Muqanna qo‘zg‘oloni. Arablarga qarshi xalq ozodlik kurashi

0

Arablarga qarshi xalq ozodlik kurashi. Муқанна қўзғолони. Арабларга қарши халқ озодлик кураши. Муканна кузголони.


Muqanna qo‘zg‘olonining sabablari

Muqanna qo‘zg‘olonining sabablari (Муқанна қўзғолонининг сабаблари). Vatanimizning qulay ta- biiy iqlim sharoiti, behisob boyliklari arablarning ham diqqat- e’tiborini o‘ziga tortdi. Shuning uchun ham ular VIII asrda Vatanimizni bosib olishga kirishdilar.

Bu bosqinchilik yurishiga tajribali arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim rahbarlik qildi. Bosqinchilik yurishi boshlanishi arafasida Vatanimizda yagona qudratli davlat yo‘q edi.

Bu esa arab bosqinchilari uchun juda qo‘l keldi. Shunday bo‘lsa- da, ajdodlarimiz bosqinchilarga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Biroq qudratli qo‘shinga ega bo‘lgan arablar 715-yilda yurtimizda o‘z hukm- ronligini o‘matdilar.

Yodda tuting!

Arablar yurtimizni Movarounnahr (daryoning narigi tomoni) deb atay boshladilar.

Arablar Movarounnahr aholisiga jabr-zulm o‘tkaza boshladilar. Chunonchi, ular mahalliy aholidan olinadigan soliqlar miqdorini oshirdilar.

Bu ham yetmaganidek, eng yaxshi yerlar ко‘chirib keltirilgan arablarga olib berildi. Yurtimiz boyliklari talandi.

Qutaybaning harbiy yurishi
Qutaybaning harbiy yurishi

Ayni paytda, o‘zlarini taraqqiyotda ulardan oldinda bo‘lgan mahalliy aholidan ustun qo‘ydilar.

Ularni nazar-pisand qilmadilar. Bu adolatsizliklar va o‘tkazilgan jabr-zulmlar mahalliy aholida keskin norozilik uyg‘otdi. Bular oxir-oqibat 769-yilda Muqanna boshchiligida qo‘zg‘olon boshla- nishiga olib keldi.


Qo‘zg‘olonning natijasi

Qo‘zg‘olonning natijasi (Қўзғолоннинг натижаси). Muqannaning asl ismi Hoshim ibn Hakim edi. U doim yuzini niqob bilan bekitib yurgan. Qo‘zg‘olonchilar arablardan ajralib turish uchun oq kiyim kiyib olganlar. Shuning uchun bu qo‘zg‘olon tarixga «Oq kiyimlilar qo‘zg‘oloni» nomi bilan kirdi.

783-yilgacha davom etgan bu qo‘zg‘olon arab bosqinchilarini tahlikaga solib qo‘ydi. Ular qo‘zg‘olonni bostirish uchun barcha choralarni kohdilar.

Shunga qaramay qo‘zg‘olonchilar qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Biroq kuchlar teng emas edi.

Bu esa arablarga qo‘zg‘olonchilarni birin-ketin mag‘lubiyatga uchratish imkonini berdi. Nihoyat, arablar Qashqadaryo vohasiga bostirib kirdilar.

Bu yerda qo‘zg‘olonchilarning asosiy tayanchi bo‘lgan Som qal’a- sini qamal qildilar va uni egalladilar.

Shu tariqa Muqanna qo‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchradi. Chorasiz qolgan Muqanna o‘zini yonib turgan tandirdagi olovga otib halok bo‘ldi.

Arab bosqinchilari yaxshi harbiy ta’lim olgan doimiy qo‘shinga ega bo‘lganligi uchun g‘alaba qozondilar.

Qo‘shin davlat tomonidan barcha zarur narsalar bilan o‘z vaqtida ta’minlanib turilgan. Muqanna qo‘shini davlat qo‘shini bo‘hnaganligi sababli maxsus harbiy ta’lim kohmagan edi.

Muqanna qo‘zg‘oloni
Muqanna qo‘zg‘oloni

Muqanna qo‘zg‘oloni yengilgan bo‘lsa- da, u arablar bosqinchiligining ildizlariga zarba berdi.

Ayni paytda bu qo‘zg‘olon xalq kuch- qudrati uning mustahkam birligida ekan- ligini ham ko‘rsatdi.


Savol va topshiriqlar

  1. Vatanimiz qaysi jihatlari bilan arablar e’tiborini o‘ziga tortgan edi?
  2. Muqanna qo‘zg‘olonining sabablari haqida nimalarni bilib oldingiz ?
  3. Muqanna qo‘zg‘oloni nima uchun mag‘lubiyatga uchragan edi?
  4. Muqanna qo‘zg‘oloni qanday ahamiyatga ega?
Previous articleSpitamenning qahramonligi
Next articleJaloliddin Manguberdi xalqimizning milliy qahramoni