O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi

0

Uzbekiston Respublikasi sud tizimi. Ўзбекистон Республикаси суд тизими. Узбекистон Республикасининг Конституциясидан моддалар.


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan moddalar

106- modda. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonunchiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan,boshqa jamoat bir lash ma laridan mustaqil holda ish yuritadi.


112- moddadan. Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga bironbir tarz da aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonungamuvofi q javob gar likka sabab bo‘ladi.

Sudya larning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi…


113- modda. Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiqmajlisda ting lashga qonunda belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.


116- modda. Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi.

Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakaliyuridik yor dam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona,muassasa va tash ki lot larga yuridik yordam berish uchun advokaturafaoliyat ko‘rsatadi. Advo ka tura tashkil etish va uning ish tartibi qonunbilan belgilanadi.


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
  1. Davlat hokimiyatini sud tizimisiz tasavvur qilib ko‘ring. Qandayvazi yatlar yuzaga kelishi mumkin?
  2. Sud tizimi bilan bog‘liq vaziyatlarga siz yoki oila a’zolaringizduch kelganmi? O‘z taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashing.
  3. Fuqarolar o‘rtasidagi nizolarni har xil sudlar hal qiladi. Nimauchun sudlar har xil. Hamma nizolarni bir xil sud organlari halqil sa bo‘lmaydimi? Fikringizni asoslang.
  4. Konstitutsiyaning 106- va 112- moddalarida sudlarning mus taqil ligi alohida ta’kidlanganligiga sabab nimada deb o‘ylaysiz? Bu shunchalar muhimmi? Aksincha nima bo‘ladi?
  5. Konstitutsiyaning 113- moddasining ahamiyati nimada deb o‘ylay siz? Bunday qilinishi nimalarga ta’sir o‘tkazishi mumkin?
  6. Ayblanuvchilarning Konstitutsiyaning 116- moddasi orqali ka folat lan gan huquqlari bo‘lmaganida qanday holatlar bo‘lar edi?

Sud hokimiyati – davlat hokimiyatining bir bog‘ini.

O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi quyidagilardan iborat:

– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;

– Harbiy sudlar;

– Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari;

– Fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shaharsudlari;

– Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari;

– Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlar va Tosh kent shahariqtisodiy va ma’muriy sudlari.

– Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari:

– Tuman, shahar ma’muriy sudlari.

Sud idoralaridan boshqa davlat idorasi fuqarolik, jinoyat va boshqaish larni ko‘rish, hal etish huquqiga ega emas. Sud hokimiyati odil sudlovniamalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan yagona hokimiyatdir.

Davlat o‘z zimmasiga sudlov organlari o‘z vazifalarini samarali bajari shlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish majburiyatini olgan. Sudido ra larining mustaqilligi davlat tomonidan kafolatlanishi, Konstitutsiyava qonunlarda belgilab qo‘yilishi BMT tomonidan qabul qilingan “Sudido ra larining mustaqilligiga oid asosiy tamoyillar” nomli xalqaro huquqiyhujjat da ham o‘z ifodasini topgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonunchi qa ruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radi.

108-moddadan.

Odil sudlovning samarasi, albatta, sudlar tomonidan qabul qilinayotganhujjat larning majburiyligi bilan bevosita bog‘liq.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, sudning qarorlari davlat majburlov kuchibilan ta’minlanadi.

Oshkoralik tamoyili odil sudlov faoliyatining huquqiy asosini belgilabbera digan muhim konstitutsiyaviy tamoyillardan biridir. O‘zbekiston Respub likasi sud tizimiga kiruvchi barcha sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi.

Odil sudlovni amalga oshirishda til to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy tamo yilkatta ahamiyatga ega. Konstitutsiyamizning 115- moddasiga asosan O‘zbekis ton Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilidayoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi sud tizimining xalqaro andozalarga mosekanligini tasdiqlovchi jihatlaridan biri – bu aybsizlik prezumpsiyasi qoidasi ning qonunda aks ettirilganligidadir. Bu milliy huquqiy tizimning jiddiyyutug‘i va fuqarolik jamiyatining muhim tamoyillaridan hisoblanadi.

Mamlakatimizda barcha sudyalar bir xil maqomga ega. Sudyalarningodil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonunda sudyalarning vakolat muddati besh yil qilib belgilangan.

Mamlakatimiz sud tizimini isloh qilish va uni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar, avvalambor, hokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitut siyaviy prinsipni izchil amalga oshirishga xizmat qildi. Natijada sudtizi mining ijro etuvchi hokimiyatdan mustaqil ravishda faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratildi.

Sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirish bo‘yi cha so‘nggi yillarda olib borilgan ishlar:

– sud-tergov faoliyatida tergov jarayonida, jabrlanuvchi, guvoh,gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining ko‘rsatmasibo‘yicha (agar aniq isbot bo‘lmasa) qaror qabul qilish taqiqlandi;

– Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudlari birlashtirildi va ular asosida fuqarolik,jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sohalarda sud ishlarini yuritish bo‘yichasud hokimiyatining birlashgan organi yaratildi;

– Oliy sud qoshida sudlar faoliyatini ta’minlash bo‘yicha departamenttashkil qilindi;

– O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil qilindi vauning vazifasi qilib sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviyprinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashish belgilandi;

– Konstitutsion sud vakolatlari kengaytirildi va uning doirasiga Prezidentqaror va farmonlarining Konstitutsiyaga mosligini aniqlash vakolatiham kiritildi;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanadaisloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoyaqilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniqabul qilindi. Unda sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha ustuvorvazifalar belgilab berildi. Farmonda sud hokimiyatining haqiqiymustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoyaqilish, odil sudlovga erishish imkoniyatini oshirish kabi masalalar sudhuquq tizimi islohotlarining asosiy maqsadi sifatida belgilab qo‘yildi. Bu maqsadga erishish yo‘lidagi sud, huquqni muhofaza qiluvchi vanazorat organlariga aniq vazifalar yuklatildi.


Hikmatlar xazinasidan!

Agar sud hokimiyati ijro hokimiyati bilan birlashsa, u holda sudha ka mi sitamgarga aylanishiga imkoniyat tug‘iladi. (Monteskiyo)


Amir Temur davlatida odil sudlovni amalga oshirish uchunmukammal tizimdagi sud tizimi mavjud bo‘lib, ular quyidagi to‘rtsohaga bo‘lingan va qozilar tomonidan boshqarilgan:

  1. Fuqarolik sudi (aholi qozisi);
  2. Harbiy sud (lashkar qozisi);
  3. Shariat sudi (islom qozisi);
  4. Amaldorlar sudi (xizmatchilar qozisi).

Shahar, o‘lka va viloyat aholisi jinoyat va fuqarolar ishi bo‘yichasud qilinardi. Bu ishda shariat, harbiy kishilarga nisbatan harbiy sud (tribunal) qo‘llanilsa-da, tuzuklar asosida hukm chiqarilgan. Taxtvorislari uchun hukmni amirning o‘zi chiqarardi.


Sharhlang!

Sud – odil sudlovni amalga oshirishga haqli bo‘lgan birdan-bir davlathoki miyati organi. Sudyalar o‘zlari qabul qilgan qarorlar va hukmlarnidav lat nomidan chiqaradilar. Bu qoida hal qiluv qarorlari va hukmlariham ma, shu jumladan, davlat organlari tomonidan so‘zsiz bajarilishikerak ligini anglatadi.


Ijodiy faoliyat

Tuzgan shartli davlatingizning sud tizimi tarxini chizing. Bunda harxil yo‘nalishlardagi sudlarning vakolatlari, ular oldiga qo‘yiladigan vazifa larni, ularning mas’uliyatlarini belgilab yozing. Ikkita fuqaro o‘rtasidava ikkita tashkilot o‘rtasidagi nizoli holatlarni keltiring va ularning sudtizi mi orqali yechimini berishga harakat qiling.


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Sud hokimiyati deganda nimani tushunasiz?
  2. Sud hokimiyati organlari qanday vazifalarni bajaradi?
  3. Sudlarning mustaqilligi qay tariqa kafolatlanadi?
  4. O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga qaysi organlar kiradi?
  5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qanday organ hisob lana di? Uning qanday vakolatlari bor?
  6. Sudlarning va sudyalarning mustaqilligi qay tariqa ta’minlanadi?
  7. Sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va ta’siridan chiqa ri lishining ahamiyati haqida o‘z fi kringizni bildiring.
  8. Sud hokimiyatini isloh qilish va uni mustaqil davlat institutiga aylanti rishbo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar qanday natijalarni berdi?
  9. Yangi tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi qandaymaqsadda tashkil qilindi?
  10. Konstitutsion sudning vakolatlari qanday o‘zgartirildi?
  11. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning sud-huquq tizimini isloh qilishbo‘yicha farmonining ahamiyati haqida so‘zlab bering.
Previous articleO‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari
Next article«Yulduzli tunlar» («Bobur») romani haqida (Pirimqul Qodirov)