Klaviatura bilan tanishuv

0

Klaviatura kompyuterning asosiy qurilmalaridan biri hisoblanishi va uning yordamida ma’lumotlar hosil qilish mumkinligi avvalgi mavzulardan sizga ma’lum. Klaviaturada biz bilgan barcha belgilar, sonlar, harflar mujassamlashgan. Demak, harflar ketma-ketligidan so‘zlar, so‘zlardan satrlar, satrlardan matnlar hosil qilish va uni kompyuter xotirasida saqlash mumkin.

Shuningdek, klaviatura inson bilan kompyuter o‘rtasida muloqot vazifasini bajaruvchi vosita hisoblanadi. Shu sababli klaviaturada ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish, tugmachalar joylashishi va ularning asosiy vazifalari bilan tanishib olish zarur. Klaviaturaning undagi tugmachalar soniga ko‘ra bir necha turlari mavjud. Har bir tugmachada 1 ta, 2 ta, 3 ta yoki 4 tagacha belgi (harf, son, ishoralar) yoki kursorni boshqarish buyruqlari joylashgan.

Klaviaturadagi tugmachalar vazifasiga ko‘ra 6 guruhga bo‘linadi (1-rasm).

1-rasm. 1. alifbo-raqamli tugmachalar (2) maxsus xizmat vazifasini bajaruvchi tugmachalar (3) kursorni boshqarish tugmachalari (4) funksional tugmachalar (5) raqamli tugmachalar paneli (6) indikatorlar

Previous articleAbdulla Qahhorning «O’tmishdan ertaklar» qissasi va «Sarob» romani
Next articleKompyuterdagi kalkulatordan foydalanish