Unli tovushlar – Унли товушлар

0

Tovushlar o‘pkadan chiqayotgan havoning og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: unli tovushlar va undosh tovushlar.

O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramay chiqishi natijasida hosil bo‘ladigan tovushlarga unli tovushlar deyiladi.

Tilimizda oltita unli tovush bor: a, o, e, o‘, u, i.


Mashq. Gaplardagi unlilarning ishlatilishiga alohida diqqat qiling.

1. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. 2. Kishining hurmati o‘z qo‘lida. 3. Ko‘z qayerda bo‘lsa, mehr ham o‘sha yerda bo‘ladi. 4.Mehrning xazinasi – til.


Savol va topshiriqlar

  1. Unli tovushlar deb qanday tovushlarga aytiladi?
  2. Tilimizda nechta unli tovush bor? Ularni sanab ko‘rsating.
Previous articleOnajon tugilgan kuningiz bilan tabriklayman sherlar
Next articleUndosh tovushlar – Ундош товушлар