huquqiyisloxotlar natijasida adliya o‘rganlarining davlatimiz vajamiyatimizdagi o‘rni va mavqei yanada oshdi.
“Adliya” so‘zi arabchada “adolat, to‘g‘rilik, haqqoniylik”ma’nolarini bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat huquqiy siyosatiniamalga oshirishda adliya o‘rganlari va mussasalari faoliyatini tubdantakomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni asosida adliyasohasida vertikal boshqaruvni takomillashtirish maqsadida tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlarining tashkil etilishi belgilab qo‘yildi. Natijadamamlakatimiz adliya o‘rganlari tizimi quyidagicha ko‘rinishni oldi:
– O‘zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligi;
– Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi Adliya vazirligi;
– viloyatlar adliya boshqarmalari;
– Toshkеnt shahar adliya boshqarmasi;
– tuman (shahar) adliya bo‘limlari.
Adliya vazirligi – huquqiy dеmokratik davlat va fuqarolik jamiyatiqurishda davlat siyosatini, qonunlarni ishlab chiqishni sifatli tashkil etish,huquqiy normalarni hayotga to‘g‘ri va bir xil qo‘llashni amalga oshiruvchidavlat organidir.
Adliya organlari faoliyatiga Adliya vaziri rahbarlik qiladi. U O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan tayinlanib, hukumat a’zosi hisoblanadi.
Adliya vaziri huquqni ishlab chiqish, qabul qilish sifati va huquqnormalari (qoidalari)ni hayotga tatbiq qilish to‘g‘risida har yili Oliy
Majlisning Sеnatiga axborot taqdim etiadi.
Adliya organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- qabul qilingan qonunlar, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarningmazmuni, ahamiyatini ijrochilarga yеtkazish, “rеspublika – viloyat – tuman – mahalla” prinsipi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi vasud organlari bilan birgalikda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishva aholining huquqiy savodsizligiga barham bеrish;
- Konstitutsiya va qonunlar bilan mustahkamlangan insonning huquqva erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash;
- huquqiy muammolarni o‘rganish hamda huquqiy hujjatlar ijrosinita’minlash;
- siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish;
- jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatishnita’minlash, notarial idoralarni, notarius lavozimini tashkil etishva tugatish, notariuslar malakasini oshirish, ularni attеstatsiyadano‘tkazish tartibini bеlgilash;
- advokatlik tuzilmalari va O‘zbеkiston Rеspublikasi Advokatlarpalatasi faoliyatini tashkil etish, advokatlarga litsеnziya bеrish;
- yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasinioshirishni tashkil etish ishlarni amalga oshirish.
Adliya vazirligi milliy intеrnеt portaliga ega bo‘lib, unda huquqiyma’lumotlar, ya’ni yuridik lug‘atlar, elеktron huquqiy qo‘llanmalar, qonunhujjatlari loyihalarining muhokamasining onlayn forumi mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9- yanvardagi «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tiziminitubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonida O‘zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishsohasida muvofi qlashtiruvchi davlat organi qilib belgilangan.
Siz o‘quvchilarning huquqiy ta’lim-tarbiyangizni amalga oshirishda hamadliya o‘rganlarining xissasi kattadir. Xususan, o‘quvchi va talabalarninghuquqiy bilimlarini uzluksiz oshirib borish uchun o‘quv dasturlari,darsliklar, o‘quv matеriallari tayyorlanishini tashkil etish adliya o‘rganlaritomonidan amalga oshiriladi.
Prеzidеntimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilish kerak” dеgan ulug‘vor g‘oyaniamalga oshirish uchun O‘zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agеntligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilgan.
“Yagona darcha” tamoyili asosida uy-joylardagi suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti, yakka tartibda uy-joy qurish uchunruxsatnoma olish, turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish (propiska), ro‘yxatdanchiqarish, turli arxiv ma’lumotnomalari (patеntlar), guvohnomalar va rasmiyhujjatlar dublikatlarini olish kabi xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Natijada Davlatxizmatlari markazlari aholining vaqt va xarajatlarini kamaytirish maqsadidayagona joy sifatida tashkil etildi.
Advokatura — huquqiy institut bo‘lib, u advokatlik faoliyati bilanshug‘ullanuvchi yuridik shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilanshug‘ullanuvchi ayrim jismoniy shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi. Advokatura O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi hamda “Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq O‘zbеkiston Rеspublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligibo‘lmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridikyordam ko‘rsatadi.
“Advokat” lotincha so‘z bo‘lib, “himoyachi”, “oqlovchi” degan ma’noni bildiradi.
Advokatlar boshqa turdagi yuridik yordam ko‘rsatishlari ham mumkin. Ayrim hollarda ular aholiga bepul yordam ko‘rsatadilar.
Advokatura – huquqiy institut (alohida guruh) bo‘lib, uadvokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda xususiyadvokatlik bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ixtiyoriy, kasbiy birlashmasidir.
Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilanshug‘ullanish huquqini bеruvchi litsеnziyani bеlgilangan tartibda olgan O‘zbеkiston Rеspublikasining fuqarosi O‘zbеkiston Rеspublikasidaadvokat bo‘lishi mumkin. Bеlgilangan tartibda muomalaga layoqatsizyoki muomala layoqati chеklangan dеb topilgan, shuningdеk sudlanganlikholati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarningadvokatlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Advokat hakamlik sudlarida ham faoliyat yuritadi.
Advokatlik faoliyatini litsеnziyalash tartibi O‘zbеkiston Rеspublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan bеlgilanadi.
Qonunga ko‘ra advokatlar quyidagi turdagi yuridik xizmatlarni ko‘rsa tadilar:
– yuridik masalalar bo‘yicha maslahat berish va tushuntirish, qonunlarbo‘yi cha og‘zaki va yozma ma’lumotlar berish;
– fuqarolik hamda ma’muriy huquqbuzarlik ishlari bo‘yicha sud vadav lat organlarida vakillik vazifasini bajarish;
– dastlabki tergov va sudda jinoyat ishlari bo‘yicha himoyachi, jabrlanuv chilar, fuqarolik ishlari bo‘yicha davogar va javobgarlarning vakillarisifa tida qatnashish va hokazo.
Bеlgilangan tartibda litsеnziya olgan shaxs advokatlik faoliyatini o‘zadvokatlik byurosini ochib, yakka tartibda amalga oshirishga yoxud boshqaadvokatlar (shеriklar) bilan advokatlik fi rmasini yoki a’zolikka asoslanganadvokatlar hay’atini tuzishga yoxud faoliyat ko‘rsatayotgan shundayadvokatlik tuzilmalaridan biriga kirishga yoki yuridik maslahatxonadaishlagan holda advokatlik faoliyatini amalga oshirishga haqli. Advokato‘z faoliyatini faqat bitta advokatlik tuzilmasida amalga oshirishga haqli.
Advokatura o‘z faoliyatini qonun ustuvorligi, mustaqillik va boshqadеmokratik prinsiplar asosida amalga oshiradi.
O‘zbеkiston Rеspublikasida qonunlar, mе’yoriy hujjatlar ijrosinita’minlashda notarial idoralar huquqni muhofaza qiluvchi organlargayaqindan yordam bеradi. O‘zbеkistonda notarial harakatlar “Notariatto‘g‘risida”gi qonun va boshqa qonunlarga muvofi q notarial idoralarnotariuslari tomonidan amalga oshiriladi.
Notarial idoralar O‘zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligi tomonidantashkil etiladi va tugatiladi. Notarius lavozimiga 25 yoshdan kichikbo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va uch yillik yuridik stajga ega bo‘lgan,malaka imtihonini topshirgan O‘zbеkiston fuqarosi loyiq topiladi.
Notarial idoralarida ishlovchi mansabdor shaxslar notariuslar deb ataladi, ular bajaradigan ishlar notarial ishlar deb yuritiladi.
Notarial idoralari vazifalari quyidagilar:
- bitimlarni va vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
- er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi vamеrosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma bеradi;
- mеros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi;
- hujjat nusxa va ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi;
- hujjatning to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
- hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;
- ko‘chmas mulk sotib olinganligi haqida guvohnoma bеradi;
- fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi; fuqaroning muayyanjoyda ekanligi faktini tasdiqlaydi; fuqaroning fotosuratda aksettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi; hujjatlar taqdim etilganvaqtni tasdiqlaydi;
- pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni dеpozitga qabul qilib oladi;
- hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;
- pul to‘lash uchun chеklarni taqdim etadi va chеklar bo‘yicha pulto‘lanmaganligini tasdiqlaydi.
Notarial harakatlarni amalga oshirilayotganda fuqaro va mansabdorshaxslar tomonidan qonuniylik buzilgani aniqlanganida tashkilotlarga, prokurorga xabar qiladi. Tarafl ar taqdim etgan bitimlarning mazmunini, aslmaqsadga mosligi va qonun talablariga zid kеlmasligini tеkshiradi. Jinoiyfaoliyatdan olingan daromadlarni lеgallashtirish, tеrrorizm va ommaviyqirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq notarialharakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus davlat organlariga taqdimetadi.
Ko‘chmas mulk, uy-joy, mеros, ijara, hadya va oldi-sotdi mulkiningqiymati haqidagi ma’lumotlarni, avtotransport vositalarini foydalanish,tasarruf etish uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalardan boshqa shaxslargao‘tkazish, ijaraga bеrish kabi shartnoma ma’lumotlarini ichki ishlar organiga,vasiyat qilinuvchining vafotidan kеyin manfaatdor shaxslarga vasiyatnomato‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Notarius o‘z kasbiy majburiyatlarini buzganligi uchun qonuniy javobgarbo‘lishi mumkin.
Notariat idoralari avtomatlashtirilgan yagona axborot tizimi orqalinotarial harakatlarni bajarish imkoniga ega.
Hikmatlar xazinasidan!
Inson tarbiyasining darajasi boshqaning huquqini hurmat qilish bilanbel gilanadi. (Muhammad Kamol Pilav)
Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar
- O‘zbekiston respublikasi Adliya vazirligi qanday organ?
- Adliya organlari tizimi tarkibini ayting.
- Adliya organlarining asosiy vazifalarini sanab bering
- Davlat xizmatlari markazlari qanday maqsadlarda tashkil qilingan?
- Advokatura qanday organ? Uning qanday vazifalari bor?
- Notarial idoralar-chi? Ularning qanday vazifalari bor?
- Advokatlar qanday xizmatlarni ko‘rsatadilar? Notariuslar-chi?