Infuzoriyalar va sporalilar sinflari

0

Infuzoriyalar sinfi. Infuzoriyalarning tanasi kipriklar bilan qoplangan, katta va kichik yadrosi bo’ladi. Hazm qilish va ayirish organoidlari boshqa bir hujayralilarga nisbatan murakkab tuzilgan. Infuzoriyalar bi rinchi marta pichan ivitmasida topilgan. «Infuzoriya» so’zi ham lotin tilida «pichan ivitmasi hayvonlari» ma’nosini anglatadi. Infuzoriyalarni tufelka misolida o’rganamiz.

Yashash muhiti, tuzilishi va harakatlanishi

Tufelka o’simlik qoldiqlari ko’p bo’lgan suv havzalarida uchraydi. Uning uzunligi 0,1–0,3 mm bo’lib, tanasining shakli poyabzalning ostki qismiga o’xshab ketadi (9-rasm). Shuning uchun bu hayvon tufelka deb ataladi. Tanasining sirti juda ko’p kipriklar bilan qoplangan. Kiprikchalarning tebranishi tufayli tufelka to’mtoq tomoni bilan oldinga suzadi.

Рис. 9. Строение и питание туфельки: 1 – оболочка; 2 – реснички; 3 – ротовое отверстие; 4 – пищеварительная вакуоль; 5 – сократительная вакуоль; 6 – порошица; 7 – большое ядро; 8 – малое ядро; 9 – формирующая пищеварительная вакуоль; 10 – стрекательные тельца.
9-rasm. Tufelkaning tuzilishi va oziqlanishi: 1 – hujayra qobig‘i; 2 – kiðrikchalar; 3 – og‘iz; 4 – hazm vakuolalari; 5 – qisqaruvchi vakuola; 6 – chiqarish teshikchasi; 7 – katta yadro; 8 – kichik yadro; 9 – hazm vakuolasining shakllanishi; 10 – otiluvchi tanachalar

Oziqlanishi

Tufelka bakteriyalar bilan oziqlanadi. Tanasining yon tomonida uzun tarnovsimon chuqurchasi, uning tubida «og’iz» teshigi bor. Og’iz halqumga ochiladi. Chuqurcha atrofida joylashgan kipriklar tebranishi natijasida oziq halqum tubida to’planib, hazm vakuolasini hosil qiladi. Vakuola halqumdan uzilib sitoplazmaga tushadi. Vakuolalar sitoplazma oqimi bilan tufelka tanasini aylanib, oziqni hazm qiladi. Hazm bo’lmagan oziq qoldiqlari tananing keyingi tomonidagi teshikcha orqali suvga chiqarib yuboriladi.

Nafas olishi va ayirishi. Tufelkaning ikkita qisqaruvchi vakuolasi oldingi va keyingi tomonida joylashgan. Ular galma-galdan qisqarib turadi. Suvning ortiqcha qismi hamda moddalar almashinuvida hosil bo’lgan keraksiz mahsulotlar sitoplazmadan vakuolalarga to’planadi va ulardan tashqariga chiqarib yuboriladi. Kislorod tufelka sitoplazmasiga suv bilan birga kirib turadi.

Ko’payishi. Tufelkaning sitoplazmasida loviyaga o’xshash katta yadro va dumaloq kichik yadro bor. Jinssiz ko’payishi yadrolar qobig’ining erishi va yadro moddasining ikkiga taqsimla nishidan boshlanadi. Bu vaqtda tufelkaning tanasi qoq o’rtasidan ingichkalashadi. Hosil bo’lgan yangi yadrolar tufelkaning oldingi va keyingi tomoniga teng miqdorda o’tadi. Tufelka tanasi tobora ingichkalashib, ikkiga ajraladi va bitta infuzoriyadan ikkita infuzoriya hosil bo’ladi. Dastlab har bir infuzoriyada bittadan qisqa ruvchi vakuola bo’ladi, ikkinchisi esa keyinroq hosil bo’ladi.

Ta’sirlanishi. Tufelka hujayrasi qobig’ining ostida mayda kuydiruvchi tayoqchasimon tanachalar joylashgan. Bu tanachalar uni yirtqich hayvonlardan himoya qiladi. Tufelkaning tayoqchalari otilib chiqib, yirtqich hayvon tanasiga sanchiladi va uni cho’chitib yuboradi.

Sporalilar sinfi. 4 000 dan ortiq mikroskopik hayvonlarni o’z ichiga oladi. Hamma turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Tuzilishi juda soddalashgan. Harakatlanish, hazm qilish va ayi rish organoidlari bo’lmaydi. Ulardan bezgak paraziti keng tarqalgan.

Bu parazitni odamga bezgak chivini yuqtiradi. Parazit qizil qon tanachalariga kirib, tez bo’linib ko’payadi. Parazit qon hujayralari ni yemirib, qon plazmasiga chiqqanida odamning harorati keskin ko’tarilib, bezgak xuruj qiladi. Bu sinfga tut ipak qurti va asalari paraziti nozema ham kiradi.


  1. Infuzoriyalar tuzilishining qaysi xususiyatlari boshqa bir hujayralilardan farq qiladi?
  2. Tufelka sitoplazmasida qanday organoidlar joylashgan?
  3. Tufelka oziqni qanday hazm qiladi?
  4. Tufelkaning jinssiz ko’payishi qanday sodir bo’ladi?
  5. Nima sababdan tufelka murakkab tuzilgan bir hujayralilarga kiritiladi?
  6. Bir hujayralilar hujayrasi ko’p hujayralilar bitta hujayrasidan qanday farq qiladi?
Previous articleXivchinlilar sinfi
Next articleAyollar ami qanaqa