Qadim zamonda odamlar yerni qanday tasavvur qilishgan?

0

Qadim zamonda odamlar yerni qanday tasavvur qilishgan? Inson hayoti tabiat bilan bog‘liq bo‘lgani uchun kishilar qadim zamonlardanoq o‘zlari yashaydigan joy tabiatini yaxshi bilishga harakat qilishgan. Keyinchalik qayiqlar, yelkanli kemalar yasab, dengizlarda suzishgan, yangi yerlarni ko‘rishgan. Yozish va chizishni o‘rganib olishgandan keyin esa borgan joylari tabiatini, odamlar ning yashash tarzini tasvirlab yozishgan. O‘zlari yashaydigan joyning hamda bor gan yerlarining eng sodda xaritalarini chizishga urinishgan. Shu yo‘l bilan geografik ma’lumotlar to‘plana borgan. Savdo aloqalari ning o‘sishi, harbiy yurishlar, uzoq o‘lkalarga sayohatlar Yer haqidagi bilimlarning ko‘payishiga yordam bergan.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra qadimgi kishilar bundan 7 ming yil ilgari Yerning shaklini chizmada tasvirlashga harakat qilishgan. Lekin Yerning shaklini odamlar turli joyda turlicha tasavvur qilishgan. Dengiz bo‘yida yashaydigan odamlar Yerni nahang baliqlar ko‘tarib turadi, deb o‘ylasalar, cho‘lda yashaydigan kishilar Yerni toshbaqalar ko‘tarib yuradi, deb faraz qilishgan. Yana bir toifa odamlar Yerni fillar ko‘tarib yuradi deb, boshqalari esa katta ho‘kiz shoxida ko‘tarib turadi, deb fikr yuritishgan.

Yerni sharsimon, yumaloq bo‘lsa kerak, degan dastlabki tasav- vurning yuzaga kelganiga 2400 yildan ko‘proq vaqt bo‘ldi. Bunga qadimgi kishilarning kuzatishlari asosiy dalolat edi. Masalan, kema qirg‘oqdan uzoqlashib ketayotganida ufqdan pastga tushishi, kela- yotganda esa ufq ortidan ko‘tarilib chiqishi, Oy tutilganda Yerning Oyga tushgan soyasining doira shaklda ko‘rinishi Yerning yumaloq, sharsimon ekanini anglatar edi.

Miloddan avvalgi 3-asrda qadimgi yunon olimi Eratosfen Yerning kattaligini ancha aniq hisoblagan. U dunyoning birinchi xaritasini tuzgan. Uning xaritasida Janubiy Yevropa, Shimoliy Af- 8 rika va Osiyoning g‘arbiy qismlari tasvirlangan (1-rasm).

1-rasm.  Miloddan avvalgi 3-asrda Eratosfen tuzgan dunyo xaritasi.
1-rasm. Miloddan avvalgi 3-asrda Eratosfen tuzgan dunyo xaritasi.

Milodiy 2-asrda bu xaritaga nisbatan ancha mukammalroq xaritani Ptolemey tuzgan. Unda Yevropa va Osiyoning katta qismi hamda Afrikaning shimoli tasvirlangan.

Bizning bobokalon olimlarimizdan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariylar ham geografiyaning rivojiga katta hissa qo‘shishgan va dunyo xaritalarini tuzishgan (3-rasm).

3.M. Xorazmiyning O‘rta Osiyo va unga yondosh yerlar xaritasi
3.M. Xorazmiyning O‘rta Osiyo va unga yondosh yerlar xaritasi

Muhammad al-Xorazmiy (783—850-yy) «Surat ul- Arz» — «Yerning tasviri» nomli kitobini yozgan. 973—1048-yillarda yashab o‘tgan Abu Rayhon Beruniy Yerning (o‘sha vaqtdagi eng mukammal) modeli — shimoliy yarimshar globusini yasagan va asarlarida Yer sharining narigi tomonida ham quruqlik borligi ha­qida yozib qoldirgan, dunyo xaritasini tuzgan (4-rasm).

4-rasm. Abu Rayhon Beruniyning dunyo xaritasi
4-rasm. Abu Rayhon Beruniyning dunyo xaritasi

Mahmud Koshg‘ariy (XI asr) «Devonu lug‘atit turk» asarida ko‘p geografik joy nomlari va terminlarga izoh yozgan, dunyo xaritasini ishlagan.

zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530-yy.) «Boburnoma» kitobida Farg‘ona vodiysi, Afg‘oniston, Hindiston tabiati haqida ko‘plab muhim ma’lumotlar yozib qoldirgan.

Bilasizmi, Dunyodagi katta globuslardan biri Tosh- kentdagi O‘zbekiston Milliy universitetining «Geografiya» kafedrasida o‘rnatilgan. Uning bo‘yi 2,5 m, diametri 2 m, aylanasi esa 6 m. Massasi 490 kg bo‘lgan bu globusda Yer yuzining relyefi hamda landshaftlari aks ettirilgan. Bu globusni «Tashkent globusi» deb atashadi.

Geografiya nimani o‘rganadi?

Previous articleOb-havo hodisalarning shartli belgilari
Next articleYer yuzining kashf etilishi va o‘rganilish