Ma’naviy va ma’rifiy yuksalish. Маънавий ва маърифий юксалиш. Миллий ва маънавий қадриятламинг тикланиши.
Milliy va ma’naviy qadriyatlaming tiklanishi
Milliy va ma’naviy qadriyatlar asrlar davomida yaratiladi. Ular davr, hayot o‘zgarishi bilan yo‘q bo‘lib ketmaydi.
Aksincha, keying! avlodlar uchun meros bo‘lib qoladi. Keying! avlodlar esa ularni yanada boyitadi. Ular ham o‘zidan keying! avlodga meros qilib qoldiradi.
Yodda tuting! Qadriyat (ahamiyatli, qimmatbaho, xalq boyligi) — insonlar uchun nihoyatda qadrli, qimmatli bo‘lgan barcha narsalardir. |
O’zbek xalqi o‘tmishda barcha xalqlar havas qilsa arzigulik qadriyatlar yaratgan. Biroq ularning ко‘pi О‘zbekiston mustamlaka bo‘lgan yillar davomida yerga urildi. Mustaqillikdan so‘ng bu qadriyatlar bosqichma-bosqich tiklana boshlandi.
O‘zbek till — o‘zbek xalqining ona till, oliy qadriyati. Mustamlaka yillarida u ikkinchi darajali til qatoriga tushirib qo‘yildi. Uning qo‘llanish o‘rni chegaralanib qoldi. Bu hoi o‘zbek xalqining milliy g‘ururini kamsitdi. Bu holatga barham berish uchun Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 1989-yildayoq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
Navro‘znmg tiklanishi
Navro‘z bayrami xalqimizning qadimiy qadriyatidir. U qadimda shunday e’zozli bayram bo‘lganki, u nishonlanayotgan kunlarda hatto urushlar to‘xtatilgan.
Navro‘z yaxshilik, mehr-oqibat va muruvvat bayrami sifatida ham juda qadrlangan. Navro‘zning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, aynan u nishonlanadigan vaqtda xalq rizq-ro‘zining asosi bo‘lmish dehqonchilik ishlari ham boshlangan. Navro‘z ana shunday xosiyatlariga ko‘ra eng sevimli bayramga aylangan. Biroq O‘zbekiston mustamlaka bo‘lgan davrlarda Navro‘z eskilik sarqiti, deb e’lon qilindi va uni nishonlash taqiqlab qo‘yildi.
1990-yilda O‘zbekiston hukumati bunga chek qo‘ydi. Shu yildan boshlab respublikamizda Navro‘z qayta tiklandi. 21-mart Navro‘z milliy xalq bayrami hamda dam olish kuni deb belgilandi. Respublika aholisi buni mamnuniyat bilan kutib oldi.
Navro‘z bir oy davom etadi. Xalqimiz Navro‘z kunlarida hasharlar uyushtiradi. Yon-atrof tozalanadi, obodonlashtirish tadbirlari o‘tkaziladi. Daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqaziladi. Xalqimizning eng suyukli taomi — sumalak dasturxonlarga tortiladi.
Bundan tashqari, Navro‘zda yetim-yesirlar, nogironlar, kam ta’minlangan oilalarga muruvvat kohsatiladi.
Diniy bayramlarning tiklanishi
O‘zbekiston musulmonlari ham har yili muborak Qurbon hayiti va Ro‘za (Ramazon) hayitini nishon- laydilar.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan 1991-yildan boshlab Qurbon hayiti va 1992-yildan boshlab esa Ramazon hayitlarining birinchi kuni dam olish kuni deb belgilandi.
Buyuk bobolarimiz qutlug‘ nomlarining ulug’lanishi
1991-yildayoq buyuk shoir, o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi nishonlandi. Bu ulug‘ sanaga bag‘ishlab uning shoh asarlari qayta nashr etildi. Toshkent shahrida muhtasham va purviqor haykali o‘r- natildi. Uning nomi bilan ataluvchi O‘zbekiston Milliy bog‘i bunyod etildi. Islom Karimov haykal va Milliy bog‘ning ochilishi marosimida so‘zlagan nutqida Alisher Navoiyni milliy g‘ururimiz deb ulug‘ladi.

O‘zbekistonning mustamlaka yillarida nomi va buyuk ishlari unutilishga mahkum etilgan, aslida faxrimiz, iftixorimiz, g‘ururimiz bo‘lgan Amir Temur bobomizning qutlug‘ nomi tiklanganligi ulkan tarixiy hodisa bo‘ldi.
O‘zbekiston jahonga nafaqat buyuk ilm-fan allomalari, u ayni paytda, diniy ulamolarni ham yetkazib bergan oTkadir. Prezident Islom
Karimov tashabbusi bilan davlatimiz mustaqilligi yillarida ularning ham qutlug‘ nomlari tiklandi. Chunonchi, vatandoshlarimiz — hadis ilmining buyuk namoyandalari Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Abu Iso at-Termiziy tavalludining esa 1200 yilligi nishonlandi.
Bundan tashqari, mashhur islom qonunshunosi Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, islom dini asoslarini tushunti- rib berish ilmining mashhur namoyandasi Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1130 yilligi ham nishonlandi. Ularning xotirasiga baghshlab ajoyib me’moriy yodgorliklar bunyod etildi.
Yubiley tantanalarming barchasida Prezident Islom Karimov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
Mamlakatimizda millatlararo totuvlik
O‘zbekiston ham ko‘p mil- latli davlatdir. Unda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. O‘zbek xalqiga boshqa xalqlarga mensimaslik yoki past nazar bilan qarash yot narsa. U asrlar davomida boshqa xalqlar vakillari bilan tinch-totuv yashab kelgan bag‘rikeng, do‘stlikni qadrlovchi xalq. Mustaqillik yillarida hukumatimiz millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash choralarini ko‘rdi. Avvalo, O‘zbekistonning har bir fuqarosi qaysi millatga mansubligidan qat’i nazar qonun oldida teng deb e’lon qilindi. Millatidan qat’i nazar har bir fuqaro qalbiga, ongiga yagona Vatan g‘oyasi singdirila boshlandi.

O‘zbek tiliga davlat till maqomi berilgan bo‘lsa-da, boshqa tillar ham kamsitilgani yo‘q.
Chunonchi, Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish o‘zbek tilidan tashqari yana 6 tilda (qoraqalpoq, rus, tojik, turkman, qozoq va qirg‘iz tillarida) olib borilmoqda. Darsliklar ham 7 tilda nashr qilinmoqda.
Barcha millat va elatlaming tillari, urf-odatlari va an’analari qonun bilan himoya qilinmoqda. Ulaming rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratib berildi.
Boshqa millat vakillariga milliy ehtiyojlarini erkin qondirishlari uchun o‘z milliy-madaniy markazlarini tuzishga ruxsat etildi. Millatlararo totuvlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar O‘zbekiston xalqining birligi, jipsligi va osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa O‘zbekistonning bebaho boyligidir.

Diniy bag‘rikenglik
Har bir dav- lat hayotining osoyishta kechishi, fuqarolarining tinch-totuv yashashi diniy bag‘rikenglikning nechog‘lik mustahkam qaror topganligiga ham bog‘liqdir.
Yodda tuting! Diniy bag‘rikenglik — Vatani bir, biroq diniy e’tiqodlari har xil bo‘lgan fnqarolarning bir-birlarining diniy e’tiqodini hurmat qilishidir. Yagona ulug‘ maqsad yo‘lida jipslashib hamkor va hamjihat bo‘lib yashashlaridir. |
Insoniyatning o‘tmish tarixi diniy qirg‘inlarga ham to‘la bo‘lgan. Chunonchi, Fransiyada birgina 1572-yilda yuz bergan diniy qirg‘inda bir hafta ichida 30 ming kishi halok bo‘ldi. Afsuski, dunyo hozir ham o‘zaro diniy qirg‘inlardan to‘la xoli bo‘la olganicha yo‘q.
O‘zbekiston hududida qadim-qadimdan turli dinlar yonma-yon yashab keldi. Ularga e’tiqod qiluvchilar o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelishgan. Chunki o‘zbek xalqi azaldan baghikeng xalq. Bugungi kunda Respublikamizda 15 dan ortiq diniy e’tiqodga mansub diniy tashkilotlar faoliyat kohsatmoqda.

Ularning qonun oldida teng ekanliklari qoidasi belgilab qo‘yildi. O‘z faoliyatlarini erkin amalga oshirishlari uchun sharoit yaratib berildi. Shu tariqa turli diniy e’ti- qodlarga amal qiluvchi mam- lakatimiz fuqarolari ohtasida diniy bag‘rikenglik yanada mustahkam- landi.
Ular bosh g‘oyamizga asos bo‘l- gan «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishvdek ulug‘vor vazifani ro‘yobga chiqarish ishiga baholi qudrat hissa qo‘shib kelmoqdalar.
O‘zingizni sinang
♦ O‘zbekistonda … yashaydi.
♦ O‘zbekistonda 15 dan ortiq … .
Atama mazmunini bilib oling
Hadis ilmi — Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari va ko‘rsatmalarini to‘plab, ularning ishonchlilarini tanlash ilmi.
Savol va topshiriqlar
- «Qadriyat» so‘zining ma’nosiga izoh bering. Nega qadriyatlarni tikiash zarur edi?
- О ‘zbekistonda о ‘zbek xalqining asriy qadriyatlari tiklanganligiga dalillar keltiring.
- Buyuk bobolarimiz qutlug’ nomlarining tiklanishi haqida nimalarni bilib oldingiz?
- Millatlararo totuvlik qanday ta’minlandi?
- «Diniy bag ‘rikenglik» tushunchasiga la ’rif bering. О ‘zbekistonda diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash borasida qanday ishlar amalga oshi- rildi?
Mustaqil ish
- Mahallangizda bu yil Navro‘z qanday nishonlanganligi haqida ma’lumot to‘plab keling.
- Mahallangizda Ramazon va Qurbon hayitlarining qanday nishonlanishi haqida ma’lumot to‘plab keling.