Urg‘u va uning turlari. So‘z urg‘usi

0

Urg‘u va uning turlari. So‘z urg‘usi. Урғу ва унинг турлари. Сўз урғуси. Ургу ва унинг турлари. Суз ургуси.


So‘z bo‘g‘inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so‘zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga urg‘u deyiladi.

Urg‘u ikki xil bo‘ladi: 1) so‘z urg‘usi; 2) gap urg‘usi.

So‘z bo‘g‘inlaridan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi soz urgusi deyiladi.

Tilimizda so‘z urg‘usi ko‘pincha so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. So‘zda bo‘g‘inlar ko‘payishi bilan urg‘u ham oxirgi bo‘g‘inga ko‘chib boradi. Yozuvda urg‘u tushgan bo‘g‘in tepasiga (´) belgisini qo‘yish bilan ifodalash mumkin.

 Masala n: dala´, dalala´r, dalalarga´.


451-mashq. «Birni birov beradi, ko‘pni – mehnat» deganda, nimani tushunasiz? Uni izohlab, har bir so‘zdagi urg‘uning o‘rnini belgilang.

452-mashq. Quyidagi so‘zlarning urg‘usini qo‘yib, ko‘chirib yozing. So‘ng ularning talaffuziga e’tibor bering.

Qachondir, zakovat, yozamiz, do‘stlarcha, yuzta, fidokor, hammamiz, hech qanday, har bir, o‘qish, o‘qishing, o‘qishimiz, o‘qishimizda.

453-mashq. Gaplarni bir-biriga solishtiring. So‘z ma’nolarining urg‘uga ko‘ra farqlanayotganiga diqqat qiling.

1. Chin inson birovga yaxshilik ko‘zlar. Ko‘zlar inson qalbining oynasidir. 2. Bog‘lar yil sayin ko‘payib bormoqda. Balki, endi arqonni mahkamroq bog‘lar. 3. O‘zbek qizlariga atlas ko‘ylak juda yarashadi. Geografiya o‘qituvchimiz darsga atlas olib kirdi.


Savol va topshiriqlar

  1. Urg‘u nima va uning qanday turlari bor?
  2. Tilimizda so‘z urg‘usi ko‘proq so‘zning qaysi bo‘g‘iniga tushadi?
Previous articleBo‘g‘in ko‘chirish qoidalari
Next articleGap urg‘usi / Гап урғуси