Bo‘g‘in va uning turlari

0

Бўғин ва унинг турлари.


Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar birikmasiga bo‘g‘in deyiladi.

Bo‘g‘in unli tovushlar asosida hosil bo‘ladi. Har bir bo‘g‘inda bitta unli qatnashadi, shuning uchun so‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi.

So‘zning asos va qo‘shimchalarga ajralishi bilan bo‘g‘inlarga ajralishi teng emas: gosht-ni, barg-ga so‘zlarida asos va qo‘shimchalar bilan bo‘g‘inlar teng kelayotgan bo‘lsa, goshti, bar-gi so‘zlarida teng emas.

Bo‘g‘inlar ikki turli bo‘ladi: ochiq bo‘g‘in va yopiq bo‘g‘in. Unli bilan tugagan bo‘g‘in ochiq, undosh bilan tugagan bo‘g‘in esa yopiq bo‘g‘in hisoblanadi. Masala n: o-na, bo-la so‘zlaridagi har ikki bo‘g‘in ochiq, tosh-lar so‘zidagi har ikki bo‘g‘in yopiq bo‘g‘indir.

443-mashq. Daftaringizga avval bir bo‘g‘inli, so‘ngra ikki, uch, to‘rt bo‘g‘inli so‘zlarni ko‘chirib yozing.

Sholi, qand, jonbaxsh, sinf, jimirlamoq, laylak, amalparast, dard, lazzat, bog‘, suvsizlik, a’lochi, qoloqlik, jimjimador, hashamatli.

*444-mashq. «Davom ettiring» o‘yinini tashkil qiling. Sinf taxtasiga yozilgan so‘zga nechta bo‘g‘in qo‘shish mumkin?

Namuna: sabr-siz-lik-dan.

445-mashq. Avval faqat ochiq bo‘g‘inli, keyin faqat yopiq bo‘g‘inli so‘zlarni ajrating, farqini tushuntiring.

Latifa, g‘alaba, san’at, sardor, qizg‘in, kema, hujjat, uka, avj, a’lo.


 Savol va topshiriqlar

  1. Bo‘g‘in deb nimaga aytiladi?
  2. Bo‘g‘inlar soni nimaning soniga teng keladi?
  3. Ochiq va yopiq bo‘g‘in deganda, qanday bo‘g‘inlarni tushunasiz?
Previous articleQator undoshlarning talaffuzi va imlosi
Next articleBo‘g‘in ko‘chirish qoidalari