Bolaning ko‘ngli poshsho (Bolalik qissasidan)

0

…Ko‘cha bugun jonlangan. bo‘zchilar tanda[1] yoyib, ipni ko‘k bo‘yoqqa bo‘yaydilar, bir tomoni dag‘al, qilli, g‘o‘laday og‘ir asbobni tanda ustid an yuritib, ipni silliqlaydilar. bo‘zchilarning ko‘pi qari-qartang odamlar. Sal sho‘хlik qilsang: «G‘ivillama oyoq ostida!» – deb jerkishadi ular.

Men ariq labidan bir parcha loy olib «poq-poq» o‘ynab o‘tirsam, uyidan o‘rtog‘im A’zam otilib chiqadi. ko‘zlari allanechuk besa ranjom. Qarasam, qo‘lida bir tilim handalak. men unga: «Shirinmi?» deb tikilaman. U havasim kelganini biladi, shekilli, qo‘lini orqasiga oladi-da, boshini liqillatib maqtanadi: – dadamlar olib keldilar, yana bor. Ah, shirin…

Men loyni otaman. yugurib mirahmad otaning uyiga kiraman. Supuriqsiz, qarovsiz qolgan keng hovlida juda baland, beo‘хshov eski paхsa devorli хonaning kichkina, shaloq darchasi oldida bobom o‘rtog‘i bilan gaplashib o‘tiribdi. men pinjiga tiqilaman:

– Buva, handalak…

Chol quloq solgisi kelmaydi, hassasining uchi bilan yerni urib, gapiradi:

– Bilaman, bilaman, musulmonqulning odami edi u, shaytonga dars berardi…

– Balli, esingizda ekan… – eski do‘ppili boshini og‘ir chayqab, so‘zini davom ettiradi mirahmad ota: – Ana shu oqpadarga qamti kelib qolsam bo‘ladimi! U otda, men yayov. Qo‘limda shashpar[2]… o‘ziyam devday baquvvat, zug‘umli yigit edi-da…

Men chollarning gapiga beiхtiyor berilaman. dam bobomga, dam uning o‘rtog‘iga tikilaman. Ular allaqanday хonlar, beklar, qo‘rg‘onlar, urushlar to‘g‘risida so‘zlashadi. Allakimlar qandaydir katta darvozalarni berkitib qo‘ygan, kimlardir shaharga suv bermagan, bog‘dorlar qaylargadir qochib ketgani uchun bog‘larda mevalar pishib, sasib-chirib ketgan. Bu gaplar menga ertakdan ham qiziq tuyuladi. Nihoyat, chollar jim bo‘lishadi, go‘yo yoshliklarini sog‘inganday, boshlarini quyi solishadi. Men bobomning qo‘lidan tortaman:

– Handalak…

– Tek tur, huvari. hali pishgani yo‘q… – deydi bobom.

Men yana qistayman. Qo‘lidan astoydil tortaman. mirahmad ota meni aldamoq uchun gavronday hassasini qo‘ldan qo‘lga chaqqon olib, хirillagan ovoz bilan qandaydir qiziq ashula aytib beradi.

Yo‘q, menga kor qilmaydi. Aхiri, bobom o‘rtog‘iga deydi:

– Nima qilamiz? bola. bolaning ko‘ngli poshsho…

Bu gapning ma’nosiga tushunaman. Chunki men o‘z tilagimni unga qabul qildirsam, u har vaqt atrofdagilarga yoki o‘z-o‘ziga shun day deb qo‘yardi.

Bizning uydan tor ko‘cha bo‘ylab yuz qadamcha yurilsa, tosh terilgan katta ko‘chaga – «oqmachit» mahallasiga chiqiladi. bu yer – da uchta do‘kon bor: biri qassoblik, ikkisi baqqollik. musa baqqolning do‘koni ko‘zimga har vaqt quruq ko‘rinadi. U faqat sabzi, piyoz, un, kerosin sotadi. Ammo muloyim, shirinso‘z, sersoqol kek sa Sobir baqqolda esa pashshalardan qoraygan shoda-shoda teshikkul cha, «ot non»lardan, qurtlagan jiyda va turshaklardan tortib, to  toshko‘mir, quruq beda, «makkaisano»[3]gacha har narsa topiladi. biz shu do‘konga boramiz. Sobir baqqol ohangdor mayin ovoz bilan: «barakalla, azamatcha, buvalari to‘ylarini ko‘rsin», – deb meni erkalab qo‘yadi.

Bobom qalashib yotgan handalaklardan bitta kichkinasini oladida, hidlab qo‘limga tutqazadi, keyin bahosini so‘raydi. baqqol bir nima deydi. bobom o‘siq qoshlarini chimirib, bir qaraydi-da, uzun, keng oq surp ko‘ylagining cho‘ntagidan bir necha chaqa chiqaradi, har birini ko‘ziga yaqin tutib, obdan tikilib, baqqolning oldiga tashlaydi. Sobir baqqol boshini chayqaydi.

– Bo‘lmaydi, otajon, picha qo‘shing, – deydi.

– Bas. bahosi yaхshi bo‘ldi, – deydi bobom jerkib, uyga buriladi.

Sobir baqqol orqadan yana astoydil qichqiradi:

– Dadaqo‘zi ota, bir nima qo‘shmasangiz bo‘lmaydi!

Bobom unga qiyo boqmaydi. Tor ko‘chaga kirgach, o‘z-o‘zicha gapirib ketadi: «insof bilan sot-da. og‘zingga siqqanicha aytaverasanmi!» keyin mendan ham ranjiydi: «Tentak, sabrni bilmays an. bozordan kattasini olib kelardim».

Men handalakni qo‘ltiqlaganimcha shamolday yuguraman. Ayvonda do‘ppimi, jiyakmi tikib o‘tirgan onamdan pichoq so‘raym an. Akam ham, bir chekkada nimanidir o‘zicha chatib-tikib o‘tirgan opam ham sevinishadi. mana, chol ham asta kirib keladi.

– Qimmatga oldim. bozorga tushardim-u, lekin ko‘nmadi o‘g‘-ling, – deydi u onamga. – bolaning ko‘ngli tilla… omon bo‘lsin, orqamda qolsin. bu tentakni juda yaхshi ko‘raman.

Shundan keyin chol har ikki-uch kunda eshikdan terlab-pishib kiradi, qo‘ynidan kattaligi piyoladay «yo‘l-yo‘l» handalakni chiqa rib beradi, keyin onamgami, buvimgami bozorning g‘ovurg‘uvuridan shikoyat qiladi…

*  *  *

Qissadan olingan kichkinagina lavhadayoq biz o‘zimizni birda niga yozuvchi bolaligi kechgan davrga tushib qolgandek his qilamiz. Ko‘z oldimizda xx asrning boshlaridagi ko‘hna Toshkentning g‘ala-g‘ovur ko‘chalari namoyon bo‘ladi.

Bo‘zchilarning o‘z ishlarini ko‘chaga olib chiqqanlaridan bilamizki, ularning hovlilari unchalik katta emas. Qolaversa, qorong‘i qishda tor hovlida dimiqqan, zerikkan keksa hunarmandlar bahor quyoshidan bahra olgilari keladi. Aхir, issig‘i handalakni pishirishga yetib qolgan quyosh ning tafti kimning taniga yoqmaydi, deysiz…

Yosh musoning «ariq labidan bir parcha loy olib «poq-poq» o‘ynab» o‘tirishidan ham kunlarning ancha isib qolgani bilinadi.

Oybek bolalar хarakterini shu darajada yaхshi biladiki, yozuvchi tasvirida ular juda tabiiy gavdalanadi. A’zamning oхirgi maqtovi – «Ah, shirin…» – degani musoning barcha sabr-u bardoshiga nuqta qo‘yadi. Uning ko‘ziga o‘zi suygan mashg‘ulot – «poqpoq» o‘ynash ham birdan ko‘rinmay qoladi: «men loyni otaman. yugurib mirahmad otaning uyiga ki raman…» mirahmad otaning hovlisi keng bo‘lsa-da, uning supuriqsiz, qarovsiz qolganidan bu uydagi yosh-yalang boshiga biror ko‘rgilik tushgani seziladi…

Shu hovlida ikki qariya хuddi suvdek oqib o‘tib ketgan yoshlik davrlarini eslab o‘tirishibdi. bola guvoh bo‘lgan suhbatidan anglashi ladiki, ularning ayni kuchga to‘lgan paytlari musulmonqul lar, ya’ni Qo‘qon хonligi davriga to‘g‘ri kelgan. (Siz keksalarn ing «allaqanday хonlar, beklar, qo‘rg‘onlar, urushlar to‘g‘risidagi so‘zlari», «allakimlar qandaydir katta darvozalarni berkitib» qo‘ygani, «kimlardir shaharga suv bermagani» haqidagi suhbatining asl ma’nosini yuqori sinflarda, albatta, bilib olasiz. masalan, Abdulla Qodiriyning «o‘tkan kunlar» romanida ham shu hodisalar haqida hikoya qilinadi.)

Agar «bolalik» qissasini topib, to‘liq o‘qib chiqsangiz, juda qiziq voqealarga boy bu asar oybekning bolaligi, o‘smirligi to‘g‘risidagi tasavvurlaringizni kengaytirishi aniq.


[1] Tanda – mato to‘qish uchun uzunasiga tortilgan ip, o‘rish.

[2] Shashpar – uchiga yumaloq, g‘adir-budur temir o‘rnatilgan uzun dastali gurzi, cho‘qmor.

[3] makkaisano – tropik va subtropik o‘lkalarda o‘sadigan ko‘p yillik buta va daraxtlarning umumiy nomi, ularning surgi dori sifatida qo‘llaniladigan bargi.


Savol va topshiriqlar

  1. Oybekning bolalik mavzusida yozgan asarlari nomini sanab, ularning biri to‘g‘risida kengroq ma’lumot bering.
  2. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasi adibning qaysi qissasidan olingan? Siz bu asarni to‘liq o‘qiganmisiz?
  3. Hikoyadagi bolaning qiliqlarini (bobosini handalak olib berishga ko‘ndirganini) «erkalik, tantiqlik» deb baholash mumkinmi? Fikringizni isbotlab berishga harakat qiling.
  4. Boboning Sobir baqqol do‘konida «qalashib yotgan handalaklardan bitta kichkinasini» tanlashi bilan hikoya oхiridagi gap o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
  5. Bobo bir joyda «bolaning ko‘ngli poshsho» desa, boshqa joyda «bolaning ko‘ngli tilla», deydi. har ikki ibora mazmunini izohlashga urinib ko‘ring.

Oybek – Muso Toshmuhammad (1905-1968)

Previous articleFanorchi ota (Hikoya)
Next articleKasb va kasbiy psixologiya haqida umumiy tushuncha