Poya. Novda

0

Poya – o’simlikning barcha yerusti organlarini o’zaro bog’lab, ularni ildiz bilan birlashI irib turadigan markaziy tayanch organi. U ildiz bilan barglar orasidagi moddalarning harakatini ta’minlaydi va o’ zi da ozi q moddal ar to’ pi aydi.

Poyaning shakllanishi, bajaradigan vazifasi bir xil bo’lsa- da, daraxt poyasi, odatda tana, barcha o’tlarniki esa poya deb ataladi va ular, ayniqsa, ichki tuzilishi bilan farq qiladi.

Novda

Novda bilan poya tushunchasi bir- birigajuda o’xshab ketadi. Novda – daraxt, buta va yarimbutalarning o’zida kurtak va barg hosil qiladigan bir yillik shoxi (35-rasm).

35-rasm. Novdaning tuzilishi: 1—kurtaklar; 2—bo‘g‘im oralig‘i; 3—bo‘g‘im; 4—poya.
35-rasm. Novdaning tuzilishi: 1—kurtaklar; 2—bo‘g‘im oralig‘i; 3—bo‘g‘im; 4—poya.

Novdalarning po’sti yashil va nafis bo’lib, hujayralarida yashil rang beruvchi xlorofill donachalari bor. Novdalarda barglar birikkan joy bo’g’im, ikkita barg oralig’idagi qismi bo’g’im oralig’i deb ataladi.

Barglar qo’ltig’ida bittadan yoki bir nechtadan bo’lib kurtak joylashadi.

Kuz yaqinlashishi bilan novda­larning yashil rangi o’zgarib, qo’ng’ir va qizg’ish rangga kiradi. Chunki bu vaqtda ularning po’sti qalinlashadi va ostida po’kak qavat hosil bo’ladi.

Kech kuzda barglar to’kilib ketib, ular qo’ltig’ida joylashgan kurtaklar ochilib qoladi va shu holda qishlaydi.

Novdalar ikki xil bo’ladi. Agar novda barg va kurtaklardan iborat bo’lsa vegetativ novda deyiladi. Novdadan gul paydo bo’lsa generativ yoki gulli novda deb ataladi.

Demak, barg va kurtaklari bo’lgan daraxt va butalarning bir yillik novdasi yoki urug’idan unib chiqqan bir yillik niholga ham novda deyiladi.


  1. Novda deb nimaga aytiladi?
  2. Novdada qanday qismlar bo’ladi? m Kuzda novdalarning rangi nega o’zgaradi?
  3. Novdalarning qanday xillari bor?
Previous articleO’g’itlar (Ugitlar, Ogitlar)
Next articleKurtak (Kurtak – bu boshlang’ich novda)