Shamanizm (shomonlik) nima?

0

Shamanizmning ma’nosi nima. Shamanizm (shomonlik) nima?


Shamanizm (shomonlik). Boshqa millatlarda bo‘lgani singari, Markaziy Osiyo xalqlarida ham shamanizm turli ko‘rinishlarda kuzatiladi. Folbinlik,  rom ochish, issiq-sovuq qilish, ilgirlik kabilarni shamanizm belgilari sifatida keltiriladi.

Bugungi kunda ham ba’zan biror narsasini yo‘qotgan kishi folbinga borish holatlari uchraydi. Shuningdek, sehr yo‘li bilan birovga foyda yoki zarar yetkazishga urinish amaliyoti ham kuzatiladi. Markaziy Osiyo xalqlarida ba’zan biror kimsa uzoq vaqt kasal bo‘lsa, unga sog‘ayishning birdan-bir yo‘li – ruhlar bilan muloqotga kirishish, deb uqtiradilar. Bunday kishilar xalq orasida «odamli» deyiladi. Ammo unutmaslik kerakki, ko‘pincha, bunday hollar sodda odamlarni aldash uchun o‘ylab chiqarilgan bo‘ladi.

Previous articleFetishizm nima?
Next articleYahudiylik. Yahudiyllar dinining xususiyatlari