Kattalashtirib ko‘rsatadigan asboblar

0

Hujayralar va ularning ichki tuzilishini o‘rganishda kat- talashtirib ko‘rsatadigan turli xil asboblardan foydalaniladi. Shulardan biri lupa hisoblanadi.

Lupa

Lupa o‘simlik hujayrasini ma’lum miqdorda kattalashtirib ko‘rsatadigan, ikki tomoni qabariq oynadan iborat. U bu- yumlarni uch, besh, hatto, 20 marta va undan ham katta qilib ko‘rsatadi. U shtativli va dastakli (qo‘l) lupalarga bo‘linadi (16-rasm).

16-rasm. Lupalar: 1-qo‘l lupasi; 2-shtativli lupa.
16-rasm. Lupalar: 1-qo‘l lupasi; 2-shtativli lupa.

Shtativli lupa buyumni 10-25 marta kattalashtirib ko‘rsatadi, chunki uning tagligida kattalashtiruvchi ikkita linza bo‘ladi. Taglikka o‘rnatilgan buyum stolchasiga ko‘riladigan narsa (preparat) qo‘yiladi va ko‘zgu yordamida buyum stol- chasi teshigiga yorug‘lik yo‘naltiriladi.

Meva, sabzavotlar, poliz ekinl arining turli qismlaridan kesma tayyorlab, ular hujayralarining umumiy tuzilishini kuzatish mumkin. Hujayralarning ichki tuzilishi faqat mik- roskop yordamida kuzatiladi.


Mikroskop

Hujayralarning ichki tu- zilishini va sit oplazmadagi harakatlarni ku za tishda lu- paga nisbatan murakkabroq asbob – mikroskopdan foydalaniladi. Mikroskop yunoncha so‘z bo‘lib, mikro – kichkina va skoneo – ko‘ryapman degan ma’noni bildiradi. Mikroskop preparatl arni ming marta va undan ham ko‘p, zamonaviy elektron mikroskoplar esa yuz ming marta kattalashtirib ko‘rsatadi. Mikroskop ixtiro qilingach, tirik mavjudotlar, shu jumladan, o‘simliklarning organlari huj ayralardan tu- zilganligini aniq va ravshan ko‘rish mumkin bo‘ldi.

17-rasm. Mikroskop: 1-okulyar; 2-obyektiv; 3-buyum stolchasi (kursisi); 4-ko‘zgu; 5-makrovint; 6-mikrovint; 7-shtativ; 8-taglik.
17-rasm. Mikroskop: 1-okulyar; 2-obyektiv; 3-buyum stolchasi (kursisi); 4-ko‘zgu; 5-makrovint; 6-mikrovint; 7-shtativ; 8-taglik.

Mikroskop necha marta kattalashtirib ko‘rsatishini bilish uchun obyektiv bilan okulyardagi sonlar bir-biriga ko‘paytiriladi. Masalan, oku- lyar 15x bo‘lib, obyektiv 40 x bo‘lsa (15×40), buyum 600 marta kattalashtirilgan bo‘ladi.


  1. Tirik organizmlar qanday tuzilgan?
  2. Hujayrada qanday hayotiy jarayonlar kuzatiladi?
  3. Kattalashtirib ko‘rsatadigan asboblarga nimalar kiradi?
  4. Lupa va mikroskopning afzalligi hamda farqlarini aytib bering.
  5. Mikroskop qanday qismlardan tashkil topgan?
  6. Mikroskop buyumlarni necha marta kattalashtirib ko‘rsatadi?

Hujayra – hayotning asosi

Previous articleHujayra – hayotning asosi
Next articleHujayra va uning tarkibiy qismlari