Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ruboiylar

0

Заҳириддин Муҳаммад Бобур ҳақида рубоийлар Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ruboiylar Захириддин Мухаммад Бобур хакида рубоийлар


Ruboiylar

Jono, bitigingki, bo’ldi mark’um manga,
Mehnat bila g’amni k’ildi ma’dum manga.
Ko’rgach ani garchi shod behad bo’ldum,
Mazmuni, vale, bo’lmadi ma’lum manga.

Ne ishratu aysh uchun mayi nob manga,
Ne toat uchun go’shai mehrob manga,
Ne fisk’ k’ilurg’a bordur asbob manga,
Ne zohid o’lurg’a tok’atu tob manga.

To bo’lg’ali dildor o’shal oy manga,
Holimni bilib, k’ilmadi parvoy manga.
Men asru harobu yor ko’p mustag’niy,
Ey voy manga, voy manga, voy manga!

Xush ulki, ko’zum tushti sening ko’zushta,
Bevosita holimni desam o’zungga,
Bermay so’zuma javob achig’lanasen,
K’ilding meni muhtoj chuchuk so’zungga.

Asru ko’p emish jur’atu ximmat sizga,
Ro’ziy k’ilg’ay Xudoy nusrat sizga.
Mardonalig’ingizni bori el bildi,
Rahmat sizga, hazor rahmat sizga!

To k’ildi meni firok’ aro yod habib,
Mahjur ko’ngulni ayladi shod habib.
Gar vasl muyassar o’lmasa, netay, ey Bobur,
Faryod habibu ohu faryod habib!

Ey k’omati sarvu lablari obi hayot,
Budur tilagimki, — etkamen vaslingga bot!
Hajringda manga ne sabr k’oldi, ne sabot,
YO kel bu sorig’a yo meni o’zungga k’ot!

Bu k’oziyi fosik’ki, yibordim sanga bot,
Sen dog’i uzatk’il botu ham badrak’a k’ot!
Gar xotiring istasa yiborgil savg’ot:
Ma’junu sharobu obi noranju nabot.

Keldi ramazonu men tak’i bodaparast,
Iyd o’ldi-yu, zikri, may k’ilurmen payvast.
Ne ro’zayu ne namoz yillar, oylar;
Tun-kun mayu ma’jun bila devonayu mast.

Bo’ldum meni oshuftai hayron mardud,
K’ilg’il madadeki, bo’ldi imkon nobud.
Dunyo bila uk’boda ruju’um sangadur,
Ey ikki jahonni shahi Sulton Mahmud!

Mutribki, unini har kishi go’sh k’ilur,
Jon birla ko’ngulni zoru madhush k’ilur.
Mak’sud nedurki, elni yod etganda,
Ul doirada bizni faromush k’ilur?

Dushmanniki, bu dahr zabardast k’ilur,
Naxvat mayidin bir necha kun mast k’ilur.
G’am emaki, etkursa boshini ko’kka,
Oxir yana er kibi oni past k’ilur.

Ko’zung bori sog’larni mast etgusidur,
G’amzang bori mastlarni past etgusidur.
Ko’p zohidu porsoni Bobur yanglig’
La’ling xavasi bodaparast etgusidur.

Ishlar bori ko’nguldagidek bo’lg’usidur!
In’omu vazifa — bori buyrulg’usidur!
Ul g’allayu muxmalki, deb erding, berdim,
Muhmalg’a bo’yu g’alladin uy to’lg’usidur!

Har kimki vafo k’ilsa, vafo topk’usidur!
Har kimki jafo k’ilsa, jafo topk’usidur!
YAxshi kishi ko’rmagay yomonlik’ hargiz,
Har kimki yomon bo’lsa, jazo topk’usidur!

Bu telba ko’ngulki, ishk’ aning sudidur,
Ahbobning ixtiloti mak’sudidur.
Hijron chekib, ahbobni har kimki ko’rar,
Xush davlatiyu tolei mas’udidur.

Hijron k’afasida jon k’ushi ram k’iladur,
G’urbat bu aziz umrni kam k’iladur.
Ne nav’ bitay firok’u g’urbat sharhin —
Kim, ko’z yoshi nomaning yuzin nam k’iladur.

Jismimda isitma kunda mak’kam bo’ladur,
Ko’zdin uchadur uyk’u chu axsham bo’ladur.
Har ikkalasi g’amim bila sabrimdek,
Borgon sori bu ortadur, ul kam bo’ladur.

YO Rab, menda ne yaxshi tole’ bordur —
Kim, baxti muti’yu yori tobe’ bordur.
Ma’zur tut ar vaslingga kechrok’ etsam,
Ne chora k’ilay, ozg’ina mone’ bordur.

Xotirni bahor faslida gasht oladur,
Ko’z nurini rangi lolayu dasht oladur.
Xush ulki, tolalarda yurub sayr etsa,
Bu fasldakim, latifu dilkash toladur!

Eykim, k’uyosh ul yuzung, hilol ul k’oshtur!
Po’loddurur ko’nglushtu bag’ring toshtur!
Nomamg’a agar yaxshi javobing yo’k’tur,
So’kmak bila yod aylasang xam xushtur!

Hajri aro oromu k’arorim yo’k’tur,
Vaslig’a etarga ixtiyorim yo’k’tur.
Kimga ochayin rozki, yo’k’ maxrami roz,
G’am kimga deyinki, g’amgusorim yo’k’tur.

Ulkim, anga ilm ichra g’olib yo’k’tur,
Derlarki, beri kelurg’a rog’ib yo’k’tur.
Dedimki, bu so’z rost emastur, negakim,
Tolibni tilar andaki, tolib yo’k’tur.

Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
Sarrishtai ayshdin ko’ngulni zinhor
Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!

K’ayg’ungni cheka-cheka k’oribtur Bobur,
Rahm aylaki, o’zidin boribtur Bobur.
Noranj yibordi eengaki, bilgaysen,
YA’niki, bu nav’ sargoribtur Bobur.

Bobur, necha bu dahr meni zor aylar,
Sabrimni kamu g’amimni bisyor aylar.
To dahrdurur, budur aning rasmikim,
Oyrib kishini azizidin xor aylar.

K’ish bo’ldi-yu, bo’ldi borcha tomu tosh k’or,
Jam’iyati bor kishiga bordur xush k’or.
Bu k’ishda yomon yo’lu parishon holim,
YO Rab, meni yaxshilig’ sori boshk’or!

Arbobi hasad so’ziga buttung o’xshar,
Begonalig’ atvorini tuttung o’xshar.
Bir dog’i sog’inmading bu fursatta meni,
Men xastani, ey yor, unuttung o’xshar.

Vaslingga ko’ngul k’iyossiz tolibtur,
Hajring aro ixtiyorsiz k’olibtur.
Mushtok’lig’im sharhini dey olmasmen,
Diydoringa ishtiyok’ ko’p golibtur.

Ey bodi sabo, ayla Xurosong’a guzar,
Mendin degil ul yori parishong’a xabar.
Necha safar o’z ko’nglung uchun k’ilg’aysen,
Emdi bizing uchun ayla bu yong’a safar.

Ko’pdin berikim, yoru diyorim yo’k’tur,
Bir lahzayu bir nafas k’arorim yo’k’tur.
Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo’k’tur.

K’ish garchi zamoni mank’alu otashtur,
Lekin bu shito Hindta ko’p dilkashtur.
Hangomi nishotu bodai beg’ashtur,
May bo’lmasa, ma’jun dog’i bo’lsa xushtur.

Ahbobki, bazmida guliston xastur,
Yo’k’ lek alar bazmida bizga dastur.
Gar sizda hzur birla jam’iyat bor,
Yuz shukr, bu jam’ behuzur ermastur.

Yuz shukr de, Boburki, karimi G’affor,
Berdi sanga Sindu Hindu mulki bisyor.
Issiklig’ig’a gar senga yo’k’tur tok’at,
Sovuk’ yuzini ko’ray desang, G’azni bor.

Ko’nglumda o’tu ikki ko’zumda sudur,
Men xastag’a rahm k’ilki, holim budur.
G’am kunduziyu firok’ shomi yanglig’,
Tun-kun menga ne k’aroru ne uyk’udur.

Bu yog’lig’kim, «Bog’i jahon» chog’lik’dur,
Jon rishtasi har rishtasig’a bog’lik’dur.
Tan tori yuzum oltunidektur sensiz,
Ko’r ul ikkidin namuna bu yog’lik’dur.

Jismimda isitma tobidin otashdur,
Jonimg’a baloyu g’ussa bebarkashdur.
Ko’p dard ila g’amdin manga noxushluk’ edi,
Sen so’rg’ali, ey habib, ko’nglum xushdur.

Devonima ne rabtu ne tartibdurur,
Ne jadvalu ne lavhu ne tazhibdurur.
Gar sanga yibordim ani, ayb aylamakim,
Devoningni tilarga tak’ribdurur.

Ey k’o’rg’on eli, k’oldimu darmonlaringiz?
Chik’may, nedurur bu jaxl k’ilgonlaringiz?
Jondek kishilar ochlig’idin chun chik’adur,
Siz chik’masangiz — chik’sa kerak jonlaringiz!

Ahbob, yig’ilmok’ni farog’at tutungiz!
Jam’iyatingiz borini davlat tutungiz!
Chun gardishi charx budurur, Tengri uchun,
Bir-birni necha kuni g’animat tutungiz!

Hajring g’amidin ok’ibat o’lgum, k’aro ko’z,
Yuz g’ussayu andux. ila borgum, k’aro ko’z.
Vasling bila k’ilmading ilojin, Bobur,
Mushkilki, firok’ingda tirilgum, k’aro ko’z.

Ozor ila necha guftugo’ k’ilg’aysiz?
Ozurda bo’lurni justujo’ k’ilg’aysiz.
Munchaki, ko’ngullarga etishti ozor,
May birla magarki shustusho’ k’ilg’aysiz?

Hammomki, to maskani jonona emish,
Anda parilar husnig’a devona emish.
Ul xud paridur, borcha mulozimlari ham,
Alk’issaki, hammom parixona emish!

Husn axlig’a zoru mubtalo ko’z ermish,
Jonim bila ko’nglumga balo ko’z ermish.
Faxm ayladim emdi, Boburo, ishk’ ichra
Ko’zumni k’orortk’on k’aro ko’z ermish.

K’ar hazki, xaloyik’ andin ayrilmas emish,
Ul haz mazasiyu k’adrini bilmas emish.
Ma’junu basitu bo’zayu luteki,
Bir jur’a chogar durdi ishin k’ilmas emish.

Bu xasta ko’ngul erdi visoling bila xush,
Jonim ham erur sening jamoling bila xush.
Hijron g’ami garchi asru noxushtur, lek,
Fikring bila shodmen, xayoling bila — xush.

Chun bordi Xudoy rahmatig’a ul yosh,
Ne foyda to’kmak g’ami hijronida yosh.
Ul yosh g’ami hijronida ko’p yosh to’ktung,
Bir yoshing uchun Xudoy bersun yuz yosh!

Gar vodiyi xajring aro bo’ldum nok’is,
Ayb aylamakim, xrdisaedur xodis.
K’avmi ajabe chog’irg’a k’ildi targ’ib,
Amri ajabe xajrg’a bo’ldi bois.

Eykim, bori she’r ahlig’a sen xon yanglig’!
She’ring bori she’rlarga sulton yanglig’!
Mazmuni aning xatti savodiy ichra,
Zulmat arosida obi k’ayvon yanglig’!

Ne yor vafo k’ilg’usi oxir, ne harif,
Ne sayfu shito k’olg’usi bok’iy, ne harif,
Yuz xayfki, zoe’ o’tadur umri aziz,
Afsuski, botil boradur umri sharif.

Andin berikim, k’asdim uchun turdi firok’,
Yuz dardu alamni manga etkurdi firok’,
Meni eshikingdin, netayin, surdi firok’,
K’il chora, yo’k’ ersa meni o’lturdi firok’.

May tarkini k’ilg’ali erurmen g’amlik’,
Bor tiyra ko’ngulga har zamon darhamlik’.
G’am birla fasurdalik’ xalok etti meni,
May birla emish shodlig’u xurramlik’.

Oludai yuz tuman maosiy bo’lmok’,
Yuz ranju tuman azob xosi bo’lmok’.
Ko’p yaxshi ekin ax,li xiradning k’oshida —
Kim, og’ritibon atoni osiy bo’lmok’.

Kim yor anga ilm, tolibi ilm kerak,
O’rgangali ilm tolibi ilm kerak!
Men tolibi ilmu tolibi ilme yo’k’,
Men bormen ilm tolibi — ilm kerak.

Yuzung bila lablaring erur gul, muldek,
Balkim, yuzung olida erur gul k’uldek.
Bobur kibi ishk’din dam urmaydur edim,
Ey gul, meni ishk’ing ayladi bulbuldek.

Boburni burun mahrami asror etting,
Vaslingg’a berib yo’l, o’zunga yor etting,
Oxir bording, dog’i oni zor etting,
Hijron alami birla giriftor etting.

Lutf ettingu ko’ngul bila jon o’rgatting,
Vasling bila, ey jonu jahon, o’rgatting.
Bu k’otla yomonrok’ o’lsa holim sensiz,
Ayb aylamagaysenki, yomon o’rgatting.

Xatting bila ko’nglakingki, irsol etting,
K’ayg’u bila mehnatimni pomol etting.
Ul xat bila xotirimni xursand aylab,
Bu ko’nglak ila ko’ngulni xushhol etting.

Ko’z sham’ini yorutk’ali maxvash kelding,
Sabr uyini kuydurg’ali otash kelding,
K’ilding meni kelganing bila minnatdor,
Rahmat senga, yaxshi keldingu xush kelding!

Sensiz necha g’am birla malole ko’raling,
Hajring necha bo’lg’usi, visole ko’raling.
Hajringda necha xayol ila o’tkaraling,
Lutf ayla-yu kelgilki, jamole ko’raling!

Eykim, yasabon yuzungni xurshid etting,
Furk’at alamini jonga jovid etting.
Men seni dedim, sen o’zgani k’ilding yod,
Navmid o’lg’il, chun meni navmid etting.

YOtlarni, kerakki, oshno kam k’ilsang,
Har kimki vafo k’ilsa, jafo kam k’ilsang.
Navmid bo’lur borcha vafodorlaring
Gar shoh nazaring birla vafo kam k’ilsang.

Hijron aro yod etib, meni shod etting,
Mahjur ko’ngulni g’amdin ozod etting.
Ne lutf edi, dey, huri parizod etting,
Go’yoki buzuk’ Ka’bani obod etting!

Har erdaki gul bo’lsa, tikon bo’lsa, ne tong?!
Har k’andaki may durdidan bo’lsa, ne tong?!
She’rimda agar xazl, agar jid, kechurung,
YAxshi borida agar yomon bo’lsa, ne tong?!

Hijron g’amidin necha shikoyat k’iloling,
Kelgilki, visoldin hikoyat k’iloling.
Tengri hak’i, bizni deb agar sen kelsang,
Ko’nglungdagidek lutfu inoyat k’iloling.

Kelgilki, dame o’lturubon may icholing,
Dunyo g’amu ranjidin zamone kecholing.
Chun ayshu nishot lashkari saf tuzdi,
Ey mehnatu g’ussa xayli, sizlar sijoling!

Ko’rdung, dog’i ko’zushta giriftor etting,
So’rdung, dog’i so’zushta giriftor etting.
Bu tab’u kamoling bila o’z boshing uchun,
Boshdin meni o’zungga giriftor etting.

Ey yor, hazin ko’nglumni yod aylamading,
Mehringni kam aylading — ziyod aylamading.
YO menda gunah bordur, unuttung yo sen,
Oyo, ne jihatdururki, yod aylamading?

YO k’ahru g’azab birla meni tufrok’ k’il!
YO bahri inoyatingda mustag’rak’ k’il!
YO Rab, sengadur yuzum — k’aro, gar ok’ k’il,
Har nav’ sening rizong erur, andok’ k’il!

Noz uyk’usidin biror zamon oyilg’il!
Guldek kulub, ey g’unchadaxan, ochilg’il!
Ko’nglumni iliklading cholib chang, ey yor,
Changingdadurur ko’ngul — navozish k’ilg’il!

Doim sog’inib, ko’ngulni ol, xush k’olg’il!
Rahmat nazarini menga sol, xush k’olg’il!
Noxush edi buki, men yomon bordim, lek,
Sen lolauzor, yaxshi k’ol, xush k’olg’il!

Ey el, borib ahbobk’a nomimni degil!
Har kim meni bilsa, bu payomimni degil!
Mendin demagil gar unutulton bo’lsam,
Har kimki meni so’rsa, salomimni degil!

Nak’k’osh, mening holima tadbir etgil,
Bir yog’lig’ aro kashida taxrir etgil.
Ul safxada men xayol k’ilgon yanglig’,
Ul yorg’a mushkilimni tak’rir k’ilg’il.

To k’ilg’ali zikr tab’ nomini ko’ngul,
Vird ayladi tab’ ahli kalomini ko’ngul.
To hajr g’amu mehnati taskin topk’ay,
Istaydurur ahbob payomini ko’ngul.

G’avtoda may irtikob k’ilmok’ mushkil,
Jong’a kuch ila azob k’ilmok’ mushkil,
Bo’lmay dog’i mast xob k’ilmok’ mushkil,
Ahbobdin ijtinob k’ilmok’ mushkil.

Ey yor, sening vaslinga etmak mushkil,
Farxunda hadisingni epshtmak mushkil,
Ishk’ingni dog’i bartaraf etmak mushkil,
Boshni olibon bir sari ketmak mushkil.

To vodiy hajringda k’ilibmen manzil,
Suvrat bila garchi ayrumen men bedil.
Vallahki, ey yor, sening yodingdin
Bir lahzayu bir zamon emasmen g’ofil.

Jonig’a etishti tuzu tog’ birla ko’ngul,
Dardini tugatmas isitmog’ birla ko’ngul.
G’urbatda oyok’ birla badan etmasdek,
Yuz shukrki, tinchdur k’ulog’ birla ko’ngul.

YAkson karaming k’oshida mudbiru muk’bil,
Oson sening ollingda jami’i mushkil.
YO lutfu inoyat oncha k’ilkim, ko’taray,
YO k’ahru g’azabni tok’atim boricha k’il.

Yuz hamd angakim, hamdin aning ahli mak’ol,
Yuz yil desalar tugatmagi amri mahol.
Vasfida xirad ojiz erur, notik’a — lol,
Ne nav’ sifat k’ilay oni jalla Jalol.

A’zoyu javorihingni hozir k’ilg’il,
Jon birla ko’ngul hoziru nozir k’ilg’il.
Har lahza bir andishayu bir fikrni k’o’y,
Andishayu fikringni borin bir k’ilg’il.

Ko’zungdin erur, nazora k’il, xastalig’im,
K’oshingdin erur g’am bila payvastalig’im.
Boshimni olib ketgay edim yuz k’otla,
Bo’lmasa edi sochingg’a dilbastalig’im.

Sening bila menki, oshnolig’ k’ildim,
Ishk’ingni hazin jong’a balolig’ k’ildim.
Ko’rmay-bilmay meni vafosiz debsen,
Men senga ne nav’ bevafolig’ k’ildim?

Ko’nglum tilagi visol emishtuk, bildim,
Ul vasl dog’i mahol emishtuk, bildim.
Har k’andaki bo’lsa mehribondur, der edim,
Ul dog’i g’alat xayol emishtuk, bildim.

Zulfig’a ko’ngul k’o’yub, parishon bo’ldum,
Ko’z oldurubon yuziga, hayron bo’ldum.
Chin dey senga, Boburoki, oshik’lig’da,
Har neki k’ilib edim, pushaymon bo’ldum.

Husnung sifatini eshitib zor o’ldum,
Ko’rmay seni ishk’ingg’a giriftor o’ldum.
So’rg’ilki, g’aming firok’i behol etti,
Ko’rgilki, ko’zung hajrida bemor o’ldum.

Hijronda, sabo, etgi falakka ohim,
Gar ul sori borsang, budurur dilxohim-
Kim, arzi duo niyoz ila k’ilg’aysen,
Gar so’rsa men xastani gulruh mohim.

Yillar tilab, ishni k’obu saxlab turdum,
Yuz jahd bila ishni munga etkurdum.
Mardona bo’l, emdi yaxshidur ish kelishi,
Tengriga seni, elni senga topshurdum.

Gar Ruhdam etsa erdi ohangi nag’am,
Majlisda ne huzn k’olur erdi, ne g’am.
To borg’ali Ruhdam bizing majlisdin,
Majlis eliga ne ruh k’oldi-yu ne dam.

O’t soldi ko’ngulga ranju betoblig’im,
Suv k’ildi bu xasta jonni beoblig’im.
Bu ikkalasi agarchi bor muhliku sa’b,
Lek o’lturadur tongg’acha bexoblig’im.

Ey gul, ne uchun k’oshingda men xor o’ldum?
Yuz mehnatu anduh bila yor o’ldum!
Vasling bila bisyor sevindum avval,
K’ajring bila ok’ibat giriftor o’ldum.

Yuz nomai ishtiyok’ tahrir ettim,
Yuz nav’ bila vaslinga tadbir ettim.
Ma’zur tut, ey k’uyoshki, tole’ yo’k’idin
Vaslinga etar mahalda tak’sir ettim.

YOr yog’lig’idin ko’ngulni xursand ettim,
Ruhum k’ushini tori bila band ettim,
Ko’nglumni ne nav’ uzay o’shal yog’lig’din,
Jon rishtasini torig’a payvand ettim.

Bemehr desa el seni, men butmas edim’,
Hargiz bu sifatni senga yovutmas edim.
Nohak’ og’rib, meni unuttung oxir,
Vallohki, sendin bu tama’ tutmas edim.

Islom uchun ovorai yoziy bo’ldum,
Kufforu hunud harbsoziy bo’ldum.
Jazm aylab edim o’zni shahid bo’lmok’k’a,
Alminnatulillohki, g’oziy bo’ldum.

Har kunda yuzungni ko’rmak erur xavasim,
Har kecha soching xayolidur hamnafasim.
Iso damidin ruh berur jismimg’a,
Sening soridin payom keltursa nasim.

K’otingda agar gunox. gohe k’ildim,
Yuz k’otla nadomat bila ohe k’ildim,
K’ildim yomonu asru tabohe k’ildim,
Lutfung bila sen kechur — gunohe k’ildim.

Ahbob unutmasa kerak ahdi k’adim,
Etkursa kerak xabar gahi payki nasim.
Bobur, chu umid ila k’ilur arzi niyoz,
Shoyadki, k’abul aylagay tab’i salim.

Bu olam aro ajab alamlar ko’rdum,
Olam elidin turfa sitamlar ko’rdum,
Har kim bu «Vak’oe’shi o’k’ur, bilgaykim,
Ne ranju ne mehnatu ne g’amlar ko’rdum.

Hammomki, ark ichinda paydo k’ildim,
Sog’inmaki, sudin tabarro k’ildim.
Sud ushbu emasmukim, tadbir bila
Pokiza badanlarni tamosho kildim.

Yuz shukr k’ilayki, yona oshik’ bo’ldum,
Olamg’a bo’lub fasona, oshik’ bo’ldum.
YAxshi so’zunggu vasfi jamoling eshitib,
Ko’rmay seni goyibona oshik’ bo’ldum.

Hammomki, k’ildim ko’rungizkim, ayyom,
O’xshatti aning bori ishi manga tamom.
Ko’z yoshiyu ko’ngul o’ti birla mendin
Gulchehralar istabon yuruydur hammom.

Ul yuzi k’uyoshki, bordur oydin afzun,
Husn ichra ul oy ollida xurshid zabun.
To bir kun ul oydin navozish topk’ay,
Ko’k doira bo’ldi-yu, jalojil oyu kun.

Ishk’ing yo’lida firok’ ila netgaymen?
Bir yo’l ko’rsatki, vaslinga etgaymen!
Vasling manga gar muyassar o’lmas bo’lsa,
Boshimni olib bir sorig’a ketgaymen!

Vasfingni necha ulusdin eshitgaymen,
Ne nav’ k’ilib visolinga etgaymen?
Gar vasl muyassar o’lmasa netgaymen?
Boshimni olib k’ay sorig’a ketgaymen?

Ul xatki, men anda seni yod etgaymen,
Ko’z ok’ida, koshki, savod etgaymen.
Kirpiklardin anga k’alam rost k’ilib,
Ko’z k’orasidin anga midod etgaymen.

Bir go’shai bog’ o’lsayu sen bo’lsangu men,
May k’uysok’ ikimiz k’adah ichra bir hin.
Ondin so’ngra ayok’ ilikka olibon,
Sen tutsangu men ichsam, men tutsamu sen.

Bek’aydmenu harobi siym ermasmen,
Ham mol yig’ishtirur laim ermasmen.
Kobulda ik’omat etti Bobur dersiz,
Andok’ demangizlarki, muk’im ermasmen.

Mehring nedurur — burun chu bor, javr — keyin,
Befoida ishk’ing g’amini necha eyin.
Holimni necha desam, demassen meni yor,
Sen demasang «Ey yor!» meni, men ne deyin?!

Hajringda ne k’on k’oldiki, yutmaydurmen?!
Ko’z yoshini bir lahza k’urutmaydurmen.
Diydoringning hak’k’ini, ey yuzi k’uyosh,
Tengri hak’i, bir zarra unutmaydurmen.

Sen gulsenu men hak’ir bulbuldurmen,
Sen shu’lasen, ul shu’lag’a men kuldurmen.
Nisbat yo’k’tur, deb ijtinob aylamakim,
Shahmen zlga, vale senga k’uldurmen!

Xattimni ko’rub, so’zumni chun bilgaysen,
Kelmakta bizga el kibi elgaysen.
Ixlosingni bilib yibordim k’osid,
Rahmat senga, zinhorki, bot kelgaysen!

Ul bordiki, ishrat orzu k’ilg’aysen,
Ishrat tilamaklikta g’ulu k’ilg’aysen.
Chun ayshu farog’ mumkin ermas zinhor,
Bobur, g’amu mehnat bila xo’ k’ilg’aysen.

Ahbobg’a har xatki, savod etgaysen,
Bizni dog’i ul bitikda yod etgaysen.
Mak’sudki, k’osidi agar kelsa bu yon
Bir noma bila ko’ngulni shod etgaysen.

Hijronda sog’inib, meni shod etgaysen,
Men xastani muxlis e’tik’od etgaysen.
Bu xatni aning uchun bitidim munda,
Ko’rgach bu xatimni meni yod etgaysen.

Necha menga javr muttasil k’ilg’aysen?
Mehring yo’k’u necha munfail k’ilg’aysen?
Javringni ko’rub, mehoni ko’rmay kettim,
Gar ko’rsamu ko’rmasam bihil k’ilg’aysen.

Zaxmingni ko’ngul tilar — ango k’ilg’aysen,
Zaxmingni ko’ngulga bexato k’ilg’aysen.
Til iki alif ko’ksuma, na’l o’rtadakim,
Ko’nglum tilarin hak’k’in ado k’ilg’aysen.

Xush ulki, kelib yonimda o’lturg’aysen,
YO bir nafas ollimda kelib turg’aysen.
Og’zingg’a o’par so’zin bitiy olmasmen,
Borgon kishidin og’iz so’zin so’rg’oysen.

Davlat bila shodu shodmon bo’lg’oysen,
Shavkat bila maighuri jahon bo’lg’oysen.
Ko’nglungdagidek dahr aro kom surub,
Bu dahr borincha Komron bo’lgoysen.

Eyki, yorolig’ jismima marham sensen,
Majruh ko’ngulg’a nishtar xam sensen.
Gah shodu gahi g’amgin esam, ayb etma-
Kim, boisi shodmonlig’u g’am sensen.

Jonimda mening hayoti jonim sensen,
Jismimda mening ruhu ravonim sensen.
Boburni seningdek o’zga yo’k’ yori azizi,
Alk’issaki, umri jovidonim sensen.

Eykim, manga mujda berding ul jonondin,
K’ilding meni ozod g’ami hijrondin.
Bu mujdani ne nav’ sifat k’ilg’aymen,
Go’yoki, xabar berding o’lukka jondin.

Davron meni o’tkardi saru somondin,
Oyirdi meni bir yo’li xonumondin.
Gah boshima toj, gah. baloyi ta’na,
Nelarki, boshimg’a kelmadi davrondin.

So’z so’rg’ali la’li nuktadoning topmon,
Yuz surtgali ul ostoning topmon.
Benomu nishonlig’ istasam, ne tongkim,
Nomingni eshitdimu nishoning topmon.

Ahbob yig’inidin necha k’olg’oymen,
O’zumni netib ul arog’a solgoymen?!
Borsam dag’i anda mehmon kasratidin,
Ma’lum emaski, er topa olg’oymen.

El suhbatiniki, orzu k’ilmishmen,
Ne xushlug’ ila bu guftugo’ k’ilmishmen.
Ishrat bila ayshni ne ish k’ilg’oymen,
Menkim, g’amu mehnat bila xo’ k’ilmishmen.

To tarki manohiyu sharob etmishmen,
Nafsimg’a Xudoy uchun azob etmishmen.
Tavba eshigi hanuz ochuk’ erdi,
Bu tavbada bir nima shitob etmishmen.

May tarkini k’ilg’ali parishondurmen,
Bilmon k’ilur ishimniyu hayrondurmen.
El barcha pushaymon bo’luru tavba k’ilur,
Men tavba k’ilibmenu pushaymondurmen.

Ishk’ing meni k’ildi asru shaydo, netayin?
Olam eliga ayladi rasvo, netayin?
Jonimni fido k’ilib sanga, andin so’ng
Dermenki, seni jon etay, ammo netayin?

Vaslingni tilab necha, sabodin bilayin,
Kelgilki, k’uyundek boshingga evrulayin.
Gar kelmasang, istasang meni xidmatingga,
Boshimni k’adam k’ilib, k’adamg’a kelayin.

Ishk’ ishini boshtin yana bunyod etayin,
Ishk’ing g’ami birla xotirim shod etayin.
Debsenki, unutma meni hijron aro, voy,
Seni unutub, ne kishini yod etayin?!

YOring sening ilohiy «Taborak» bo’lsun!
Dushmanlaringga to’’ma palorak bo’lsun!
Mulkungda farog’at bila xonliklar k’il,
Mulkung bila xonlig’ing muborak bo’lsun!

Besabrmenu besaru somondurmen,
Bir g’amzadadurmenu parishondurmen.
Ne dinning ishin k’ildimu ne dunyoning,
YO Rab, netay, o’z ishimga hayrondurmen.

Ul sho’xki, bildurdi vafodorlig’in,
Tark ayladi go’yoki sitamkorlig’in.
Lutf ayladi — yorlik’k’a farmon berdi,
A’do bila yordur, netay yorlig’in?!

Sening bila so’z muk’arrar andok’ k’ilayin,
Olamda seni mo’’tabar andok’ k’ilayin.
Tengri xak’i, bu xidmat agar sen k’ilsang,
Har nav’ki, ko’nglung tilar — andok’ k’ilayin.

Nisyon k’alamin necha menga surgaysan,
Vak’t o’ldiki, xajr nomasin burgaysen.
Budur tilagim — xatimni chun ko’rgaysen,
Albatta, o’zungni manga etkurgaysen!

Kechrak kelasen, bu xastadin to’ydungmu?
Dil safhasidin harfi vafo yo’ydungmu?
Nomusu uyot kerak, uy, ot sahldurur,
Yuz k’o’y uchun ul eshikka yuz k’o’ydungmu?

G’am xonasi sori guzar, ey jon, k’ilma!
Ishrat uyini kulbai ahzon k’ilma!
Zulfung kibi ko’nglumni parishon aylab,
La’ling kibi bag’rimni to’la k’on k’ilma!

Har zulftin, ey ko’ngul, parishon bo’lma,
Har yuzga ham asru zoru hayron bo’lma.
Men senga demonki, tarki ishk’ et, lekin,
Andok’ k’ilkim, so’ngra pushaymon bo’lma!

Muncha meni zor, ey yuzi xurshid, etma,
Furk’at alamini menga jovid etma.
Tengridin agar sening umiding bordur,
Tengri uchun, ey oy, meni navmid etma.

Davlatk’a etib, mehnat elin unutma!
Bu besh kun uchun o’zungni asru tutma!
Borg’onni, kel emdi, yod k’ilmay, ey do’st,
Borish-kelishingni lutf etib, o’ksutma!

Hijron aro yod etib, meni shod ayla,
Mahjur ko’ngulni g’amdii ozod ayla.
Bu xatni aning uchun bitidim munda,
Ko’rgan soyi xattimni meni yod ayla!

Ko’z ravshan edi sening jamoling birla,
Ko’ngul xush edi sening visoling birla.
Bas tiyrayu noxush etti hajring bizni,
Emdi k’ilaling xo’y xayoling birla.

Sen anda farog’u ayshu ishrat birla,
Men munda harob ranju mehnat birla.
Asrarmen o’zum birla seni nak’sh k’ilib,
Xursand bo’lurmen ushbu suvrat birla.

Netgay kishi bu falak nifok’i birla,
Etgay bu falak otu so’rok’i birla.
Gah tirguzadur visol ayyomidin,
Gah o’lturadur shomi firok’i birla.

Rafgoriyu k’addig’a ravonim sadk’a,
Bir bok’ishig’a ikki jahonim sadk’a.
Og’ziyu beliga budu nobudum sarf,
Ko’ziyu labig’a jismu jonim sadk’a.

Bobur mutavajjih o’lsa Langar sorig’a,
K’ilmas nazari bixishtu kavsar sorig’a.
Sendin tilagumdur madad, ey shoh G’iyos,
Har vak’tki, azm aylasam har sorig’a.

Azm ayla, sabo, et guli xandonimg’a,
Ne gulki, k’uyoshdek mahi tobonimg’a.
Etgil dog’i ishtiyok’ ila Boburdin,
Zinhor degil salom tuk’k’onimg’a!

Keldim sanga yuz umid birla, ey moh,
Lekin, bordim yuzungni ko’rmay, yuz oh,
Hamsuhbatu hamrahni netay bu yo’lda?
Darding menga hamsuhbatu ishk’ing hamroh.

Ne xesh meni xushlaru ne begona,
Ne g’ayr rizo mendinu ne jonona.
Har nechaki yaxshilik’ta k’ilsam afsun,
Xalk’ ichra yomonlig’ bila men afsona.

Bu dahr aro gar ehtimoli bo’lsa,
Mendek senga yori louboli bo’lsa.
Ul yor base noziku yo’k’ menda adab,
Mendin, ne ajab, agar maloli bo’lsa.

YOr uldurkim, she’rg’a mayli bo’lsa,
Netgay kishi she’r g’ayr xayli bo’lsa?!
Ag’yorning ozorini har hol bila
Chekkaymen agar yor tufayli bo’lsa.

Dunyo borisi manga musaxhar bo’lsa,
Uk’boda dog’i Xudoy yovar bo’lsa.
Budur tilagim ikki jahonda Hak’din,
Har ne tilasam, bori muyassar bo’lsa!

Bobur bila Mir ittifok’i bo’lsa,
Yo’k’tur g’am agar jahon nifok’i bo’lsa.
Budur tilagimki, shoh dargohida
Men banda uchun hamisha bok’iy bo’lsa!

Ko’nglushta nechaki, sayr matlub o’lsa,
Ahbobni so’rmok’ dog’i marg’ub o’lsa.
Gar hajring imtidodi mundin ortar,
K’olmas manga sabr — sabri Ayyub o’lsa.

Xush ulki, bahor fasli bu dunyoda,
Bo’lg’ay tarab asbobi bori omoda.
Gar bo’lmasa asbob, etoling dangona,
Mendin gazaku taom, sendin — boda.

Ahbobk’a k’ilsang guzar, ey el, nogoh,
Ul jam’ni bu so’zumdin etgil ogoh.
Siz ko’rgandek eson-salomatturmiz,
Siz dog’i eson bo’lg’osiz, inshoolloh!

Jon vola erur la’li shakarboringg’a,
Ko’nglum ham erur harob ruhsoringg’a.
Guftoring erur boshdin-ayok’ borchasi xo’b,
Men banda bo’lay boshtin-ayok’ boringg’a.

Ey, oy yuzung ollida k’uyosh sharmanda,
Shirin so’zu yaxshi xulk’ungga men banda,
Hijronda necha noma bila so’zlashaling,
YO sen beri kel, yo borayin men anda.

Necha bu falak solg’usi g’urbatk’a meni,
Har lahza tugongusiz mashak’k’atk’a meni.
Ne chora k’ilay, netayki, Tengri go’yo,
Mehnatni menga yaratti, mehnatk’a — meni.

Bedard habib bilmadi dardimni,
Tufrok’cha ko’rmadi ruhi zardimni.
Mendin necha ko’nglida g’ubori bo’lg’ay,
Kettim muna, emdi topmag’ay gardimni

Ko’ngli tilagan murodig’a etsa kishi,
YO borcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki muyassar o’lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig’a ketsa kishi.

YOd etmas emish kishini g’urbatta kishi,
Shod etmas emish ko’ngulni mehnatta kishi.
Ko’nglum bu g’ariblik’da shod o’lmadi, oh,
G’urbatta sevunmas emish, albatta, kishi.

Ovoralig’ asru xonumondin yaxshi,
Bir go’sha manga ikki jahondin yaxshi.
Ovora bo’lurni yaxshi ermas demagil,
Bo’lsam agar ovora, ne ondin yaxshi?!

Har so’zniki dermen sanga, lof o’lmag’usi,
Bema’niyu harzayu gazof o’lmag’usi.
Ul ishta agar muxolafat aylarsen,
Tengri hak’i, bu so’zda xilof o’lmag’usi.

Ey yor, jafo rasmi chik’ormok’ ne edi?!
YO mehr giyohini k’o’pormok’ ne edi?
Bir mehr, yana lutf, yana javr nedur?
Bir bordingu kelding, yana bormok’ ne edi?

Gar mehr bila bu charx evrulsa edi,
Jonlardin aning javfi kerak to’lsa edi.
Bobur kibi jong’a mehr bog’lar erdim,
Gar ushbu jahonda mehr, jon bo’lsa edi.

Holimg’a, kerak, habib evrulsa edi,
Ishrat k’adahi habibdin to’lsa edi.
Xush vak’tturur yoz, vale noxushmen,
Xushvak’t bo’lur edim, chog’ir bo’lsa edi.

Jon ahdi bor, ey nigor, etmasmu edi?
Ul ahd bila k’aror etmasmu edi?
Emdi dog’i vasl intizorin berasan,
Muncha mahal intizor etmasmu edi?

G’urbat tug’i yopk’on ruhi zardimnimu dey?
YO hajr chik’argon ohi sardimnimu dey?
Holing nedurur? Bilurmusen dardimni?
Holingai so’raymu, yo’k’sa dardimnimu dey?!

Ishvang bila g’amzangaiyu nozingnimu dey?
Javrung bila so’zunggu gudozingnimu dey?
So’zung, k’ilig’ing, navozishingmu aytay?
Ovozu usulingniyu sozingaimu dey?

Ko’zum uyi yuzidin musavvar bo’ldi,
Bu vajh bila ko’ngul munavvar bo’ldi.
Yuz shukrki, Bobur kibi oshik’likda,
Har neki tilab edim — muyassar bo’ldi.

Xattingni ko’rub, ko’ngulga hayrat bo’ldi,
She’ring eshitib, jong’a musarrat bo’ldi.
Bu necha mahal tag’oful etting, demagil,
Tole’ yo’k’ ediki, muncha g’aflat bo’ldi.

Ey payk, borib sano bila k’ulluk’, de!
Er o’p, dog’i k’o’p, ado bila k’ulluk’, de!
Gar yor meni xastani so’rsa zinhor,
Mendin yuk’unub, duo bila k’ulluk’, de!

Nomangki, tirikligim nishoni erdi,
Har satri hayoti jovidoni erdi.
Har lafzida oshkor yuz harfi vafo,
Har harfda yuz mehr nihoni erdi.

Hajringda bu tun ko’ngulda k’ayg’u erdi,
Vaslingg’a etishmadim — jihat bu erdi:
Ohim tutuni birla ko’zumning yoshidin
Yo’l balchik’ edi, kecha k’arong’u erdi!

Hajringda, agarchi jong’a bedod erdi,
Sensiz manga yuz fig’onu faryod erdi.
Fikringdin erdi, valek, xursandlig’im,
Zikring bila bu xasta ko’ngul shod erdi.

Xotirg’a xutur etti bu so’z yongla, axiy,
Aytay senga, sen k’ulok’ solib ongla, axiy.
Umrungni bu kun xush kechir ahbob ilakim,
Topilmagusidur ushbu kun tongla, axiy.

Eshitsa kishi bu sho’ru shevan, ne degay?
Doim bu tariyk’ ichkuni ko’rgan ne degay?
Dushman so’ziga kirma, eshit do’st so’zin,
Eshitmasa so’zni do’st, dushman ne degay?

Ishk’ingda ko’ngul harobdur, men ne k’ilay?
Hajringda ko’zum purobdur, men ne k’ilay?
Jismim aro pechutobdur, men ne k’ilay?
Jonimda ko’p iztirobdur, men ne k’ilay?

Shoxim, sanga ma’lum emastur, ne k’ilay?
Ohim sanga ma’lum emastur, ne k’ilay?
Men yuzu k’oshing dermenu sen — badru hilol,
Mohim, sanga ma’lum emastur, ne k’ilay?

Boshimni tufayl ul saromadk’a k’ilay,
Jonimni fido o’shal sihi k’adk’a k’ilay.
Bu xasta ko’ngul bila xamida k’adni
Ko’zi bila zulfig’a aning sadk’a k’ilay.

Etsam sanga, k’ullug’umni cho’k’ arz k’ilay,
Sen etsangu men desamki, yo’k’ arz k’ilay.
Ko’ptur so’zumu mahram emas hech kishi,
Ruhsat etsa, tobug’ungda-o’k’ arz k’ilay.

Hijron aro necha noma tahrir k’ilay,
Xoma tili birla hol tak’rir k’ilay.
Xush ulkim, so’zum sanga desam vositasiz,
Sen andayu men munda — ne tadbir k’ilay?

Mening tilagim budurki, to zinda bo’lay,
K’ar k’anda esang, banda dog’i anda bo’lay.
Ne xulk’ edi, yona ko’nglum olding so’z ila,
Shirin so’zu yaxshi xulk’ungga banda bo’lay!

Husnungai sening kimki taak’k’ul k’ilg’ay,
Sendin boshk’a nechuk tahammul k’ilg’ay?
Bu tab’u bu ixtilotkim, sendadurur,
Ne menki, bori olam elin k’ul k’ilg’ay.

Ash’oringkim, she’r oti to bo’lg’ay,
Tab’ ahli anga volayu shaydo bo’lg’ay.
Har lafzi duru bahri maoniy anda,
Kim ko’rdi dureki, anda daryo bo’lg’ay.

Arbobi hasadki, dunyodin dur o’lg’ay,
Istar sevaridin kishi mahjur o’lg’ay.
Doim ko’rayin yuzung alo rag’mi hasud,
Har kim ko’ra olmasa, ko’zi ko’r o’lg’ay.

Nosih so’zi sanga necha mardud o’lg’ay,
YAxshiyu yamon k’oshingda nobud o’lg’ay.
Bori emdi maosh, bir nav’ etkim,
Hak’ roziyu olam eli xushnud o’lg’ay.

Yuz jahd ila etmay sanga, ey oy, netay?
Hajring alamida necha yig’loy, netay?
Yo’k’ sanga vafoyu rahmu parvoy, netay?
Ey voy, netay? Voy, netay? Voy, netay?

Men necha jafoyu javrunga sabr etay?
Bir zarra vafoyu mehr yo’k’ senda, netay?
Chun boshim ayog’ingg’a k’o’yarg’a yaramas,
Boshimni olib ayok’ etgancha ketay!

Ahbob, firok’ingiz bila el netgay?
Sizlarga kishi ne chora aylab etgay?
Jam’iyatingizni jam’ tutk’ay Tengri,
Boburni dog’i bu jam’da jam’ etgay.

K’osidki yibording, ayladi shod meni,
Doim bu yo’sunluk’ aylagil yod meni.
Ozodingga k’ul bo’layki, xatting keturub,
Hajring g’amidin ayladi ozod meni.

Har kim desa burno yo agar yongla meni,
O’zungga musohibu muxib angla meni.
Bu kun meni yod etib, unutma tongla,
Zinhorki, ko’z tut ushbu kun tongla meni.

She’ring eshitur fikrini Bobur k’ildi,
Ne fikri xushu yaxshi tasavvur k’ildi.
Ko’zni yoruk’ ayladi savodi birla,
Mazmuni bila k’ulok’ni purdur k’ildi.

Hijron g’amidin zaif jonim so’ldi,
G’urbat alami birla ichim k’on bo’ldi.
Yuz shukrki, muncha yilg’i g’am birla alam
Rohat bila ishratk’a mubaddal o’ldi.

Tole’ yo’k’i jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishniki, ayladim — xatolig’ bo’ldi.
O’z erni k’o’yib, K’ind sori yuzlandim,
YO Rab, netayin, ne yuz k’arolig’ bo’ldi?!

Husnungki sening shuhrai skrok’ o’ldi,
Jon birla ko’ngul vaslingga mushtok’ o’ldi.
Hajring aro intizor haddin oshti,
Kel yo meni ista — tok’atim tok’ o’ldi.

Idrokinggu tab’u hushungga banda bo’lay,
Ovozu usulu jo’shungga banda bo’lay.
Tak’sim k’ilurda nak’shlarg’a abyot,
Ta’rib bila o’k’ushugata banda bo’lay.

Bu chehrai zardimdin uyolsang, netgay?
Rahmat nazarini manga solsang, netgay?
Bir ishva bila ko’ngul berib Boburg’a,
Bir bo’sa bila ko’ngulni olsang, netgay?

Gar sidk’ bila birovki, oshik’ bo’lg’ay,
Ma’shuk’ visoli anga loyik’ bo’lg’ay.
Pir ollida topk’usi murodin beshak,
Har kimki, agar muridi sodik’ bo’lg’ay.

Ishk’ing, netay, ixtiyorsiz k’ildi meni,
Sabrimni olib, k’arorsiz k’ildi meni.
Olam zli ichra orsiz k’ildi meni,
Zuhd ahlig’a z’tiborsiz k’ildi meni.

Boburki, demas har kishiga har so’zini,
Elchingga dedi vale sarosar so’zini.
Sultonali ar so’zum senga desa, ne tong,
Ore, lak’u dak’ degay k’alandar so’zini.

Kelmas ko’zuma k’uyosh kibi gar mingdur,
YOk’mas menga gar oy mingi yanglig’ mingdur.
Gil birla gul ichra fark’ eta olmasmen,
Gulxan bila gulshan menga emdi tengdur.

Ko’nglumki, erur k’uyosh kibi yuzungo,
Yl o’tdi-yu, kelmadi bu sori ul moh
Til birla ko’ngul ishk’ aro bir k’ildimu bas,
YOr og’ritti g’amin ko’ngulni ammo.
Tuyuk’lar
Vasldin so’z derga yo’k’ yoro manga,
Hajr aro rahm aylagil, yoro, manga.
O’k’ung etti ko’p yomon yoro manga,
Marxami lutfung bila yoro manga.

Ulki, har ko’zi g’azoli Chindurur,
K’oshida payvaeta oning chindurur.
Chunki ko’p yolgon aytti ul manga,
Gar desam yolg’onchi oni chindurur.

Meni behol aylagan yor oydurur —
Kim, oning vasli menga yoroydurur.
Gar visoli bo’lmasa, ketar erim
YO Xuroson, yo Xitoy, yo Roydurur.

Ishk’ ahli ishk’ dardini taning,
Ko’p yomondur, dardi ishk’idin taning.
Har necha ko’zum och ersa, ko’z to’yor
Gar ochilsa siymdek nozik taning.

Mehrkim, ko’kka k’ilur ohang tong,
Ollida bo’lsa, emas berang tong.
Xoliyu ikki labidek bo’lmag’ay,
Hindu ar keltursa shakkar tang-tang.

Kel, k’ilay jonni nisoring, o yorim,
Nak’di jonni bormu sendin oyorim?!
Bo’sa bersang gar tamom og’zing bila,
Kunji og’zingdin oloyin oyorim.

Sen kibi bir dilraboni bilmanam,
Oshiki sodikki derlar, bil, manam,
K’il tasavvur ko’z yoshimni bir tengiz,
O’zga oshik’ ashki yanglig’ bilmanam.

To chik’ardi xat uzori pokidin,
Gul yuzi ozurda bo’ldi pokidin.
Istar erdi el burun yuz mehr ila,
Emdi ul yuz mehri ketti pokidin.

To ko’ngul berdim o’shal k’oysorig’a,
Borgonini bilmadim k’oy sorig’a.
Do’stlar, yorg’a meni sog’indurung,
Solsangiz nogah k’ulok’ k’oysorig’a.

Shah, supuray ostoning yuz ila,
Tiymanakdin necha uray yuz ila,
Ikki yuzluk muddaiydin ne g’amim,
Gar ishim tushsa alardin yuzila?!

Ne balo biyikturur davlat tog’i,
Ko’yi g’amni ne bilur davlat tog’i.
Himmate tut, dog’i davlat istagil,
Ximmating bo’lsa, bo’lur davlat tog’i.

Jong’a soldi daf g’urbat norini,
Ko’z yoshim bo’ldi mo’g’ulning norini.
Bu aroda men degandek bo’lmasa,
Ko’zlay Issig’ko’lu andin norini

K’addimni firok’ mehnati yo k’ildi,
Ko’nglum g’amu anduh o’tig’a yok’ildi.
Holimni sabog’a aytib erdim, ey gul,
Bilmon, sanga sharh k’ilmadi yo k’ildi?!


  1. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida g’azallari va ruboyilari
  2. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ruboiylar
  3. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qit’alar
  4. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida to’rtliklar
  5. Zahiriddin Muhammad Bobur Masnaviylari
  6. Zahiriddin Muhammad Bobur Fardlar
Previous articleZahiriddin Muhammad Bobur haqida g’azallari va ruboyilari
Next articleZahiriddin Muhammad Bobur haqida qit’alar