Til tovushlari – Тил товушлари

0

Tilning tish va tanglayga tegishidan hosil bo‘lgan tovushlarga til tovushlari deyiladi.

Til tovushlariga t, d, s, z, ch, j, dj, sh, l, r, n, y, g, k, ng, q, g, x undoshlari kiradi. Til qismlarining harakatiga ko‘ra til tovushlari to‘rtga bo‘linadi.

1. Til oldi undoshlari: t, d, s, z, ch, j, dj, sh, l, r, n.

2. Til o‘rta undoshi: y.

3. Til orqa undoshlari: g, k, ng.

4. Chuqur til orqa undoshlari: q, g, x.


360-mashq. Gaplarni ko‘chirib yozing. Ularning tarkibida kelayotgan til undoshlarining tagiga chizing.

Vatan arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt degan ma’noni bildiradi. U har birimizning kindik qonimiz to‘kilgan muqaddas dargoh. Bu tuproqda ota-bobolarimizning xoki yotibdi.

Inson uchun Vatan yagonadir. Vatanning katta-kichigi, boykambag‘ali bo‘lmaydi.

Inson uchun undan ulug‘ in’om yo‘q. Vatandan judolik eng katta baxtsizlikdir.

(S. Otamurotov)

361-mashq. Dard, toqat, qorqoq kabi birinchi va oxirgi tovushi bir xil bo‘lgan so‘zlarga misollar keltiring.

362-mashq. Til undoshlarining har birini aytib, ularni hosil qilishda qaysi nutq a’zolari qatnashayotganini tushuntiring.


Savol va topshiriqlar

  1. Til tovushlari deb nimaga aytiladi?
  2. Til undoshlari qanday turlarga bo‘linadi?
  3. t, d, s, z, ch undoshlari nima uchun til oldi undoshlari deyiladi?
  4. y tovushini talaffuz qilib, tilning qaysi qismida hosil bo‘layotganini ayting.
  5. q, g, x undoshlari nima uchun chuqur til orqa, k, g, ng undoshlari esa til orqa undoshlari deyiladi?
Previous articleLab tovushlari – Лаб товушлари
Next articleBurun tovushlari – Бурун товушлари