B, M undoshlaridan oldin kelgan N undoshining talaffuzi va imlosi

0

Б, М ундошларидан олдин келган Н ундошининг талаффузи ва имлоси.


1-topshiriq. Quyida berilgan so‘zlardagi n harfining qanday o‘qilishi va imlosini ayting.

Shanba, yollanma, qollanma, on bir.

2-topshiriq. B, m tovushlarining talaffuzida qaysi nutq a’zolari ishtirok etishini ayting. N tovushining talaffuzida-chi? Farqini tushuntiring.

 B, b va M, m harflaridan oldin kelgan n harfi m holida o‘qiladi, lekin n yoziladi.

410-mashq. Quyida berilgan so‘zlarning o‘qilishi va imlosiga diqqat qiling. Ularni qo‘llab, gaplar tuzing.

Yakshanba, Susambil, o‘n bir, bilganmi, bo‘linma, Jomboy (tumani), manman, sunbula, tanbal.

*411-mashq. Tanbur va tambur so‘zlarining farqini tushuntiring. Bu so‘zlar ishtirokida gap tuzing.

412-mashq. Gaplarni o‘qing. M va b, n va b undoshlari yonma-yon kelgan so‘zlarni toping. Ularning so‘z turkumini, bu undoshlarning asos yoki qo‘shimchalar tarkibida kelayotganini aniqlang.

1. Qorong‘ida turtingan holda Otinbibi paydo bo‘ldi. (Oybek) 2. Axir, u biror marta bo‘lsin yoniga kelganmi, ovqat berganmi, iltifot ko‘rsatganmi? (Rauf Tolib) 3. Bugun ham Julqunboydan eshitamizmi? – deb so‘raydilar dadam. (Hakim Nazir)


 Savol va topshiriqlar

  1. B va m undoshlaridan oldin n undoshi kelgan to‘rtta so‘z yozing. N tovushining qanday o‘qilishi va imlosini ayting.
  2. B va m undoshlaridan oldin kelgan n undoshining m holida talaffuz qilinishi sababini ayta olasizmi?
Previous articleQ, G‘ undoshlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shimchalarning qo‘shilishi va ularning imlosi
Next articleJ, j harfi va j, dj tovushlari. Ayrim harflar izohi