Fayl va papka tushunchasi

0

Kompyuterda bajariladigan barcha amallarni umumlashtirgan holda, uchta asosiy vazifalarga ajratishimiz mumkin: axborotlarni yig‘ish (yaratish yoki kiritish), axborotlarni qayta ishlash (yoki o‘zgartirish) va axborotlarni uzatish.


Fayl tushunchasi

Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun axborotlar, dasturlar, ma’lumotlar kompyuter xotirasida o‘ziga xos tartibda tashkil etiladi va saqlanadi.

Fayl inglizcha so‘z bo‘lib, «hujjatlar jildi», «ma’lumotlar» ma’nosini anglatadi. Kundalik hayotimizda biz ma’lumotlarni ma’lum bir tartib va qoidalarga asosan tashkil etamiz va saqlaymiz. Masalan, sinfingizdagi har bir o‘quvchi haqidagi ma’lumotlar alohida jildda saqlanadi (bitta jildda bir necha o‘quvchi haqidagi ma’lumotlar aralashtirib yuborilmaydi). Xuddi shu kabi, sizning sinfingizdagi o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar jamlangan jildlar ham boshqa sinf o‘quvchilarining jildlari bilan aralash- tirib yuborilmaydi.

Ma’lumotlar bunday qoidalarga asosan tartiblanishining asosiy maqsadi – kerakli ma’lumotlarni osonlik bilan qidirib topishdir.

Fayl nomida kompyuter qurilmalari nomi va buyruqlar nomini ishlatish mumkin emas.

Fayllarni kompyuter xotirasida saqlash uchun ularga alohida nom beramiz. Buning asosiy sababi shundan iboratki, agarda har bir faylga alohida nom berilmasa, chalkashlik yuz beradi.

Fayllarni yanada tartiblash uchun ularni mazmuniga ko‘ra alohida papkalarga joylaymiz.

Kompyuterda fayllar yaratishingizdan avval o‘zingizning papkangizni hosil qiling. Ushbu papkangizga yaratgan matnlaringiz, tasvirlaringiz, ovozli va video fayllaringizni saqlab boring.


Fayl nima?

Fayl – tashqi xotirada biror nom bilan saqlab qo‘yilgan har qanday ma’lumot.

Faylda saqlanayotgan ma’lumotlar matn, tasvir, film, musiqa, dastur yoki turli boshqa ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Ular tashqi xotira hisoblanuvchi disketa, magnit tasma, qattiq disk, CD va DVD disklar, flesh-xotira kabi vositalarda fayl ko‘rinishida saqlanadi.

Papka tushunchasi

Papka yoki katalog – fayl nomlari va fayl haqida ma’lumot saqlanadigan diskning alohida ajratilgan sohasi. Windows operatsion sistemasida papka tasviri bilan ko‘rsatiladi.


Mavzuga doir savol

  1. Kompyuter xotirasida qanday ma’lumotlar bo‘lishi mumkin?
  2. Ma’lumotlar kompyuterda qanday ko‘rinishda saqlanadi?
  3. Qanday ma’lumotlarga fayl deya olamiz?
  4. Fayl va papka ochishning nechta usulini bilasiz?
  5. Papka qaysi hollarda yaratiladi?
  6. Fayllar bilan bajarish mumkin bo‘lgan qanday amallarni bilasiz?

Kompyuter va kompyuter turlari

Previous articleOybekning «Navoiy» romani (insho)
Next articleAbdulla Qahhorning «O’tmishdan ertaklar» qissasi va «Sarob» romani