Davlat funksiyalari (O’zbekiston davlati va huquqi asoslari)

0

Davlat funksiyalari (O’zbekiston davlati va huquqi asoslari). Давлат функциялари (Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи асослари).


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Sizning oilangizda qarilik pensiyasi, stipendiyalar va davlat nafaqalarini oladiganlar bormi? Bu to‘lovlarni kim amalga oshiradi?
  2. Hozir joylarda Davlat xizmatlari markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu markazlar qanday xizmatlarni ko‘rsatishini bilasizmi? Davlat tomonidan bu markazlar orqali aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarga bir nechta misol keltiring.
  3. Shahringiz (qishlog‘ingiz) ko‘chalarida yurganingizda bu yo‘llarni qurish va ta’mirlashni kim bajarishi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rgan misiz? Nima sababdan bunday ishlar amalga oshiriladi deb o‘y laysiz?
  4. Ichki ishlar, sud, prokuratura organlari va mamlakatimiz Qurolli Kuchlari mavjud bo‘lmasa qanday muam molar yuzaga kelishi mumkin? Siz bunday vaziyatda yashash ni istarmidingiz?
  5. Kundalik hayotingizdan davlat bilan bog‘liq bo‘lgan holat va vaziyatlarga misollar keltiring.
  6. Davlatsiz yechish qiyin bo‘lgan muammolarga misollar keltiring.

Har bir davlat o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgi laydi. Bu yo‘nalishlar uning asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.

Davlatning mavjudligi, uning zarurligi davlatning funksiyalarida o‘z aksini topadi. Davlat o‘z faoliyatida bir qancha funksiyalar (faoliyat yo‘nalishlari)ni amalga oshiradi

Davlatning funksiyalari nima?

Davlatning funksiyalari – davlat faoliyatining asosiy yo‘nalish lari bo‘lib, ularda davlatning ijtimoiy jihatlari ro‘yobga chiqariladi

Davlatning funksiyalarini o‘rganishda bu funksiyalarni tasnifl ash (guruhlash) uslubi qulaydir. Tasnifl ashni quyidagi me’zonlar bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofi qdir:

1. Faoliyat ko‘rsatish makoni bo‘yicha:

– ichki;
– tashqi.

2. Faoliyat ko‘rsatish muddati bo‘yicha:

– doimiy;
– vaqtinchalik.

3. Ijtimoiy jihatdan muhimligi bo‘yicha:

– asosiy;
– asosiy bo‘lmagan.

4. Amalga oshirishning huquqiy shakli bo‘yicha:

– huquqni ijod qilish;
– huquqni ijro qilish;
– huquqni muhofaza qilish (qo‘riqlash).

Biz faoliyat ko‘rsatish makoni bo‘yicha tasnifl ashni batafsilroq o‘rganib chiqamiz. Chunki huquqshunoslik fanida aynan shu me’zonga ko‘ra tasnifl ash o‘ta muhim deb qaraladi.

Davlatning ichki funksiyalariga mamlakat ichida amalga oshiriladigan funksiyalar kiradi. Mamlakat tashqarisida amalga oshiriladigan funksiyalar esa davlatning tashqi funksiyalarini tashkil qiladi.

Davlat o‘z funksiyalarini ado etar ekan bu undan qator vazifalarni bajarishni taqozo qiladi. Mana shu vazifalarni bajarish o‘z navbatida davlatning o‘z funksiyalarini amalga oshirishiga olib keladi. Davlat bajaradigan vazifalarni ham sohalar bo‘yicha turlarga ajratish mumkin. Davlatning ichki funksiyalarini amalga oshirish borasida bajariladigan vazifalarni turlarga ajratib, batafsilroq o‘rganamiz. Bunda biz davlat vazifalarini ijobiy, adolatli davlat misolida ko‘rib chiqamiz. Lekin aslida, barcha davrlardagi davlatlar ham shunday – adolatli, xalqparvar bo‘lavermaganligini ham e’tibordan qochirmaslik kerak.

Davlatning ichki funksi ya la ri ga oid vazifalar quyidagilardan iborat:

Iqtisodiy vazifalar:

♦ Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazish;
♦ Iqtisodiyotning davlat sektori (zavod-fabrikalar, elektrostansiyalar, konlar)ni boshqarish;
♦ Bozor munosabatlarining huquqiy asoslari va narx siyosatini yo‘lga qo‘yish.

Ijtimoiy vazifalar:

♦ Aholining yordamga muhtoj qismini himoyalash;
♦ Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash;
♦ Aholini ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlash.

Siyosiy-huquqiy vazifalar:

♦ Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish;
♦ Qonuniylik va tartibni ta’minlash;
♦ Tinchlik va millatlararo totuvlikni saqlash.

Madaniy-ma’rifi y vazifalar:

♦ Ilm-fan, ta’limni rivojlantirish;
♦ Milliy madaniyatni va san’atni rivojlantirish.

Moliyaviy vazifalar:

♦ Soliq tizimi va bojxona nazorati;
♦ Pul aylanmasi ustidan nazorat;
♦ Moliya sohasidagi boshqa faoliyatlar.

Xavfsizlik va himoyalash borasidagi vazifalar:

♦ Aholining huquq va erkinliklarini ta’minlash;
♦ Tabiat muhofazasi;
♦ Mulk daxlsizligini ta’minlash;
♦ Huquqiy tartibotni o‘rnatish.

Boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlar olib borish davlatning tashqi funksiyalarini belgilaydi.

Har qanday davlat jahondagi boshqa davlatlar bilan turli aloqalarni yo‘lga qo‘yishga majbur. Shundagina u jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi mumkin. Bu aloqalarga quyidagilarni kiritsak bo‘ladi:

  1. Diplomatik aloqalar;
  2. Savdo-sotiq aloqalari;
  3. Madaniy aloqalar;
  4. Harbiy aloqalar va boshqalar.

Davlat, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan ham o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yishi lozim. Xalqaro tashkilotlar sirasiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Umumjahon Savdo Tashkiloti va boshqalarni kiritish mumkin.

Bu xalqaro tashkilotlarning eng nufuzlilariga O‘zbekiston Respublikasi to‘laqonli a’zo bo‘lib kirgan.


Sharhlang!

Davlatning mavjudligi, uning zarurligi davlatning funksiyalarida o‘z aksini topadi.


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. “Davlat funksiyasi” iborasining mohiyatini tushuntirib bering.
  2. Davlatning funksiyalari turlarini ajratib ko‘rsating.
  3. Davlatning asosiy vazifalarini sanab bering.
  4. Davlatning vazifalarini “muhim” va “unchalik muhim emas” deb ajratish
    mumkinmi?
  5. Siz hayotingizdan davlatning o‘z vazifalarini bajarayotganligiga misol
    keltiring.
  6. Davlat o‘z funksiyalarini bajarishi uchun shaxsan siz qanday yordam
    bera olishingiz mumkin?

 

Previous articleDavlat – O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari (Davlat nima?)
Next articleDavlatning boshqaruv shakli