O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Ўзбекистон Республикаси Президенти.


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Davlatga rahbar nima uchun zarur deb o‘ylaysiz? Agar biror-birmam lakatda davlat rahbari umuman bo‘lmasa, bu mamlakatdaqan day hol yuz berishi mumkinligini tasavvur qila olasizmi? Bunday holatni o‘rtoqlaringiz bilan muhokama qiling va muhokamada vo mida aytilgan fi krlardan foydalanib “Mamlakat uchun davlat rahbari nima uchun zarur?” degan savolga javob berishga harakatqiling.
  2. Yuqorida Prezidentimizning kitoblari tasvirlari berilgan. Kitoblarning nomlarini diqqat bilan o‘qing. Ushbu kitoblarningnomlaridanoq Prezidentimizning siz va bizga, butun xalqqa, Vatanga bo‘lgan munosabati, ezgu istaklari, intilishlarini payqabolish qiyin emas. Ayting-chi, Prezidentimizning sa’y-harakatlari,faoliyati bo‘yicha qanday ma’lumotlarga egasiz?
  3. Prezidentimiz o‘z faoliyatini siz va bizning ko‘z o‘ngimizda, ochiqravshan amalga oshirmoqda. Mana shundan foydalanib uningfaoliyati doirasi mamlakatimiz hayotining qaysi sohalarini qamrabolishini sanab bering. Bunda, ommaviy axborot vositalaridanolgan ma’lumotlaringizdan foydalaning.
  4. Siz Prezident saylovi haqida nimalarni bilasiz? Bilganlaringiznisinf doshlaringiz bilan o‘rtoqlashing.
  5. Prezident o‘z faoliyatini qanday huquqiy hujjatlar asosida yuritadideb o‘ylaysiz?

Bizning mamlakatimizda Prezident davlat boshlig‘i hisoblanadi. Prezident xalqimiz tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylangani uchun davlatno mi dan, xalq nomidan ish yuritish Prezidentimizning birlamchi vakolatihi sob lanadi.

Prezident – so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviyma’nosi “ol din da o‘tiruvchi” demakdir.

O‘zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti O‘zbеkiston Rеspublikasiningfuqa rolari tomonidan umumiy, tеng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqiasosi da yashirin ovoz bеrish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prеzidеntni saylash tartibi O‘zbеkiston Rеspublikasining qonuni bilan bеlgilanadi.

O‘zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti davlat hokimiyati organlariningkеlishilgan holda faoliyat yuritishini hamda ham korligini ta’minlaydi. Prеzidеnt O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi yig‘i lishida qasamyodqabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi.

Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiyig‘ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdanboshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi:

«O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga,respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga,fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilganvazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman».

92- modda.


Prеzidеntning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.

O‘zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti Konstitutsiyaga va qonunlargaasos lanib hamda ularni ijro etish yuzasidan rеspublikaning butun hududidamaj buriy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari:

– fuqarolar huquq va erkinliklari ta’minlanishi hamda O‘zbekiston

Respublikasi qonunchiligining kafi lidir;

– mamlakat mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralarko‘radi;

– O‘zbekiston Respublikasi nomidan mamlakat ichkarisida va xalqaromiqyosda muzokaralar yuritadi, shartnoma va kelishuvlar imzolaydi hamdaularning bajarilishini ta’minlaydi;

– Bosh vazir nomzodini Oliy Majlisga tasdiqlash uchun taqdim qiladi, Vazirlar Mahkamasi tarkibini tasdiqlaydi;

– Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini lavozimga qo‘yadi valavozimdan bo‘shatadi;

– Oliy Majlis Senatiga Konstitutsion, Oliy sudlar raislari, ularningo‘rinbosarlari, Markaziy bank raisi nomzodlarini taqdim qiladi;

– O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va undanchiqarish masalalarini hal qiladi;

– Davlat mukofotlari va faxriy unvonlar bilan mukofotlaydi;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, shuningdek, Konstitutsiyava qonunlarda belgilangan bir qator muhim vakolatlarni amalga oshiradi.

Vakolati tugashi munosabati bilan istе’foga chiqqan Prеzidеnt umrbod Sеnata’zosi lavozimini egallaydi.

Prezident O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh

Qo‘mondoni hisoblanadi. U Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarinivazifasiga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, harbiy unvonlar beradi.

Prezident zarur paytlarda butun mamlakat bo‘yicha yoki ayrimhududlarda favqulodda vaziyat yoki urush holatini joriy qilish huquqiga hamega. Bunda uch kun muhlat ichida bunday yechim Oliy Majlisga tasdiqlashuchun taqdim qilinadi.

Qonunchilik palatasi yoki Sеnat tarkibida ularning normal faoliyatigatah did soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtilofl ar yuz bеrganda yohud ularbir nеcha marta O‘zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlarqabul qilgan taqdirda, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qaroriaso si da O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Sеnati tarqatib yuborilishi mumkin.


Prezident o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqahaq to‘lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organiningde pu tati bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishimum kin emas.

91- modda.


Hikmatlar xazinasidan!

Qudratimizga shak-shubhangiz bo‘lsa, biz qurgan binolarga boqing.

(Amir Temur)


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qachondan boshlab o‘z faoliyatinibosh lashi mumkin?
  2. O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga qanday fuqarolar saylanishi mumkin?
  3. Respublikamizda Prezidentlikka saylov qay tarzda o‘tkaziladi?
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini sanab bering.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qanday huquqiy hujjatlarchiqa riladi?
  6. Vakolati tugagan Prezident qanday faoliyat bilan shug‘ullanadi?
  7. Prezident O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida qandaymaqomga ega?
  8. Favqulodda vaziyatlar tug‘ilganida Prezident qanday vakolatlaridanfoydalanishi mumkin?
  9. Qanday vaziyatlarda va qay tartibda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilishi mumkin?