Davlatning boshqaruv shakli

0

Davlatning boshqaruv shakli. Давлатнинг бошқарув шакли


Davlat quyidagi asoslarga ko‘ra turlarga bo‘linadi: boshqaruv shakli; hududiy tuzilishi; siyosiy tartib (rejim).

Boshqaruv shakliga ko‘ra davlatlar monarxiya va respublika turlariga bo‘linadi.

Davlat shakllari deyilganda, davlatning bosh qaruv, hududiy tuzil ishi va siyosiy tartibi jihatidan qanday shakllarga bo‘linishi tushuniladi.

Boshqaruv shakli deganda, davlat hokimiyati, uning idoralarining ahol i bilan o‘zaro munosabatlari, aholining ushbu idoralarni shakll antir ishda ishtirok etish darajasi tushuniladi.

Monarxiya – oliy hokimiyat yakka hokim – davlat boshlig‘ining qo‘lida bo‘lg an davlat boshqaruv shakli. Bunda hokimiyat aksariyat hollarda yakka-hokim (monarx)ning farzandlariga, ayrim hollarda esa yakka-hokimning qaroriga ko‘ra boshqa shaxsga meros bo‘lib o‘tadi.

Monarxiya – yunoncha so‘z bo‘lib, yakka hokimlik ma’nosi nibildiradi.

O‘zbekiston hududida tarixda mavjud bo‘lgan monarxiya boshqaruviga misol qilib Temuriylar davri davlatchiligini keltirish mumkin.

Buyuk Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davri davlat boshqaruvi va huquqn ing rivojlanishida yangi davr bo‘lgan. Amir Temur

davlat boshqar uvi sohas ida o‘tmishda mavjud bo‘lgan siyosiy boshqaruv tajribalaridan keng foy dalana olgan. Uning tarixdagi xizmati shundan iboratki, u davl atchil ikning boshqaruv tizim i, ichki va tashqi siyosatining tartib-qoidalari, hu qu qiy asoslarini yangi tarixiy sharo itda takomillashtirdi. Davlat boshqar uvi tizimi islom qonun-qoidalariga asos langan. Qozilar shaxsan Amir Te murning o‘ziga hisobot berib turgan. Temur qat’iy tartiblar va qonunlarni o‘z tuzuklarida ifodalagan.

Monarxiyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

  1. monarx davlatni shaxsiylashtiradi, tashqi va ichki siyosatda davlat bosh lig‘i sifatida maydonga chiqadi;
  2. monarx davlatni yakka o‘zi boshqaradi;
  3. monarx hokimiyati muqaddas va ilohiy deb e’lon qilinadi;
  4. monarx o‘z faoliyatida mustaqildir;
  5. hokimiyatni o‘rnatish, qabul qilishning alohida tartibi mavjud;
  6. umrbod boshqaruv;
  7. monarx o‘z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar emas.

Monarxiya mutlaq va cheklangan (yoki parlamentar) shakllarda bo‘ladi.

Agar monarx o‘z davlatini boshqarishda uning boshqaruvi boshqa biron bir idora bilan cheklanmasa, bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi.

Agar monarxning hukmronligi konstitutsiyaga tayanuvchi biron-bir idora bilan cheklangan bo‘lsa, bunday monarxiya cheklangan, konstitutsiyaviy, parl ament boshqaruvi shaklidagi monarxiya bo‘ladi (masalan, Buyuk Brit aniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya).

Respublika davlat boshqaruvining shunday shakliki, unda hokimiyat oliy idoralari ma’lum muddatga saylanadi.

Respublika shaklidagi boshqaruvga ega bo‘lgan davlat ning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

♦ hokimiyat oliy idoralarining saylab qo‘yilishi;

♦ hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi;

♦ hokimiyat oliy idoralarining o‘z qarorlarini saylangan muddati davomida qabul qilishi;

♦ odil sudlovni amalga oshiruvchi idora bo‘lgan sudlar obro‘sining ortishi;

♦ fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok eta olishi.

“Respublika” so‘zi yunoncha “umumiy ish” ma’nosini bildiradi.

Respublikalar prezidentlik respublikasi va parlamentar respublika turlariga bo‘linadi.

Prezidentlik respublikasida davlatni bevosita xalq saylaydigan va juda keng vakolatlarga ega bo‘lgan Prezident boshqaradi. U ijro hokimiyatining be vo sita boshqaruvchisi hisoblanadi.

Prezidentlik respublikasiga yaqqol misol qilib AQSH, Braziliya, Argentina va Meksika davlatlarini keltirish mumkin.

Parlamentar respublikadadavlat boshlig‘i – prezident saylanuvchi mansab dor shaxs bo‘lib, asosan, parlament tomon id an saylanadi.

Parlamentar respublikaga yaqqol misol qilib Italiya, Germaniya, Portug al iya, Gretsiya, Irlandiya va Hindiston davlatlarini keltirish mumkin.


Fozil davlat uning aholisi o‘zaro yordam berishiga, insonparvarlikka, insoniy mehr-oqibatga, uning eng oliy boylik ekanini payqab olishga, yaxshilashga asoslanish kerak.

Farobiy


Sharhlang!

Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilishini angladim.

(Amir Temur)


Hikmatlar xazinasidan!

Agar hokimiyat atrofi da adolat hukm surmasa, u inqirozga yuz tutadi.

(Abu Bakr Xorazmiy)


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Davlatning turlarga bo‘linishida nimalar asos qilib olinadi?
  2. Boshqaruv shakli deganda nimani tushunasiz? (Iboralarning lug‘aviy
    ma’no lariga e’tibor bering.)
  3. “Monarxiya” so‘zining lug‘aviy ma’nosi, bu atamaning mohiyatiga mos
    kela dimi?
  4. Monarxiyaning asosiy belgilarini sanab bering.
  5. “Mut laq monarxiya” va “cheklangan monarxiya” iboralarining farqlarini
    va umumiy tomonlarini sanab bering.
  6. Temu riylar davlatchiligida boshqaruv qanday asosda yo‘lga qo‘yilgan edi?
  7. “Respublika” so‘zining lug‘aviy ma’nosi bu atamaning mohiyatini qay
    dara jada yoritib bera oladi?
  8. Respublika shaklidagi boshqaruvga ega bo‘lgan davlatning asosiy belgila rini sanab bering.
  9. Respublikaning qanday turlari mavjud?

10. Ularning farqlarini va umumiy tomonlarini sanab bering.

Previous articleDavlat funksiyalari (O’zbekiston davlati va huquqi asoslari)
Next articleUnitar nima? Unitar davlat nima?