Huquqiy davlat

0

Quyidagi uch xil davlat ta’rifl arini o‘qing va berilgan topshiriqlarnibajaring.

1-davlatda: Yagona siyosiy va iqtisodiy tizim mavjud. Bu dav latdaboshqarish markazdan yetkaziladigan qat’iy qonun, farmon, qaror vare jalar asosida amalga oshiriladi. Bu hujjatlarda iqtisodiy va ijtimoiysoha larda barcha fuqaro va tashkilotlarning qanday faoliyat bilan shug‘ulla nishi kerakligi aniq belgilab berilgan. Ko‘rsatmalarni buzganlik uchunqan day jazo choralari ko‘rilishi ham aniq ko‘rsatilgan.

2-davlatda: Rivojlanish dastur rejalari xalq tomonidan saylanganpar la mentda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Farmonlar va qarorlar bilanbir qatorda ana shu parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar hammav jud. Lekin bu qonunlar ijrosi ustidan xalq nazorati o‘rnatilmagan.

3-davlatda: Davlat hokimiyati uchga bo‘linadi:

1) qonun chiqaruvchi;

2) ijro etuvchi;

3) sud hokimiyati.

Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiyadolat va qonunchilik tamoyillari asosida amalga oshiradi.


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Siz uchala davlatning umumiy jihatlarini ko‘rsata olasizmi? Farq larinichi? Ularni ajratib yozing.
  2. Bu davlatlardagi hokimiyatning samarali va adolatli faoliyatko‘r satishi uchun qanday asoslar mavjud deb o‘ylaysiz?
  3. Siz yashash uchun qaysi davlatni tanlar edingiz? Nima uchun?
  4. Huquqiy davlat atamasining ma’nosi to‘g‘risida nima deyaolasiz?
  5. Sizning huquqlaringiz buzilmasligi uchun siz qanday kafolatlargaega bo‘li shingiz kerak deb o‘ylaysiz?
  6. Saylovlar to‘g‘risida kattalardan eshitgansiz. Aytingchi, nimauchun saylovlarga bu qadar katta e’tibor beriladi va kattalarsay lovlarga birov majbur qilmasa ham o‘zlari ixtiyoriy ravishdabora dilar?

Dunyoda mavjud davlatlar bir-biridan juda ko‘p jihatlari bilan farqqiladi. Bu farqlar bilan bir paytda ularning o‘xshash tomonlari ham ko‘p. Ma na shu o‘xshash tomonlari, ya’ni umumiy xususiyatlariga asoslanibdav latlarni tasnifl ash mumkin.

Davlatning huquqqa bo‘lgan munosabatiga qarab quyidagi turlargaajra tish mumkin.

  1. Etatik;
  2. Huquqiy davlat.

Etatik davlatda:

1) Qonun o‘rnini ko‘pincha qat’iy buyruq va farmoyishlar egallaydi;

2) Davlat o‘z fuqarolari siyosiy birlashmalari va tashkilotlarining erkinlik larini qat’iy cheklab qo‘yadi;

3) Davlat iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni va hatto fuqarolarningshax siy hayotini ham o‘z boshqaruvi ta’siriga olishga intiladi;

4) Davlat organlari va mansabdor shaxslariga haddan tashqari ko‘pvako latlar beriladi.

Etatik davlatga misol qilib Kuba, sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin. Shuningdek, barcha totalitar va avtoritar tuzumdagi davlatlar hambun ga misol bo‘la oladi.

Huquqiy davlatda davlat boshqaruvi huquqning ustuvorligiga asosla nadi. Bunda davlat boshqaruvi fuqarolar va ijtimoiy munosabatlar subyekt larining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlashni hisobgaolgan holda amalga oshiriladi.

Huquqiy davlat – huquqning ustuvorligi hamda sud mustaqilligita’min lanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, davlathoki mi yati vakolatlar bo‘linishi tamoyili asosida amalga oshiriladigandemok ratik davlatdir.

Huquqiy davlatning asosiy belgilari quyidagilar:

1.Huquqning ustuvorligi.

Mamlakatdagi barcha shaxslar – fuqarolar, chet el fuqarolari, fuqarobo‘l magan shaxslar, mansabdorlar hammasi qonun talablariga bo‘ysunadilar.Bunda, Konstitutsiya huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir.

2.Inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi va himoyalanishi.

Inson, uning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari hamdaman fa atlari oliy qadriyat ekanligi.

3.Davlat va fuqaroning bir-birlari oldida o‘zaro mas’uliyati.

4.Hokimiyatning qonuniyligi.

Hokimiyat demokratik saylovlar yo‘li bilan shakllantiriladi. Davlathokimiyati mamlakatning ichkarisida va xalqaro miqyosda tan olinadi.

5.Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi.

Davlat hokimiyati: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarigabo‘ li nadi. Davlat hokimiyati vakolatlari mana shu uchala hokimiyat o‘rtasidataq simlanadi.

  1. Sudning mustaqilligi.

Sudning faoliyatiga hech kim aralasha olmaydi. Sudlar faqat qonuntalablariga bo‘ysunadi.

  1. Huquqni muhofaza qilish mexanizmining samarali ishlashi.

Ular inson huquq va erkinliklarini lozim darajada himoya qilishi kerak.

  1. Yuqori darajadagi huquqiy madaniyat.

Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, ularni hurmat qilish vaular ga rioya qilishda namoyon bo‘ladi.

  1. Demokratiyaning rivojlanganligi va takomillashganligi.

Xalq davlat boshqaruvida qatnashadi, siyosiy huquqlar va erkinliklarkafo latlanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak:

– huquqning barcha subyektlari, shu jumladan, davlat organlari, mansab dor shaxslar va oddiy fuqarolar qonunlarga qat’iy rioya etishlari;

– fuqaro va davlatning qonunlar doirasida bir-birlari oldida o‘zaromas’ulligi;

– siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy ko‘p fi krlilik davlat tomonidan qonu niy lashtirilganligi va kafolatlanganligi;

– fuqorolarning huquq va erkinliklarining ta’minlanganligi huquqiydavlatning afzalliklaridandir.

Mana shuning uchun ham jahonning eng ilg‘or mamlakatlarida huquqiydav lat barpo qilish ustuvor vazifa qilib qo‘yilgandir.

Davlatning uchinchi oraliq turi ham mavjud bo‘lib, ular ushbu ikkaladavlat xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradilar. Bu davlatlarning ba’zilari o‘z xususiyati, tabiati va yo‘nalishi bo‘yicha etatik davlatlarga, ba’zilari esa huquqiy davlatga yaqin tursalarda, ayrim jihatlari bilan ulardanfarq la nadilar.


O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtiroketish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini de mok ratiktarz da tashkil etish, shuningdek davlat o‘rganlarining faoliyatiustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘libilan amalga oshiriladi.

32- moddadan.


  1. Konstitutsiyaning yuqoridagi moddasi davlatning qanday turiga xosdeb o‘ylaysiz?
  2. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlari huquqiy davlatningqay si xususiyatlariga mos keladi?

Bizning faoliyatimiz eng muhim konstitutsiyaviy qoidaga –ijtimoiy adolat tamoilining ta’minlanishiga qaratilishi shart.

Jamiyatda ijtimoiy adolat ta’minlanishini qaror topdirish borasidagiasosiy vazifamiz – bu adolatli qonunlar qabul qilishdan iborat.

Shavkat Mirziyoyev


  1. Prezidentimizning yuqoridagi fi krida huquqiy davlatning asosiybelgilaridan qaysilari o‘z aksini topgan?
  2. Huquqiy davlat sharoitida ijtimoiy adolatning ahamiyati haqidao‘z fi kringizni bildiring.
  3. Atrofi mizdaga hayotdan Prezidentimizning yuqoridagi so‘zlarinitasdiqlovchi misollar keltiring.
Previous articleFuqarolik jamiyati nima? 
Next articleHuquqiy davlat nima?