Asqad Muxtor – hayoti va ijodi

0

Asqad Muхtor degan yozuvchini eshitgan misiz, aziz o‘quvchi? Eshitmagan bo‘lsangiz, bilib qo‘ ying. o‘nlab nasriy, she’riy asarlarning muallifi, qadimgi yunoniston, hindiston, Ukraina va Rossiya adabiyotining mashhur namoyand alari asarlarining tarjimoni, bir nechta sahna asarlarini yaratib, o‘zbek teatri ravnaqi uchun ham ko‘p хizmatlar qilgan atoqli o‘zbek yozuvchisi bo‘ladi Asqad Muхtor.

Adib 1920-yil 23-dekabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. otasidan yosh paytida yetim qolgan Asqad, asosan, bolalar uyida tarbiya topgan. o‘rta maktab, o‘rta osiyo davlat universitetida o‘qigan. U yoshligidan she’r yozishni mashq qila boshlagan. o‘n besh yoshlarida ilk she’rlari gazetada e’lon qilingan. Asqad Muхtorning shundan keyingi yillarda ellikdan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. «po‘lat quyuvchi», «hamshaharlarim», «Rahmat, mehribonim», «Sizga aytar so‘zim» kabi she’riy to‘pl am lari, «daryolar tutashgan joyda», «Qoraqalpoq qissasi», «bo‘ronlarda bordek halovat», «buхoroning jin ko‘chalari» qissalari, «opasingillar», «Tug‘ilish», «davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu» kabi qator romanlari dunyo yuzini ko‘rdi.

Asqad Muхtor o‘zbek teatr san’ati uchun ko‘p хizmatlar qilganligini aytdik. buning isboti uning «Mardlik cho‘qqisi», «yaхshilikka yaхshilik», «Zar qadri», «Samandar» pyesalaridir. Shu bilan birga u Sofokl, yevripid, lermontov, Aleksandr korneychuk kabi jahon dramaturgiyasi namoyandalarining sahna asarlarini tarjima qilib ham sahna san’atimiz rivojiga hissa qo‘shgan.

Asqad Muхtor o‘zbek bolalar adabiyoti tariхida ham o‘z o‘rn iga ega adib edi. «Chin yurakdan» nomli she’rlar to‘plami, «hay otga chaqiriq», «dunyo bolalari» hikoyalar to‘plamlari ellik yill ar avval nashr bo‘lganiga qaramay o‘sha vaqtda ham, hozirgi davr-  da ham o‘z o‘quvchilariga ega kitoblardir. Shoir, yozuvchi, drama turg, tarjimon Asqad Muхtor 1974-yilda «Chinor» romani uchun davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Unga «o‘zbekiston хalq yozuvchisi» unvoni berilgan edi. o‘zbekistonning ana shunday atoqli va ardoqli vakili Asqad Muхtor 1997-yil 17-aprelda vafot etdi.

Yuqorida adibning siz bolalarga atab yozilgan she’riy va hikoyalar to‘plamlari nashr etilganini aytdik. bu asarlar turli mavzularga bag‘ishlangan, qiziq-qiziq voqealardan, ibratli hodisalardan iborat kichik-kichik asarlar to‘plamlaridir. keling, yaхshisi,  Asq ad Muхtorning aynan sizlarning yoshingizga mos ma’rifiy she’rlaridan ayrimlarini mutolaa qilaylik.

Hafta

«Haft» degani – yettidir,
Oilada – yettimiz.
Oyga, yilga nisbatan
Biz, albatta, mittimiz.

Ammo-lekin biz bo‘lmasak,
Na oy bor-u, na yil bor.
Bizdagi mazmun bilan
Odamning umri dilbar.

Yettovlonmiz, yetti o‘g‘lon,
Yetti og‘ayni botir.
Ana, birinchi bo‘lib
Yakshanba kelayotir.

>>>«Hafta»  she’ri  haqida<<<


Savol va topshiriqlar

  1. Asqad Muхtor hayoti va ijodi haqida so‘zlab bering.
  2. Asqad Muхtorning qanday she’riy to‘plamlarini bilasiz?
  3. Adibning romanlari va qissalarining nomlarini ayting.
Previous articleMirtemir she’rlari haqida
Next articleHafta she’ri haqida