Hujayra – hayotning asosi

0

Tabiatdagi tirik mavjudotlarga xos eng muhim umumiy belgilardan biri ularning hujayralardan tuzilganligidir.

Hujayra tirik organizmning eng mayda tarkibiy qismi. U tiriklikka xos barcha xususiyatlarni o‘zida mujassamlantirgan. Hujayra nafas oladi, oziqlanadi, ortiqcha narsalarni ajratib tashqariga chiqaradi, tashqi muhitning o‘zgarishini sezadi, o‘sadi, bo‘linadi va yangi hujayra hosil qiladi.

O‘simliklarning hayoti bilan bog‘liq ichki jarayonlarni aniq tasavvur etish uchun ularning ichki tuzilishini bilish zarur. Ularning barcha organlari hujayralardan tashkil topgan. Ular shakl jihatidan farq qilsa- da, ichki tuzilishiga ko‘ra birbiriga juda o‘xshash bo‘ladi. Hujayralarda yuz beradigan hayotiy jarayonlar yagona qonunga muvofiq amalga oshadi.

Hujayraning tuzilishini o‘rganadigan va u haqida to‘liq ta’limot beradigan fan sitologiya (yunoncha «sitos» – hujayra, «logos» – ta’limot) deyiladi.

Hujayralar o‘simlikning qaysi organida joylashishiga qarab shakli, rangi, katta-kichikligi, ichki tuzilishi va funk- siyasiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. O‘simliklar bir yoki ko‘p hujayrali bo‘lishi mumkin. Bir hujayrali o‘simliklarga ayrim tuban o‘simlik vakillarini (xlorella, xlamidomanada va b,.), ko‘p hujayrali o‘simliklarga esa barcha yuksak o‘simlik vakillarini misol sifatida keltirish mumkin.

Hujayra ingliz fizigi Robert Guk tomonidan 1665-yilda kashf etilgan. Hujayralarni oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘l- maydi. Shuning uchun ular kattalashtirib ko‘rsatadigan asboblar yordamida o‘rganiladi.

Kuz faslida o‘simliklar hayotida ro‘y beradigan o‘zgarishlar

Previous article«GULISTON»dan hikoyatlari
Next articleKattalashtirib ko‘rsatadigan asboblar