Ildizning tuproqdan. Suv va mineral moddalarni shimishi

0

O’simliklar ildizining muhim vazifasi tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalarni shimib olib, yerusti qismiga uzatishdan iborat (33-rasm).

33-rasm. Ildizning tuproqdan suv va unda erigan moddalarni shimib olishi.
33-rasm. Ildizning tuproqdan suv va unda erigan moddalarni shimib olishi.

Quyida suv va unda erigan oziq moddalarni ildizdan barg- gacha ko’tarilishi bilan tanishamiz. Tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalar dastlab ildiz tukchalariga, so’ngra ular bit an yonma-yon joylashgan po’stloq hujayralariga o’tadi.

H uj ay radan huj ay raga so’ ri l gan suv va unda erigan oziq mod­dalar ildizning o’tkazuvchi qis- miga yetib boradi va u yerdan o’simlikning yer usti qismiga ko’tariladi.

Boshqa tirik organizmlar kabi, o’simliklar ham suv bilan tirik. Ularda boradigan ko’pgina biologik jarayonlar suv tufayli amalga oshadi. Eng muhimi, suvda o’simliklar uchun zarur bo’lgan oziq moddalar erigan holda bo’ladi. Suv orqali ular hujayra, to’qimalarga va o’simliklarning boshqa organlariga o’tadi. Suv yetarli bo’lganda o’simliklar hujayrasi tarang ho- latda bo’ladi. Aks holda, o’simliklar so’lib qoladi. So’ligan o’sim I ik I arga suv quyilganda, ular qanday qilib tik I anishi sizga ma’lum.

Tuproqdagi suv ildiztukchalariga, ulardan esa po’stloq hujayralariga qanday o’tadi? Bu savolga juda ko’p mi- sollar bilan javob berish mumkin. Kuzatgan bo’lsangiz, ayniqsa bahorda o’simliklarning poyasi yoki shoxi kesilsa, ulardan suv tomchilari sizib chiqadi. Siz buni shira harakati boshlangan vaqtda kesilgan tok, terak, tol novdalarida ko’p ko’rgansiz. Yoki yantoq ildiz bo’g’zidan kesib tashlansa, undan suv tomchilari yumalab tushishining guvohi bo’lasiz. Bu suyuqlik o’z-o’zidan chiqmay, balki ildiz bosimi kuchi ta’sirida harakatga keladi. Bu kuch suvni va unda erigan oziq moddalarni bir hujayradan ikkinchisiga o’tishida past- dan yuqoriga ko’tarilishga majbur etadi. Qish kirishi bilan ko’p yillik o’simliklarning ildiz tukchalari o’z faoliyatini to’xtatadi. Bahor kelib, kunlar isishi bilan ildiz tukchalari yana faollashadi.

Yoz oylarida O’zbekiston sharoitida yog’ingarchilik deyarli bo’lmay, harorat ko’tarilib, o’simliklarning suvga ehtiyoji ortadi. Shuning uchun deyarli hamma madaniy o’simliklar sug’orib o’stiriladi. Lekin ekinlarni sug’orishda suvning ortiqcha isrof bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak.

Shunday qilib, o’simliklar ildizning bosim kuchi ta’sirida ildiz tukchalari orqali yerdan suv va unda erigan moddalarni tuproqdan shimib oladi.


  1. O’simlik ildizining eng muhim vazifasi nimadan iborat?
  2. T uproqdagi suv va unda erigan moddalar o’simlikka qanday qilib o’tadi?
  3. Ildiz bosimining roli nimadan iborat?
  4. Bahorda kesilgan daraxtlar tanasidan nega suyuqlik (shira) oqadi?
Previous articleМарказий Осиё тариқатлари
Next articleO’g’itlar (Ugitlar, Ogitlar)