Ikkinchi jahon urushi. Иккинчи жаҳон уруши. Иккинчи жаҳон урушининг сабаблари.
Ikkinchi jahon urushining sabablari
1933-yilda Germaniyada nemislarning boshqa xalqlar ustidan hukmronlik qilishini da’vo qiluvchilar hokimiyat tepasiga kelishdi.
Ularning yo‘lboshchisi Adolf Gitler mamlakatda o‘zining yakka hukmronligini o‘rnatdi.
U o‘z oldiga Birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyat uchun g‘olib- lardan o‘ch olish, dunyoni qayta bo‘lish, butun Yevropani bo‘ysundirish, sohigra dunyoda hukmron bo‘lib olish maqsadini qo‘ydi. Bu mudhish maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun zo‘r berib yangi urushga tayyorgarlik ko‘rdi. Italiya va Yaponiya bilan o‘zaro ittifoq tuzdi. Tez orada o‘z maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga kirishdi.
Chunonchi, 1939-yilning 1-sentabrida Germaniya Polshaga hujum qildi. Bunga javoban Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyaga qarshi umsh e’lon qildilar. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. Buyuk Britaniya, Fransiya va sobiq Sovet Ittifoqi o‘zaro qarama-qarshiliklar va ishonchsizliklar tufayli urushning oldini ola olmadilar.
Yodda tuting! Gitler Germaniyasining dunyoda hukmron bo‘lib olishga intilishi Ikkinchi jahon urushining asosiy sababi bo‘ldi. |
Buyuk Britaniya va Fransiya Polshani saqlab qolish uchun qat’iy choralar ko‘rmadi. Oqibatda Polsha 17 kunda taslim bo‘ldi.

Urushnmg borishi
Urush boshlangach, Germaniya juda qisqa muddat ichida deyarli butun G‘arbiy Yevropa davlatlarini bosib oldi.
1940-yilda hatto Fransiyani ham tor- mor etdi. Uning navbatdagi maqsadi Buyuk Britaniya va sobiq Sovet Ittifoqini bo‘ysundirish edi. Biroq, Buyuk Bri- taniyaning harbiy-dengiz floti va harbiy havo kuchlari qudratli bo‘lganligi uchun uni bosib ololmadi. Shuning uchun Gitler awal sobiq Sovet Ittifoqini bosib olishga qaror qildi va 1941-yilning 22-iyunida unga hujum qildi.
Dekabr oyida esa Yaponiya Tinch okeanida AQSHga qarshi umsh harakatlarini boshlab yubordi.
Gitler Sovet Ittifoqini juda qisqa vaqt ichida zabt etishni rejalashtirgan edi.
Germaniya qo‘shini dastlab shiddat bilan birin-ketin zafar quchib olg‘a siljidi. Sobiq Sovet Ittifoqi poytaxti Moskva shahrining bosib olinishiga oz qoldi. Biroq sobiq Sovet Ittifoqi qo‘shini mardonavor qarshilik ko‘rsatdi. Natijada Gitlerning Sovet Ittifoqini qisqa muddat ichida bosib olish rejasi barbod bo‘ldi. Tarkibida o‘zbekistonlik jangchilar ham bo‘lgan sobiq Sovet Ittifoqi qo‘shinining qaqshatqich zarbalari ostida Germaniya qo‘shini chekinishga majbur bo‘ldi. Ayni paytda sobiq Sovet Ittifoqi, AQSH va Buyuk Britaniya Germaniyaga qarshi umshda o‘zaro hamkorlik qilish haqida kelishuvga erishdilar.

Shu tariqa Gitler Germaniyasiga qarshi ittifoq vujudga keldi. AQSH va Buyuk Britaniyaning birlashgan qo‘shini Germaniyaning ittifoqchisi Italiyani taslim bo‘lishga majbur etdi. Sobiq Sovet Ittifoqi qo‘shini 1944-yilda o‘z hududidan Germaniya qo‘shinini butunlay quvib chiqardi. Ittifoqchi davlatlarning Germaniyani taslim etishi muqarrar bo‘lib qoldi. 1945- yilda Adolf Gitler va uning ayrim safdoshlari o‘z jonlariga qasd qildilar.
Nihoyat, 1945-yilning 8-may kuni Germaniya ittifoqchi davlatlar oldida so‘zsiz taslim bo‘ldi. Bu haqda tegish- li hujjat ham imzolandi.
Sobiq Sovet Ittifoqi hukumati fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga 9-may kunini «G‘alaba kuni» deb e’lon qildi.
2-sentabr kuni Yaponiyaning taslim bo‘lganligi haqidagi hujjat imzolandi. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushi uni boshlagan davlatlarning mag‘lubiyati bilan tugadi.
Urushning fojiali oqibatlari
Ikkinchi jahon urushi umshlar tarixi- dagi eng dahshatli umsh bo‘ldi. Umshda 60 dan ortiq davlat qatnashdi.
Yodda tuting! Ikkinchi jahon urushi 6 yil davom etdi. |
Olti yil ichida 60 mln. dan ortiq kishi halok bo‘ldi. 90 mln. dan ortiq kishi esa yarador va mayib-majruh bo‘lib qoldi. Gitlerchilar o‘zlari bosib olgan hududlarda nafaqat katta yoshdagilarni, hatto bolalarni ham ishlatish uchun olib ketishdi. Ular va asir olingan askarlar maxsus lagerlarda saqlandi. Bunday lagerlarda saqlanganlar- ning 16 mln. nafari azob-uqubatlarda o‘lib ketishdi.
Ular lagerlardagi maxsus joylarda gaz bilan bo‘g‘ib o‘ldirildi. O‘lganlaming jasadlari maxsus olovxonalarda yondirilib, kullari o‘g‘it o‘rnida ishlatildi. Bular insoniyat nima uchun yer yuzida mustahkam tinchlik uchun kurashmog‘i kerak, degan savolga javobdir.
Jinoyat jazosiz qolmaydi
Yuqorida keltirilgan raqamlar gitlerchilar insoniyatga qarshi sodir etgan mudhish jinoyat laming ko‘rsatkichidir edi. Shuning uchun ham 1946-yilda bu jinoyatning omon qolgan aybdorlari ustidan xalqaro sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, jinoyatchilardan 12 nafari o‘lim jazosiga hukm qilindi. Qolganlariga uzoq muddatli yoki umrbod qamoq jazosi belgilandi.
Savol va topshiriqlar
- Gitler Germaniyasining maqsadi nima edi?
- Nega sobiq Sovet Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Fransiya Ikkinchi jahon urushining oldini ola olmadilar?
- Ikkinchi jahon urushining yakunlari haqida so ‘zlab bering.
- Ikkinchi jahon urushining ‘fojiali oqibatlari insoniyatga qanday saboq berdi?