O‘zbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda

0

Узбекистон / Ўзбекистон пойтахти Тошкент – 2200 ёшда. Тошкентнинг қадимги ўрни.


Toshkentning qadimgi o‘rni

Bugungi Toshkent shahri 2200 yillik tarixga ega. Arxeolog olimlar uzoq yillik izlanishlardan so‘ng Toshkent shahrining qadimgi o‘rni hozirgi temiryo‘l vok- zali yaqinida, Salar kanali sohilida joylashganligini aniqladilar. Bu joy «Ming o‘rik» va «Ming o‘rik tepa» nomlari bilan atalgan. Sha- harning bunday nomi bilan atalganligiga bu joy da katta o‘rikzor barpo etilganligi sabab bo‘lgan. Shahar VI asrda Choch (Toshkent) viloyatining markaziga aylangan.


«Toshkent» atamasi haqida

Toshkent shahri gerbi
Toshkent shahri gerbi

Milodning dastlabki asrlariga oid Xitoy manbalarida Toshkent «Shi» nomi bilan tilga olinadi. Bu nom «Tosh shahar» degan ma’noni anglatadi. Buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniy «Hindiston» nomli kitobida «Toshkent» atamasini ishlatgan. Shahar arablar tasaruffiga o‘tgach, arab alifbosida «ch» harfi yo‘qligi sababli «Choch» «Shosh», «Shoshkent», «Madinat ash- Shosh», «Binkat» nomlari bilan atalgan. Shahar atrofi kuchli mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Arablargacha bo‘lgan davrda shahar ichi ark va shahristonga ajratildi. Arkda hukmdor saroyi va ibodatxona joylashgan. Shaharning amaldorlar yashaydigan qismi shahriston, hunarmandlar yashaydigan qismi esa rabot deb ataldi.

Toshkent xalqaro savdo karvon yo‘lida joylashganligi tufayli shaharda hunarmandchilikning turli sohalari yuksak taraqqiy etdi.

Arxeolog olimlar shahar hududidan turli mamlakatlarning tanga pullarini topishdi. Bu esa Toshkentning qizg‘in savdo markazi ham boTganligini tasdiqlaydi.


Toshkent — mustaqil O‘zbekiston davlatining poytaxti

Toshkentning poytaxtlik maqomi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 6-moddasida ham yozib qo‘yildi. Toshkent shahri bugungi kunda nafaqat Markaziy Osiyoning, ayni paytda dunyoning ham eng go‘zal shaharlaridan biriga aylan- moqda.


Mustaqillik va ulkan bunyodkorlik

Poytaxtimizdagi bu o‘zgarishlar mustaqillik sharofati bilan amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlarining natijasidir.

1991-yilda shaharda barpo etilgan Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy bog‘i bu bunyodkorlikning debochasi boTdi. Bog‘da bobomizning purviqor hay kali ham o‘rnatilib, u diyorimizning eng go‘zal va asosiy sayilgohiga aylandi.

Har yili yurtimizda nishonlanayotgan «Mustaqillik kuni» va Navro‘z bayramlariga bag‘ishlangan respublika tantanalari shu bog‘da o‘tkazilmoqda.

Mustaqillik va ezgulik monumenti
Mustaqillik va ezgulik monumenti

Bosh maydonimiz — Mustaqillik may- donida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari hammamizning ko‘nglimizni faxr va g‘ururga toTdirdi. 1992-yilda may- donda o‘rnatilgan Mustaqillik mo- numentida O‘zbekiston xaritasi tasviri tushirilgan. Bu tasvir jahonda O‘z- bekistondek mustaqil davlat borligini anglatib turadi. Uni ko‘rgan vatan- doshlarimiz esa milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini his etadilar.

2005-yilda bu monument oldidan «Baxtiyor опа» siymosi joy oldi va Mus­taqillik monumenti endi «Mustaqillik va ezgulik monumenti» deb ataladigan bo‘ldi.

Ezgulik arkasi
Ezgulik arkasi

«Mustaqillik va ezgulik monumenti»ga yo‘l «Ezgulik arkasi» dan boshlanadi.

Uning tepasiga o‘rnatilgan oppoq laylak tinchlik va farovonlik- ning, qanot qoqayotgan turnalar esa — davlatimiz buyuk kelajak sari parvoz qilayotganligining timsolidir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi

«Baxtiyor оnа» haykali esa davlatimizda oila qo‘rg‘onining charog‘boni bo‘lgan ayollarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va ehtiromning yorqin ifodasidir. Uni ziyorat qilgan kishi farzandini bag‘riga bosib turgan baxtiyor Ona siymosida o‘z onasini, beg‘ubor bolaligini ko‘rgandek bo‘ladi.

Shahar markazidagi eng katta xiyobon Amir Temur nomi bilan atalib, 1993-yilda bu yerda Sohibqironga haykal 0‘rnatildi. Haykal xalqimizga faxr va g‘urur baxsh etib turibdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari uchun qurilgan binolar, Amir Temur xiyobonining quyosh chiqish tomonida qurilgan muhtasham «O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyi», Alisher Navoiy nomli Milliy kutubxona va Ma’rifat markazi binosi, Hazrati Imom (Xasti Imom) majmuasi va 2014-yilda qurilgan «Minor» masjidi kabi me’morchiligimizning mashhur namunalari o‘zining go‘zalligi va salobati bilan poytaxt ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlab turibdi. Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti 2007-yilda Toshkent shahrini «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qildi.

Xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bilan 2009-yilda Toshkentning 2200 yilligi nishonlanib, davlatimizning oliy ordeni — «Mustaqillik» ordeni bilan muko- fotlandi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov yubiley tantanalarida so‘zlagan nutqida Toshkentni: «Tarixi boy, buguni go‘zal, kelajagi buyuk shahar», deb atadi.


Atamalar mazmunini bilib oling

Binkat — uzoqdan ko‘rinib turuvchi shahar.


Savol va topshiriqlar

  1. Sizningcha olimlar Tashkent shahrining 2200 yoshda ekanligini qanday aniqlaganlar?
  2. Toshkentning o‘tmish tarixi haqida nimalarni bilib oldingiz?
  3. «Tashkent» atamasi va Toshkentning turli davrlarda qanday nomlar bilan atalganligi haqida so ‘zlab bering.
  4. О ‘zbekiston mustaqilligi yillarida Toshkent shahrida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
Previous articleTermiz shahri haqida. Термиз шахри хакида
Next articleO‘zbekistonning tarixiy-me’moriy yodgorliklari